Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


In hoc libra continentur Persicum et Comanicum per



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   431
Anjuman Boku (6)

In hoc libra continentur Persicum et Comanicum per 
alfabetum
» (“Alifbo tarzidagi forscha va qumancha kitob”) deb nomlangan[2,16].
Mazkur qo’lyozmani italiyalik olim YAkobi Filippi Tomasini o’z 
izlanishlari davomida Venesiyadagi Marchana kutubxonasidagi topishga muvaffaq 
bo’ladi va ilk bora o’zining 1635 yilda nashr qilgan «Petrarka hayoti va ijodi» 
nomli asarida Petrarka qoldirgan adabiy meros orasida «Alphebetun persicum, 


254 
comanicum et latinum. Anonymi, scriptu anno MCCCIII die XI Julij», ya’ni «1303 
yil 11 iyulь sanasida yozilgan alifbo tarzidagi forscha-qumancha va lotincha 
lug’at» topganini aytib o’tadi hamda qo’lyozmaning quyidagi dastlabki to’qqiz 
qatorini nashr qiladi: 
M̊cc̊c ıı̊ı die xj̊ Iulij.* 
Innõie dn҇j Nr҇i ih҇u xp҇i et Bt҇e Vı҄gĩs Mɑrie Mɑt҄ s ei om̃ ium 
Sco҇r et Scɑ҇r dei Amen. 
Ad honorem dei et Bt҇i Ioh҇is euɑ
̃geli†te. 
In ho libro co҇ti҇entiɑ p†iaim Comɑ҇icum p ɑlfɑbetum 
Hec sunt verba et noia delita.A. 
Audio
Mesmoem
Eȝturmem 
Audis
Mesnoy 
Esitursen 
Audit
Mesnoet 
Esitir[7, 86].
Filippi Tomasinining ta’kidlashicha, ushbu qo’lyozma 1362 yilda Italiya 
uyg’onish davrining mashhur shoiri Franchesko Petrarka (1304–1374) tomonidan 
turli asarlar bilan birgalikda Venesiya kutubxonasiga sovg’a qilingan. F.Tomasini 
mazkur ma’lumotni muqaddas Georgiy ibodatxonasi tarixini yozuvchilardan biri 
bo’lgan abbat Ulьmodan olgan[3, 3]. 
Qo’lyozmalar grafik va til xususiyatiga ko’ra ikki qismdan iborat:
“Tarjumon turkiy” qo’lyozmasi turkiy va mo’g’ul tillariga bag’ishlangan 
bo’limlardan tuzilgan. Birinchi qismi turkiycha-arabcha, ikkinchi qismi esa 
mo’g’ulcha-forscha va arabcha-mo’g’ulcha so’zlikdir. Kitobga mo’g’ulcha-forscha 
so’zlikning kiritilganligi bejiz emas. Xulagular davrida Eronda mo’g’ul tilini 
o’rganishga zarurat tug’ilgan ko’rinadi, shundan kelib chiqib lug’atga mo’g’ulcha 
so’zlik ham kiritilgan[4, 26].
Qo’lyozma muallifining obidaning kirish qismida turkiy tilning tovush 
o’zgarishlari to’g’risida fikr yurita turib: “Bilgilki, asl turkiy-qipchoq tili sakkizta 
harfdan xolidir. Ular: ه ,ف ,ع ,ظ ,ض ,خ ,ح ,ث. Agar biror so’z shu harflardan qay 
birini o’z ichiga olganini payqasang, bilginki, u asl turkiy bo’lmay, boshqa tildan 
olingan so’z bo’ladi. Men asl turkiy til bilan turkman tili orasidagi farqni va hozir 
xalq orasida fors va boshqa tillardan olingan so’zlarni belgiladim”[6, 2v] deb 
yozadi. 
Asar arab grammatik an’anasi bo’yicha tuzilgan: fasllarda arabcha so’z va 
unga turkiy ekvivalent beriladi. Faqat yigirma ikkinchi faslda oldin turkiy so’z, 
undan keyin uning arabcha izohi keltirilgan. Turkiy so’zlarni to’g’ri o’qish uchun 
diakritik belgilar keng ishlatilgan.
Birinchi qismda so’zlar ma’nolariga ko’ra 26 bo’limga (faslga) bo’lib 
chiqilgan. Bular: birinchi fasl – osmon va unga tegishli narsalarning otlari (kök, qïr 
(falak), kün, quyaš (nur, yorug’lik), ay, aydïn (oydin), ay tolun (to’lin oy), yulduz, 


255 
Ülkär, bulït, tuman, yamğur, yel, qar, burčaq (do’l), buz, sawuq, ïssï (issiq), yašïn, 
kökrämäk (momaqaldiroq), yïldïrïm (chaqmoq), doz (to’zon), täbi (qor bo’ron), 
qïsïrqa (quyun, dovul) singari); ikkinchisi – er va undagi joylarning otlari (yer, 
tupraq, qum, qayïr (shag’al), taš, tağ, qaya, oy (vodiy), in (g’or), yar (jar, jar 
yoqasi), yazï (tekislik, dasht), yol, yurt, yaban (cho’l), ew (uy), qorğan (otxona; 
qal’a) singari); uchinchisi - suvlar va unga bog’liq narsalarning otlari (su, teŋiz, 
özän (daryo, irmoq), keči (kechuv), bulaq, tašqïn su (sel) singari); to’rtinchisi – 
daraxtlar, mevalar, o’simliklar va ularga yaqin narsalarning otlari (ağač, butaq, 
čïbuq (chiviq, novda), yemiš, alma, aywa, tal singari), shu tarzda davom etib, 
yigirma oltinchi fasl – dard-kasalliklarning otlari (yig, sögallik (kasallik), ağrï 
(og’riq), učuq, ïsïtma, titrämä, esnämäk, ölmäk singari) bilan tugaydi. Orada hatto 
eygi–yaman, 
yaqšï–čirkin, yawuq–yïraq singari qarama-qarshi ma’noni 
anglatuvchi so’zlarni anglatuvchi fasl ham bor[4, 9]. 
“Kodeks kumanikus” qo’lyozmasi lotincha-forscha-qumancha va qumancha-
nemischa, qumancha-lotincha so’zlarni o’zida mujassam etgan lug’at hamda 
xristian monaxlari tomonidan quman tiliga tarjima qilingan diniy madhiya va 
duolar, eng qadimgi turkiy topishmoqlardan tarkib topgan qo’lyozma sifatida 
yuzaga kelgan. 
Mazkur yodgorlik qadimgi turkiy qo’lyozmalar ichida lotin yozuvida 
bitilgan yagona tematik lug’atdir. Bugina emas, unda 47 ta eng qadimiy turkiy 
topishmoqlarning yozib qoldirilgan namunalari ham mazkur qo’lyozmaning 
nafaqat lug’atshunoslik, balki xalq og’zaki ijodi nazariyasi va amaliyotini yangi 
fakt va matnlar bilan boyitadi. Muhimi, ular nodir va hali hech bir manbada 
uchramagan topishmoqlardir. Ular turkiy topishmoqlarning yozma adabiyotda o’z 
aksini topgan yirik guruhi ekanligi bilan ham juda katta ahamiyat kasb etadi. 
“Kodeks kumanikus”ning birinchi qismi jami 7913 ta so’zdan tashkil topgan 
bo’lib, ulardan 2766 tasi lotincha, 2472 tasi forscha va 2668 ta qumancha 
so’zlardan iborat. Bundan tashqari 6 ta nemischa hamda bitta (30 a sahifada) 
vertikal shaklda uyg’ur yozuvida yozilgan “bitik” so’zlari ham mavjud. 
SHuningdek, qo’lyozmaning shu qismida 6 ta lotincha so’zning forscha va 
qumancha tarjimalari berilmagan bo’lsa, 301 ta lotincha so’zning forscha hamda 
283 ta lotincha so’zning qumanchaga tarjimalari bo’sh qoldirilgan. YOdgorlikning 
birinchi qismidagi 58 ta lotincha, 42 ta forscha hamda 186 ta qumancha so’zlar 
qo’lyozmaga keyinchalik boshqa dastxat bilan kiritilgan. 
“Kodeks 
kumanikus” 
tarkibidagi 
leksik-semantik 
materiallar 
turkiyshunoslar tomonidan juda ko’p marotaba tadqiq etilgan. Bu ishlar ko’lami 
bugungi kunda ham olimlarning diqqat markazida turgan eng muhim muammolar 
sirasiga kiradi.


256 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, “Tarjumon turkiy” va “Kodeks kumanikus” 
qo’lyozmalarining har ikkisi ham to’rt tilli lug’at hisoblanadi. “Tarjumon turkiy” 
qo’lyozmasi turkiy, arab, fors va mo’g’il tillarini “Kodeks kumanikus” esa, lotin, 
fors, quman (turkiy) va nemis tillarini o’zida mujassam etgan. Har ikki 
qo’lyozmaning mualliflari noaniq, bundan tashqari ikkila qo’lyozma ham ikki 
qismdan iborat. Qo’lyozmalarni har ikkisida ham o’sha davr an’analariga muvofiq 
grammatik izohlar berilgan. “Tarjumon turkiy” qo’lyozmasida turkiy til 
grammatikasiga arab tilida izoh berilgan bo’lsa, “Kodeks kumanikus”da quman 
(turkiy) tili gramatikasiga lotin tilida izoh berilgan. YUqoridagi umumiy va 
xususiy jihatlar ularning mushtarak qo’lyozmalar ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin