2.2.1. Mother – Ona konseptining paremalarda ifodalanishi
Ayol… Ona… Ona allasi… Ona mehri… Ayol deganda avvalombor, har bir insonning ko’z o’ngida: mehribon, bag’rikeng, oq sut berib voyaga yetkazadigan mo’tabar zot-Ona siymosi namoyon bo’ladi. Insoniyat bahori, avlodlar davomiyligi, sarchashmasi ham Ona. U naqadar mushfiq, muqaddas, o’z dilbandi uchun jonkuyar, mehribondir… Ona mehri shu qadar kuchliki, dunyodagi jamiiki go’zal kuy va navolar birlashsa ham, uning kuylagan allasi kabi quvonchli va g’amli bo’la olmaydi… Ona muqddas, mo’tabar, farzandini jondan suyguvchi zotdir. Onajonlarimiz o’z dilbandlarini bir parcha etligidan asrab-avaylab katta qiladi. U og’rinsa, ming o’lib, ming tiriladi. Tunlari yig’lab, bedor bo’lib, mijja qoqmaydi. Farzandi oyog’iga tikan kirsa, kipriklari bilan olishga, uning uchun jon fido qilishga ham tayyordirlar. Onajonlarimiz biz uchun naqadar aziz va qadrli. Shuning uchun ularni asrab-avaylaylik, ko’klarga ko’tarishimiz, farzandlik burchimizni ado etishimiz, biz uchun ham farz, ham qarzdir!
Onalik bu ham baxt, ham mas’uliyat demakdir. Farzandni tug’ilishi uchun ayolning faqat sog’lom bo’lishining o’zi kifoya bo’lib qolmay, u jismoniy va ma’naviy yetuk ham bo’lishi kerak. Bularning hammasi esa oila qurishning asosidir. Oila qurish haqida gap ketar ekan, yaqin qarindoshlar o’rtasida nikohga e’tibor qaratish muhim, chunki bunday hollarda bolalar nimjonroq ko’p hollarda esa nogiron farzand tug’ilishi kuzatilmoqda. O’zbeklar va O’rta Osiyodagi etnik guruhlarda qarindoshlar o’rtasida quda bo’lish an’ana tusiga ega. Bu ayniqsa, shahardagiga qaraganda (5%) qishloq joylarda 2 martadan ziyod ko’proq (13%) tarqalgan. Shuni qayd etish lozimki, bu holat, ayniqsa, tibbiy nuqtayi nazardan, bo’lajak farzandning nuqsonlar bilan tug’ilish xavfini oshiradi, ayniqsa, oila yaqin qarindoshlar o’rtasida qurilgan bo’lsa. Qarindoshlar orasida qurilayotgan nikoh rishtasiga va qizlarni erta turmushga chiqishlariga chek qo’yish lozim…
Jamiyatimizda ayollar o’rni beqiyos. Ular har qadamda, har sohada faol va jonkuyardirlar. Yurtimizda ular uchun keng ko’lamli shart-sharoitlar yaratilganligiga o’zimiz ham guvohi bo’lganmiz. Aytishlaricha, ayol qaysi mamlakatda qadrlansa, e’zozlansa, shu yurt farovon va boqiy bo’lar ekan.
Har bir oilaning tinch-totuv, barqaror, xotirjam bo’lishi, farzandlarining sog’lom va barkamol bo’lishi, oilada sog`lom muhit, sog’lom turmush tarzining mavjudligi har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi. Mana shunday mas`ulyatli va va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini mag’rur ko’tarib, hayot qiyinchiliklariga o`zida kuch topib, atrofdagilariga madadkor inson bu – ayol, ya`ni mo’tabar ona.
Ayol! Bu so’z zamirida olam-olam ma`no mujassam. Uni qanchalar ta`rif qilsang, shunchalar qalbing yayraydi. Ne-ne shoirlar madhini kuylab she`rlar yozgan. Buyuk allomalar qalbidagi eng javohir so’zlar bilan uning ta`rifini keltiriladi. Bu dunyo go’zalligini hayot falsafasini va ma`no ma`rifatini avvalambor ayol siymosining uning fidoi qalb, vafo va sadoqatida ko’ramiz, his etamiz.
Ayol! Naqadar buyuk zot. Faqat uning farzand uchun kechalari bedor o’tkazgan, farzand kamoli uchun yelib yugurgan, oilasining tinch yashashi uchun har ishga tayyor, atrofdagilarga beminnat mehr bergan betakror zot.
Ayol! Hayot saboqlarini beruvchi, jonkuyar mehribon zot. Katta-yu kichikka doimo birday yordam bera oladigan, doimo to`g’ri yo’l ko`rsata oladigan murabbiy. Oilada hammani ko’ngliga yo`l topadigan mehribon ona. Yurt koriga yaraydigan farzandlarni kamolga yetkazayotgan volida, aziz insonni qo’llab quvatlaydigan sevimli rafiqa. O’zi ona bo’lsada, bir daqiqa ham farzand ekanligini unutmay doimo ota ona xizmatiga shay turgan inson balki uning buyukligi ham shundadur balki shuning uchun ham barchamiz unung oldida doimo ta`zimdadirmiz… Zero, ona, ayol dunyoning ustunidir.
Dostları ilə paylaş: |