dutmang, duta, vermangiz, demazmanki, ban, dutaram
kabi ozar lahjasini
saqlaydi. Jumladan, Fuzuliy oshiqona g’azalida “Oshiq bir guli ra’no etgini tutish
uchun elib-yugursa, guli ra’no bir oshiqi shaydo etagiga yopishishidan xavotirda.
Etagini tutish uchun hatto yo’l ustida yotgan tuproqqa aylanganini bilgani uchun
etagini ko’tarib, erga tegishga qo’ymaydi”, – deb lutf etsa:
Ala olur kezajak ul guli ra’no etagin,
Vahm edarkim, tuta bir oshiqi shaydo etagin.
Bildikim, xoki rah o’ldim etagin tutmoq uchun,
Ko’tarar, dushmaka qo’ymaz era amdo etagin, –
Muhyi o’zining orifona tatabbusida “Ey jahon xalqi, zinhor dunyo go’zali
etagini tutmang, zero, g’amu g’avg’o etagini tutishning sizga nima hojati bor?
Yana zulfi parishonlarga sira ko’ngil bermang, chunki oqil kishining savdo etagini
tutish munosib emas”, – deya o’git beradi:
Dutmang, ey xalqi jahon, shohidi dunyo etagin,
Duta sizlarga na hojat g’amu g’avg’o etagin.
Vermangiz dilni yana zulfi parishonlarga,
Oqil ersang na munosib duta savdo etagin.
Fuzuliy uchinchi baytda mubolag’a san’atini haddi a’losiga etkazib,
“Kechalar bu kofir kabi zolim dastidan chekkan dodu faryodlarim ko’kka yuksalib,
Masihoning etagiga yopishadi”, – deb yozadi:
Dodlar qilmog’a ul kofir alindan, kechalar
Chiqar ohim ko’ka to tuta Masiho etagin.
Muhyi esa maqtada Navoiy kabi o’zining ham tajarrud etagini tutgani,
binobarin u ko’kka yuksalib, Masiha etagini tutsa ajab emasligiga ishora qiladi:
Ixtiyor etti tajarrud bu jahonda, ahbob,
Bok emas dutsa agar Muhyi Masiho etagin.
Ma’lumki, Iso alayhissalom zuhdu taqvosi bilan mashhur bo’lgan. Zohidlik
tarixini uning nomi bilan bog’lashlari bejiz emas. U tarkidunyo qilganligi va
himmatining yuksakligi tufayli tiriklay osmonga ko’tarilib, quyosh bilan birga
848
to’rtinchi falakda maqom tutgan. Bu haqda Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo”
asarida shunday yozadi: “Iso alayhissalom olam va dunyo asbobidin (narsalaridan
– E.O.) hech nima qabul qilmadi va alardin bir pashmina (jundan tikilgan – E.O.)
to’n va bo’rk (bosh kiyimi, kuloh – E.O.) va bir asosi bor erdi. Bir yerda bo’lmas
erdi, doyim sayrda erdi. Ro’zi (rizq – E.O.) uchun kasb qilmadi, har ne etti – qone’
(qanoatli – E.O.) bo’ldi. Chun havoriyun (havoriylar – Isoning shogirdlari – E.O.)
iltimos qildilarkim, bir markab (ulov – E.O.) mingilkim, yayog’liq (yayovlik –
E.O.) mashaqqati kamroq bo’lgay. Aning emak va muhofazati tashvishidin rad
qildi. Va iltimos qildilarkim, bir maskan yasoli. Qabul qilmadi. Va zuafo (ayollar –
E.O.) bilan ixtiloti (munosabati – E.O.) yo’q erdi. Bu jihatdin mujarradliqqa
(yolg’izlik, uylanmaganlik – E.O.) mashhur bo’ldi”.
Fuzuliy beshinchi baytda taalluq tikani, ya’ni bu dunyoga bog’liqlik zanjiri
etagidan qat’iyan tutib qolmasligi uchun junun sahrosining sargardoni bo’lish
kerak deya so’fiyona qarashni ilgari suradi:
O’yla uryon kerak ovorai sahroyi junun −
Ki, taalluq tikani tutmaya qat’o etagin.
Muhyi esa yettinchi baytda bu dunyo go’zalidan bog’liqlik rishtasini uzgan
jannatda hurlar etagini tutadi deydi:
Aylagan tarki taalluq bu jahon mahvashidin,
Dutar ul jannat aro zavq ila havro etagin.
Fuzuliyning “laziz” radifli g’azali ham Muhyiga ayni radifda ikki g’azal
yozish imkonini bergan. Lekin vazn va qofiyani saqlasa-da, har ikki g’azalda ham
qofiya tizimni o’zgartiradi. Chunonchi, g’azal maqtasida Fuzuliy dunyoning
barcha ne’matlarini ko’rdim, lekin dilbar diydoridek laziz ne’mat ko’rmadim deb
yozadi:
Ey Fuzuliy, olaming ko’rdim qamu ne’matlarin,
Hech ne’mat ko’rmadim diydori dilbartak laziz.
Muhyi esa tatabbularidan birining ettinchi baytida ayni haqiqatni boshqacha
shaklda takrorlaydi:
Garchi ko’pdur bu jahonda ne’matu lazzat vale
Manga bo’lmas ne’mati diydori jonondek laziz.
“Bu jahonda ne’matu lazzat har qancha ko’p bo’lmasin, men uchun hech biri
yor diydori ne’mati qadar laziz emas”.
Kuzatishlardan ma’lum bo’ladiki, buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri
Fuzuliy adabiy merosini Muhyi sevib mutolaa qilgan, undan mahorat sabog’ini
olgan, qator g’azallariga tatabbular qilib, buyuk salafi ta’rifida ikki qit’a bitgan. Bu
hol “fasohat gulshanining bulbuli” Muhyining shoir sifatida shakllanishi va
mahorat kasb etishida Anvariy, Sa’diy, Salmon, Hofiz kabi fors-tojik, Lutfiy,
849
Navoiy, Amiriy singari o’zbek shoirlari qatorida ozarbayjon so’z san’atkorlaridan
Xoqoniy bilan birga Fuzuliyning ham muhim hissasi borligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |