Tolipova t


qism – Yer sharining yadrosi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə14/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#120657
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda STEAM yondashuv (O‘quv-uslubiy qo‘llanma)

qism – Yer sharining yadrosi, ya’ni o‘zagi. U temir, nikel va boshqa moddalardan tashkil topgan. Yadroning markazida harorat +5 000°C atrofida bo‘ladi.

  • qism – Yer sharining mantiyasi. Mantiya so‘zi ko‘rpa degan ma’noni bildiradi. Yerning mantiyasi magniy, temir va boshqa moddalardan iborat. Undagi harorat +1000°C dan yuqori bo‘ladi.

  • qism Yer po‘sti. U turli moddalardan tashkil topgan. Foydali qazilmalar Yer po‘stida bo‘ladi. Tuproq va qumlar Yer po‘stining sirtida joylashgan. Hamma jismlarning usti va osti bo‘ladi.

    Lekin Yer sharining usti ham, osti ham yo‘q. Odamlar Yer yuzining qayerida turishsa ham, o‘zlarini Yer ustida turgandek his qiladilar (14-rasm).
    Yer sharining orqa tomonidagi odamlar 13-rasm.

    Yer sharining ichki tuzilishi. Yer o‘ziga tortib turadi. Bizga nisbatan oyoqlari yuqorida, boshlari pastda bo‘ladi. Lekin ular ham Yer sharining ustida turibmiz deb o‘ylaydilar.
    Yer shari ustidagi, ostidagi, yon tomonlaridagi boshqa narsalarni bir xil tarzda o‘ziga tortib turadi. Globus – Yer sharining modeli.
    Odatda katta o‘lchamli narsalarni o‘rganish uchun uning modelidan foydalaniladi. Yer sharini o‘rganish uchun globusdan foydalaniladi. Yer sharining kichraytirilgan tasviri, ya’ni modeli globus deb ataladi.
    Globus so‘zi shar degan ma’noni bildiradi. Globusning kattaligi Yer sharidan bir necha million marta kichik bo‘ladi. Maktab globusining kattaligi futbol to‘pidek bo‘ladi (15-rasm).

    Globus:
    1 – aylanish o‘qi; 2 – ekvator.


    Globus markazidan o‘tkazilgan o‘q aylanish o‘qi deyiladi. Aylanish o‘qi chiqib turgan joylar Yer sharining shimoliy va janubiy qutblariga to‘g‘ri keladi. Globusning qoq o‘rtasidan, ya’ni shimoliy va janubiy qutblardan bir xil uzoqlikda o‘tkazilgan aylana ekvator chizig‘i deyiladi. Globusda Yer yuzidagi tog‘lar, tekisliklar, suv havzalari turli ranglarda tasvirlanadi.
    Globus yordamida Yer yuzi sirtining tuzilishi va tabiatini o‘rganish mumkin. Dastlabki globuslardan birini buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy (973–1048) yaratgan. Yarimshar shaklidagi bu globusning diametri 5 m ga teng bo‘lgan.
    (16-rasm).
    T harfi texnologiyani bildiradi. Yadro, mantiya, Yer po‘sti, globus, shimoliy qutb, janubiy qutb, ekvator haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilib quyidagi savollarga javob toppish topshiriladi:

    1. Yerning diametri va ekvatorining uzunligi qancha?

    2. Yer sharining ichki tuzilishini tushuntirib bering.

    3. Yer yadrosida harorat qancha?

    4. Globus nima, qanday maqsadda foydalaniladi?

    5. Beruniy globusi haqida nimalarni bilasiz?

    E harfi muhandislikni bildiradi. O‘quvchilarga qog‘oz va loy, plastilindan yerning modelini yasash topshiriladi.
    A harfi san’atni bildiradi. O‘quvchilar berilgan ma’lumotlar asosida she’r, hikoya, esse yozadilar. Daftarlariga globusning rasmini chizish topshiriladi.
    M harfi matematikani bildiradi. Globusning aylanish o‘qini, shimoliy va janubiy qutblarni hamda ekvatorni o‘lchamlarini matematik nuqtai nazardan hisob-kitob qilishlari zarur bo‘ladi.

    Yüklə 1,76 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin