QABILA sinfiy jamiyatgacha qarindoshlik munosabatlari, urf-odatlari, til
va hudud jihatdan o’zaro bog’langan kishilar uyushmasi.
XALQ ing.
people.
nem
. Volk.
rus
. narod. Muayyan mamlakatning barcha
aholisi, ijtimoiy birlik, etnik birlik.
MILLAT ing.
nation.
nem
. Nation.
rus
. natsiya. Tarixan tashkil topgan,
madaniyati, tili, hududi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyl i-
gi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi.
MILLIY TIL ing
. national language.
nem
. Nationalsprache.
rus
. natsional-
niy yazik. Bir millat kishilariga hos bo’lgan aloqa vositasi. Bir millatga
hos bo’lgan til.
ADABIY TIL ing.
literary language.
nem
. Literatursprache.
rus
. literaturniy
yazik. Ummumxalq tilining qayta ishlanib normalashtirilgan shakli. U har
bir millatning ijtimoiy faoliyatida yozma va og’zaki tarzda xizmat qiladi.
DIALEKT ing.
dialect.
nem
. Mundart.
rus
. dialekt. Umumiy adabiy tildan
ma’lum xususiyatlari bilan farq qiluvchi mahalliy sheva.
SHEVA ing
. subdialect.
rus
. govor. Umumxalq tilining ma’lum hududga
hos tarmog’i, mahalliy til, laxja.
JARGON ing
. jargon, lingo cont.
nem
. Rotwelsch. Faqat ma’lum guruh
kishilari tushuna oladigan shartli til, argo.
ANALOGIYA ing.
analogy.
nem
. Analogie, Angleichung. o’xshatish,
o’xshatma: tildagi bir-biridan uzoq hodisalarning o’xshashligi asosida
o’zaro yaqinlashuvi.
ANALOGIST narsa bilan uning nomi o’rtasida muayyan bog’lanish BOR
deb hisoblovchi olimlar, klassik falsafa vakillari.