Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


MUHYI VA FUZULIY: ADABIY TA’SIR VA O’ZIGA XOSLIK



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə384/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   431
Anjuman Boku (6)

MUHYI VA FUZULIY: ADABIY TA’SIR VA O’ZIGA XOSLIK
 
Ergash OCHILOV,
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
O’zbek tili, adabiyoti va folьklori instituti 
katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi
 (O’zbekiston) 
 
ANNOTASIYA.
Maqolada buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Fuzuliy 
adabiy merosining Qo’qon adabiy muhitining taniqli namoyandalaridan bo’lgan 
Muhyi ijodiga ilhombaxsh ta’siri xususida fikr yuritiladi. Qo’yilgan masala 
Muhyining Fuzuliy g’azallariga tatabbulari va unga baho berib yozgan qit’alari 
tahlili misolida tadqiq qilinadi. 
Kalit so’zlar:
Fuzuliy, Muhyi, adabiy an’ana, o’zaro ta’sir, g’azal, tatabbu, 
o’ziga xoslik, qit’a, mahorat. 
АННОТАЦИЯ. 
В статье размышляется о вдохновляющем влиянии 
литературного наследия великого азербайджанского поэта и мыслителя 
Фузули на творчество Мухйи, одного из известных представителей 
коканской литературной среды. Данная проблема исследуется на примере 
анализа предисловий Мухйи к газелям Фузули и написанных им оценочных 
стихов. 
Ключевые 
слова: 
Фузули, 
Мухйи, 
литературная 
традиция, 
взаимодействие, газель, татаббу, оригинальность, континент, мастерство. 
ANNOTATION.
The article is analized on the inspiring influence of the 
literary heritage of the great Azerbaijani poet and scientest Fuzuli on the work of 
Muhyi who is one of the famous representatives of the Kokan literary environment. 
The given issue is researched on the example of the analysis of Muhyi's prefaces to 
Fuzuli's gazals and the verses he wrote evaluating them. 


841 
Key words:
Fuzuli, Muhyi, literary tradition, interaction, gazal, tatabbu, 
originality, continent, skill. 
XVII asrdan boshlab Sharqda, jumladan Movarounnahrda forsiy she’riyatga 
Bedil, turkiy she’riyatga Fuzuliydek ta’sir ko’rsatgan shoir bo’lmagan. Biz keyingi 
asrlar o’zbek mumtoz she’riyatida Fuzuliydan ta’sirlanmagan, unga u yoki bu 
darajada ergashmagan, g’azallariga tatabbu yozmagan, taxmis bog’lamagan, 
shoirning “vor”, “ver”, “cho’x”, “yo’x”, “box”, “bing”, “etmaz”, “qilmaz”, 
“o’lmaz”, “bengzatdim”, “dushti”, “etmazmidim”, “dagil”, “saqin”, “verar”, 
“dutmishlar”, “kerakmazmi sango”, “aylar bani” kabi ozarbayjoncha talaffuzdagi 
so’z va iboralaridan foydalanib, g’azallar bitmagan shoirni deyarli uchratmaymiz. 
Bu ta’sirning izlarini biz Turdi va Mashrabdan tortib, Andalib, Vafoiy, Munis, 
Ogahiy, Roqim, Ravnaq, Mujrim-Obid, Uvaysiy, Mahzuna, Nodira, Amiriy, 
Gulxaniy, G’oziy, Shavqiy, Asiriy, Ma’dan, Xijlat, Xon, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, 
Muhyi, Muhayyir, Dilshod-Barno, Yusuf Saryomiy, Komil Xorazmiy, Avaz kabi 
mumtoz, Hamza, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, Chustiy, Erkin Vohidov, 
Abdulla Oripov, Jamol Kamol singari zamonaviy shoirlargacha davom etib kelgani 
va davom etayotganini ko’ramiz. Ayni jihatdan, xalqimizning sevimli shoiri 
Abdulla Oripov “Ozarbayjon” she’rida: 
Bir lahza qo’lidan qo’yganmi o’zbek,
O’zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni, –
deb yozganida haq edi. 
Fuzuliyning, ayniqsa, “kerakmazmi sango” radifli g’azali nihoyatda mashhur 
bo’lib, Munis, Ogahiy, Uvaysiy, Amiriy kabi ko’plab shoirlar unga tatabbu 
yozganlar, taxmis bog’laganlar. Otashin so’z san’atkorining “Go’zim, jonim, 
afandim, sevdigim, davlatlu sultonim!” murabbasi ham ko’plab o’zbek 
izdoshlariga ilhom bag’ishlagan.
Xon taxallusi bilan ijod qilgan Ma’dalixon esa Fuzuliy ta’sirida bitgan 
g’azallaridan devon tuzibgina qolmay, buyuk salafining “Layli va Majnun”iga 
o’xshatib, shu nomda doston yozgan. 
XIX asr Qo’qon adabiy muhining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri, 
zabardast zullisonayn shoir Muhyi (1836–1911) ijodi ham bu ilhombaxsh ta’sirdan 
xoli emas. U buyuk salafining “bahs”, “orzu”, “istaram”. “vor”, etagin” radifli, 
“Go’shai abro’laringda chashmi jodularmidur?” misrasi bilan boshlanadigan 
g’azallariga tatabbular yozish bilan bilan birga. “Ushbu ikki adad qit’ani 
Fuzuliyning ta’rifida aytg’on erdim” deya, Fuzuliy haqida 2 ta qit’a bitib, uning 
ijodiga o’ziga xos nazmiy baho beradi. 
Albatta, Fuzuliy mutasavvif shoir bo’lgan. Uning she’riyatini tasavvufdan 
ajratib olib o’rganish mumkin emas. Bir qator she’rlarida u eru ko’kning sohibi 


842 
Olloh taoloni madh etadi, unga munojotlar qiladi, zohidlarga ta’na-malomat 
toshlarini yog’dirib, so’fiy va darveshlarni ulug’laydi, faqru fanolik maqomiga 
intiladi, ilohiy mahbubani ta’rif-tavsiflab, vahdat sharobi mastligidan so’z ochadi, 
ishqu oshiqlikni tarannum aylab, dunyoga berilishni qoralaydi va hokazo. Shuning 
uchun ham Muhyi Fuzuliy devonini o’ziga xos ma’rifat bo’stoni sifatida 
ta’riflaydi: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin