844
yangi qiyoslar topishga harakat qiladi. Shu tariqa tatabbuda ma’shuqaning g’azalda
keltirilgan biror ta’rifi takrorlanmay, bil’aks ular yangidan-yangi qiyosu tashbehlar
bilan to’ldiriladi va boyitiladi.
G’azal va tatabbuning hatto faxriya san’atiga asoslangan maqtalari ham bir-
biridan ajralab turadi:
Fuzuliy:
Sifati husning edar xasta Fuzuliy, na ajab,
Husni guftorda gar aylasa Hasson ila bahs.
Muhyi:
Muhyig’a Haq ayladi taslimi iqlimi suxan
Shak emaskim aylasa Salmonu Xoqon ila bahs.
Bunda albatta davr omili va mualliflarning ijodiy prinsiplari ham o’ziga xos
rolь o’ynaydi: Fuzuliy yor husni vasfida mahorat bobida o’z zamonida mashhurligi
jihatdan ilk bor islomni ulug’lab she’rlar yozgani uchun Muhammad
payg’ambarning shoiri sifatida shuhrat topgan mashhur
arab shoiri Hasson ibn
Sobit ( 563–674) bilan bahslashishga qodirligi bilan faxr etsa, Muhyi esa Xudoyi
taolo o’ziga so’z iqlimini taslim aylagani, shunday ekan, u Salmonu Xoqon lbilan
bahslashishi shubhasizligidan iftixor etadi.
So’z san’atidagi balog’ati va fasohati uchun
Ajam Hassoni nomini olgan
ulug’ ozar shoiri va mutafakkiri Xoqoniy Shirvoniy (1126–1198) XII asrning
zabardast so’z san’atkorlaridan hisoblanadi. Uning “Tuhfat ul-Iroqayn” (“Iroq
tuhfalari”) va “Madoyin saroyi” qasidalari nihoyatda shuhrat tutib,
Sharq qalam
ahliga katta ta’sir o’tkazib, ilhom bag’ishlagan.
O’z davri shoirlarining peshqadami bo’lgan mashhur fors-tojik shoiri Salmon
Sovajiy (1300–1376) ham she’rlarida san’atkorlik kuchliligidan o’zidan keyingi
shoirlarga, jumladan, g’azal sultoni Hofiz Sheroziyga kuchli ta’sir ko’rsatgan.
Bundan tashqari u Fuzuliyning “Go’shai abro’laringda chashmi
jodularmidur?” misrasi bilan boshlanadigan g’azali ta’sirida “To’biyi bog’i jinon
yo qomati diljo’midur?” deb boshlanadigan g’azal yozadi. G’azal va tatabbuning
vazni va qofiya tizimidagina mushtaraklik mavjud bo’lib, mavzu ko’lami va
timsollar olami jihatidan tubdan farq qiladi.
Aytaylik, matlada Fuzuliy
ma’shuqaning qoshlari ostidagi jodu ko’zlarini yoy tutgan hindlarga o’xshatsa,
Muhyi faqat maqtadan oldingi baytda ayni timsolga murojaat qilib, o’shanda ham
uning tamomila boshqa qiyosini topadi: mahbubaning la’lday labi yonidagi qora
xolini Kavsar chashmasi bo’yida o’tirgan hindga o’xshatadi:
Fuzuliy:
Go’shai abro’laringda chashmi jodularmidur?
Yo’qsa kirmish yoya tiyrandoz hindularmidur?
845
Muhyi:
Donai xolingmidur ul la’li labing yonida,
Yo magar kavsar labida o’lturon hindumidur?
Hindu – hind millatiga mansub kishi bo’lib, Sharq mumtoz so’z san’atida u
majozan qora rang; qorong’ilik, zulmat; ma’shuqaning
qora sochi va xoli; qora
rangli qul ma’nolarida keladi.
Jodu ko’z timsoliga esa 6 baytda murojaat qilib, ketma-ket uni bir necha
sifatlar bilan tasvirlaydi: u bir sitamgar ohumi yoki odamni hiyla tuzog’iga
tushiradigan sehrgarmi, uyatini unutgan mastmi yoki jodugar nargismi?
Dostları ilə paylaş: