850
“o‘lmisham”, “dushdim”, “no‘la”, “ver”, “cho‘x” va hokazolar qator o‘zbek
shoirlari ijodiga bevosita o‘shal ustoddan kirib keladi. Fuzuliy she’rlariga
muxammaslar yoziladi”[1, 194-195]. Chunki “Fuzuliy turkiy g‘azal uslubini
kamolot cho‘qqisiga ko‘targan buyuk siymolardan biri sanaladi. Uning g‘azallari
ravon va musiqiyligi, o‘ynoqiligi
bilan, go‘zal tashbehlarga boyligi bilan ko‘ngillarni band etadi. [2, 102]
Amiriyning ham qator she’rlarida Fuzuliyga izdoshlik qilganini ko‘rish
mumkin. U Fuzuliy g‘azallariga bir necha tatabbu’ yozadi, taxmislar bog‘laydi.
“bengzatdim”, “ayduqcha”, “cho‘x”,”topan”, “bo‘lan”, “chekan”, “o‘lan”, “qilan”,
“vor”, “ko‘ran”, “kezdigidur”, “sinduran”, “sonur”, “yo‘x”, “do‘ndirmish”,
“verub”, “edan”, “vermish”, “verdi”, “o‘sonmaydur”, “verancha”, “dun”,
“dushdi”, “o‘sondim”, “sonuram”, “o‘kush” kabi fuzuliyona so‘zlarni g‘azallari
matniga olib kiradi. Xususan, “cho‘x”, “do‘ndurmish” radifli g‘azallar bitadi.
G‘am ilojin may etar – aydi Fuzuliy ham Amir,
Ey asiri domi g‘am, bir go‘shai mayxona tut [5, 63], -
kabi baytlarida salafi fikrini tasdiqlaydi va rivojlantiradi.
Aslida shoirning mazkur g‘azali ham buyuk salafining:
Ey asiri domi g‘am, bir go‘shai mayxona tut,
Tutma zuhhoding muxolif pandini, paymona tut,- [4, 46]
matla’i bilan boshlanadigan g‘azali ta’sirida yozilgan. Lekin Amiriy qofiya va
radifda Fuzuliyga ergashsa-da, g‘azalda bevosita
uning fikrlarini davom
ettirmagan. Balki ishq mavzuida alohida, o‘ziga xos g‘azal yaratgan.
Chunki
baytma-bayt solishtirilganda ular orasida yaqinlik, umumiylik yo‘qligini ko‘ramiz.
Xatto g‘azalning matla’ida ham muayyan tafovutlar ko‘zga tashlanadi:
Dostları ilə paylaş: