Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə385/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ey Fuzuliy, bu na ash’oru na devondur bu, 
So’zlaring jumla maorif, bu na irfondur bu. 
 
Bargu bori hama irfon – anga hayron Muhyi
Demish hayratda bu na bog’u na bo’stondur bu. 
“Ey Fuzuliy, bu qanday she’rlar, bu qanday devon bo’ldiki, so’zlaring 
boshdan-oyoq ma’rifatu irfondan iborat: Muhyining hayrat shundaki, bu qanday 
bog’u qanday bo’ston bo’ldiki, daraxtlarining barglari ham, mevalari ham 
tamomila ma’rifat bilan limmolim”. 
Bu Shayx Sa’diyning “Hushyor kishi nazdida yashil daraxtlarning har bir 
yaprog’i Yaratuvchi ma’rifati daftarining bir varag’idir” mazmunidagi mashhur 
baytini yodga soladi: 
Bargi daraxtoni sabz dar nazari hushьyor, 
Har varaqi daftarest ma’rifati Kirdigor.

Maorif – ma’rifat degani. Ma’rifat esa tasavvuf istilohida so’fiyning o’zini 
tanishi va Haqning solikka o’zi haqida bergan ilmi. Olloh mohiyati haqidagi ilm, 
irfon ham ma’rifat deyiladi. 
Muhyi ta’rifidan ma’lum bo’ladiki, Fuzuliy devoni – o’ziga xos ma’rifat 
daftari. Bu daftarni varaqlagan o’quvchi Olloh – Olam – Odam munosabatlari 
bo’yicha keng va chuqur ma’rifiy bilimga ega bo’ladi. Dunyo muhabbatini 
ko’nglidan chiqarib, Iloh ishqiga bog’lanish yo’lini tutadi. Ko’nglini dunyo va nafs 
g’uborlaridan poklab, uni Haq jamoli jilvalanadigan shaffof ko’zguga aylantirishga 
harakat qiladi. 
Ikkinchi qit’asida esa Fuzuliy orif shoir bo’lib, nazmi boshdan-oyoq 
ma’rifatdan iborat ekanligi, u avliyolar siridan voqifligini ta’riflab, o’zi ham valiy 
va ma’rifat kashshofi ekanligini nazarga olib, Xudoyi taolo uning joyini jannatda 
qilsin deb duo qiladi:
Nazmi hama maorif – orif ekon Fuzuliy, 
Asrori avliyoga voqif ekon Fuzuliy. 
 
Oromgohini jannat qilsun ani Ilohi, 
Azbaski, ul valiyu koshif ekon Fuzuliy. 


843 
Tasavvufda orif – ma’rifat sohibi. Ollohni tanigan kishi, komil inson. 
Ollohning zoti, sifatlari, ismlari va fe’llarini mushohada etadigan zavqiy va vajdiy 
ilmlar egasi bo’lgan zot.
Sharq mumtoz so’z san’atida tatabbuning bir qator ko’rinishlari mavjud. Bu 
o’rinda g’azal misolida fikr yuritadigan bo’lsak, shoirlar bor, o’zlariga ilhom 
bag’ishlagan g’azalning vazni, qofiya va radifini saqlagan holda ayni mavzuning 
o’zida o’z so’zlarini aytmoqchi bo’ladilar; shoirlar bor, vazn va radifni saqlab, 
qofiya tartibini o’zgartiradilar va mavzuning yangi bir qirrasini ochishga harakat 
qiladilar; shoirlar bor, faqat radifni saqlab, vaznni ham, qofiya tizimini ham isloh 
qiladilar; shoirlar bor, tatabbularida o’zlari ta’sirlangan g’azaldagi mavzuga zid 
mavzuni yoritadilar; shoirlar bor, o’zlarini ta’sirlantirgan g’azaldan faqat turtki 
olib, tamomila yangi g’azal ijod qiladilar va hokazo. 
Muhyi tatabbularida ham o’zi asos bo’lgan g’azalga ijodiy yondashuvni 
kuzatamiz. Chunki ularda adabiy ta’sir o’ziga xoslikka zamin yaratadi – shoir 
mushtarak mavzuda ohorli g’azal yaratish yo’lidan boradi. Jumladan, Fuzuliyning 
“ila bahs” radifli 7 baytli mashhur g’azali ramali musammani maqsur vaznida 
yaratilgan bo’lib, Muhyi ham ayni vazn, qofiya va radifni saqlagan holda unga 9 
baytli tatabbu qiladi. G’azalda 
rayhon, xandon, duraxshon, xiromon, jon, 
mohitobon, nodon, Hasson
so’zlari qofiya bo’lib kelgan bo’lsa, tatabbuda 
mohitobon, obi hayvon, duri g’alton, paykon, bo’ston, pechon, marjon, sandon, 
burron, Xoqon
so’z va iboralari qofiya bo’lib keladi. Ko’rinadiki, Muhyi qofiya 
tizimini saqlagan bo’lsa-da, g’azaldan birgina 
mohitobon
qofiyasini olib, qolgan 
barcha baytlarda qofiya uchun yangi so’zlarni qo’llaydi. Misol tariqasida har ikki 
g’azal matlalarini o’zaro qiyoslash mumkin: 
Fuzuliy: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin