353
ruhini yolg’iz tutishni xohlaydi va xalqdan uzlatga chekinadi”. [4, 132]
Yolg’izlanish dilning Haqqa yuzlanishi uchun imkon yaratadi, Yor yodini fikrdan
quvadigan ag’yorlardan xalos etadi.
Majnun o’n yoshga to’lganida “
ta’limi uluma etti navbat
”. Bu o’rinda tariqat
boqichini bosib o’tib ma’rifat bosqichiga etgan solik tasvirlanadi. Fuzuliy Alisher
Navoiy kabi Majnunning ilm egallash holatini batafsil yoritmaydi, balki Layli
portretini berib, “
Qays oni ko’rib halok o’ldi, Ming shavq ila dardnok o’ldi
” deydi.
SHoir Laylining go’zal portretini chizish bilan Husni mutlaqning ta’rifini
keltirganki, Layliga boqib Majnun (“
Bir ko’zguya gar ochib ko’zini, Ko’zguda
ko’rardi o’z-o’zini
”) o’z-o’zini ko’zguda ko’rganday bo’ldi.
Bu bilan shoir
so’fiyona ma’no: fanoga etgan solik ruhida Iloh sifatlarining mujassam etganligini
ta’kidlaydi.
Xuddi shu holatni Fuzuliy dostondagi “Bu sifti Majnundir va ibtidoi mehnati
fuzundir” bobini yaratishda fano nazariyasining asoschisi Boyazid Bistomiy
hayotini aks ettirgan “
Hikoyat qiladilarki, “bir kishi shayx Boyazid uyi oldiga
keldiyu uni chaqirdi. Ichkaridan shayxning ovozi eshitildi: “Kimni
axtarayapsan?” Dedi: “Boyazidni”. Dedi: “Uyda Xudodan tashqari hech kim
yo’q”
[1,128] hikoyatga hamohang misralarni yaratganki,
bu holat solikning
fanoga etish jarayonining badiiy talqinini beradi:
Ul iki sumanbaru sahi qad,
Bir-birina o’ldilar muqayyad.
Ul ikki xarobi bodai zavq,
Bir jomdan ichdilar mayi shavq.
Girdobi baloya o’ldilar g’arq,
Qolmadi arolarinda bir farq.
Avzoi muxolif o’ldi yakson,
Go’yo ikki tanda edi bir jon,
Har kim so’rar o’lsa Qaysa bir roz,
Laylidan anga etardi ovoz.
Kim Layliya qilsa bir xitobi
Qays edi anga veran javobi. [6,25]
Yoki Ibn Salom vafot etib Layli uyiga qaytadi va Majnunga yor bo’lish
uchun uni izlab sahroga boradi. Lekin Majnunning hushi o’zida emas, endi unga
Layli kerak emas edi. Chunki Layli uning uchun xayoliy timsolga aylanib bo’lgan
edi.
Fano maqomi solikning Haq bilan birlik hosil qilishini ham talab etadi.
Tasavvuf ta’limotida olam yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, hayvonlar, qushlar,
kapalaklar va boshqa jami narsalar xudoning zuhurotidan iborat. Ularning birlik
rishtasini ijrok etish va ular bilan o’z xilqati vahdatini ta’minlash solikning
354
yuksalishiga omil bo’ladi. SHuning uchun ham Fuzuliy dostonining “Bu shukufai
gulzori tavhiddur va navbavai bo’stoni tamjiddur” deb nomlangan bobida ana shu
o’zak masala o’ziga xos talqinlarda zikr etiladi:
Ey mabdai fayzi ofarinish,
Sandin ravshan chirog’i binish!
Ey pardai mosivo niqobing,
Sandin o’zga saning niqobing!
Ey sirri vujudingamri ma’lum,
Mavjud hamin san, o’zga ma’dum! [6,6]
Haqning vohidiyati Majnunga o’zini kashf etishga asos bo’ladi. Borliq,
barcha go’zalliklar va eng yuksak aql-tamiz faqat Allohda va Undangina yog’ilishi,
uning asllarning asli, o’zaklarning o’zagi ekanligi; faqat u hamisha borligi, yakka-
yagona ekanligi so’fiyni hayratga soladi. Bu hayrat shunchalik kuchliki, endi uning
aqlida, ko’nglida va ko’zida faqat Haq jilvalanadi va o’sha jilvadan hayratlanish
barqaror qoladi. SHu hayrat manbai uchun u hamma narsadan: boylik, davlat,
kishilar o’ziligidan voz kechib “fano filloh”ga erishadi.
Fuzuliyning mahorati
shundaki, ulug’ san’atkor ishq-muhabbat, tavhid tushunchalarini nihoyatda yuksak
baholab, uni makon va zamondan ajratib olgan holda emas, balki shu hayot
bag’rida tug’ilib, o’sib yashayotgan
inson atrofidagi tabiat, voqea va hodisalarga
bog’lab, ular o’rtasidagi qonuniy va mantiqiy aloqalarni tushungan holda
tasvirlaydi.
Tasavvufda fano bilan birgalikda baqo tushunchasi ham mavjudki, Fuzuliy
mana shu fano va baqoning badiiy talqinini bera olgan. Baqo, ya’ni abadiy birlikni
faqat birlik, o’lim vositasida tasvirlash mumkin bo’ladi. Boshqa hech qanday
holatda ularning birligini isbotlash mumkin emas. Laylining o’limi, Majnunning
Layli qabriga borib o’sha erda vafot etishida tasavvufdagi
vahdat ul-vujud
tushunchasi o’z aksini topgan. Dostondagi Layli va Majnunning vafotidan keyin
Zaydning ko’rgan tushi, ya’ni ikki sevishganning jannnatda birga yurishi tasviri
baqoga etgan solik, yoki kasratdan vahdatga etgan solikning badiiy talqini.
Fuzuliy Layli vafot etgan paytda Majnun tilidan aytilgan bir g’azalni
keltiradiki, shoirning fano, baqo, vahadt ul-vujud xususidagi fikrlari yaqqol ko’zga
tashlanadi:
Bu olamkim, ko’ngul, qaydin chekarsan mehnatu g’amdir,
Fano sarmanzilin sayr aylakim, bir xushcha olamdir.
Ongub tanholig’i qabr ichra nafrat qilma o’lmakdan,
Tariyqi uns tutkim, har hovuch tuproq bir odamdur.
Dagil mahkam jahon mulkinda har bunyodkim qilsang,
355
Baqo mulkinda tut manzilkim, ul bunyod mahkamdur.
Ajal oloyishi xavfu xatardan qurtorar nafsi,
Bu javhar kimiyoyi nafsa bir iksiri a’zamdur.
Kamoli ishqi inson mavt ilandur rohi hikmatda,
Bale, mujro qilan hukmin misolin naqshi xotamdur.
Bahor ayyomi kirsang lolazora xok ajzosin,
Muhaqqar ko’rmakim, har zarra bir jom ila bir jamdur.
Asiri nafsdur ahli jahon bilmaz fano qadrin,
Fuzuliy, tark tajridi sanga onjaq musallamdur.
[6,171]
G’azalning birinchi baytida bu olam mehnat va g’amdan iborat ekanligi,
fano
xush manzil, agar abadiylik istasang baqo mulkini mahkam tutish lozimligi,
ajal, ishq kimyo, unda hikmat ko’pligi, albatta, solikni fano va baqoga etkazuvchi
vositalar ekanligi ta’kidlanadi. G’azal maqta’sida shoir o’ziga murojaat qilib,
nafsga asir jahon ahli fano qadrini bilmaydi, sen uchun vahdat ul-vujud yagona
maqsad bo’lib qolsin, deb ta’kidlaydi. Bu g’azal butun doston g’oyasini yoritib
berishga xizmat qilgan.
Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostoni dunyoviylik
bilan birga tasavvufiy
doston bo’lib, unda shoir mohirlik bilan fano va baqoni maqsad qilgan solikni
Majnun, Ruhi Mutlaqni Layli timsolida yarata oldi.
Dostları ilə paylaş: