Tilshunoslikka kirish fanining predmeti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/83
tarix14.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#178776
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Tilshunoslikka kirish fanining predmeti

 
 
I. Xind-evropa tillari oilasi 
1. Xind tillari guruhi (xindi, panjob, bengal, sanskrit...jami 18 ta). 
2. Eron tillari guruhi (fors, tojik... jami 24 ta). 
3. Slavyan tillari guruhi (rus, ukrain, belorus... jami 15 ta). 
4. Boltiq tillari guruhi (litva, latish). 
5. German tillari guruhi (olmon, ingliz... jami 12 ta). 
6. Roman tillari guruhi (farang, ispan, ital’yan, portugal, rumin, mo ldovan, 
lotin... jami 15 ta).
7. Kelt tillari guruhi (irland, shotland... jami 7 ta). 
8. Grek tillari guruhi. 
9. Alban tillari guruhi. 
10. Arman tillari guruhi. 
11. Anatol tillari guruhi. 
12. Toxar tillari guruhi. 
II. Semit- hamit tillari oilasi 
1. Semit tillari guruhi (arab, amhar... jami 10 ta). 
2. Egipt tillari guruhi. 
3. Kushit tillari guruhi (samali). 
4. Berber tillari guruhi (jami 9 ta). 
5. Jado-hamit tillari guruhi (jami 3 ta). 
 
III. Kavkaz tillari oilasi.
1. Abhaz tillari guruhi. 
2. Nax (veynax) tillari guruhi (chechen, ingush). 
3. Dog’iston tillari guruhi (avar, lezgin... jami 27 ta). 
4. Kartvel tillari guruhi (gruzin). 


34 
IV. Guruhdan tashqarida.
(Bask tili). 
V. Fin- ugor tillari. 
 
VI. Samoy tillari. 
 
VII. Turk tillari. 
(jami 32 ta). 
VIII. Mug’il tillari.
 
 
Ro’yhatda jami 24 tillar guruhi qayd qilingan. Ushbu ro’yhat 
A.A.Reformatskiyning “Tilshunoslikka kirish” , M., 1967, kitobidan qis-
qartirib olindi. 382-464 sahifalar). 
Tillarni klassifikatsiya qilishning ikkinchi ko’rinishi
T I P O L
O G I K
yoki
M O R F O L O G I K
klassifikatsiyadir. 
Klassifikatsiyaning bu turi geneologik klassifikatsiyaga nisbatan 
ancha yoshdir. Bu klassifikatsiyaning ilk tarafdori Fridrix Shlegel (1772-
1829) bo’lib, u sanskrit tilini grek, lotin va turk tillari bilan qiyoslab 
quyidagi hulosalarga kelgan: 
1. Hamma mavjud tillarni ikki turga bo’lish mumkin: 
a) flektiv tillar, b) affiksli (agglyutinativ) tillar. 
2. Har bir til ma’lum turga oid holda paydo bo’ladi va shundaylig icha 
qoladi. 
3. Flektiv tillar - “boy, sodda, umri boqiy”, affiksli tillar esa- “qam-
bag’al, sust rivojlanadi, kamchilikli va sun’iy”. 
Fridrix Shlegelning akasi Avgust Vilhelm Shlegel (1767-1845) 
ukasining klassifikatsiyasini qayta ishlab, barcha tillarni uch guruhga bo’ldi: 
1. Flektiv tillar (olmon, slavyan va boshqalar). 
2. Affiksli tillar (turk tillari). 
3. Amorf tillar (xitoy, v’yetnam, birma).
Aka-uka Slegellarning kamchiliklari quyidagilar: 
- Flektiv tillarda hamma grammatik hodisalar fleksiyadan
iborat emas. 


35 
- Xitoy tiliga o’hshagan tillarni amorf tillar deyish noo’rin,
chunki formadan tashqaridagi tillarni bo’lishi mumkin emas. 
- Tillarni boy yoki qambag’alga bo’lish mumkin emas. 
Hozirgi kunda morfologik klassifikatsiya dalillariga muvofiq 
jahon tillari to’rt turga ajratiladi: 
1. Flektiv tillar. 
2. Agglutinativ tillar. 
3. O’zakli (qo’shimchasiz) tillar. 
4. Ko’p sostavli tillar 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin