S harfi fanni bildiradi. Bunda o‘quvchilar nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.
Nazariy ma’lumot: “Kun va tun. yil fasllari” mavzusi yuzasidan.
Kun va tunning almashinishi. Biz «Quyosh chiqdi»,
«Quyosh botdi» deymiz. Aslida Quyosh bir joyda turadi, Yer shari esa aylanadi.
Yer sharining o‘z aylanish o‘qi atrofida to‘liq bir marta aylanib chiqishiga ketadigan vaqt sutka deb ataladi.
Yer sharining Quyosh yoritib turgan tomoni kun, orqa tomoni tun bo‘ladi. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli Yer yuzida kun va tun almashinadi
(17-rasm).
Yer sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishidan kun va tun almashinadi.
Globus va elektr lampani bir-biridan 1 m uzoqlikka qo‘ying. Lampani yoqing. Globusning lampaga qaragan yarmisi yoritilgan,
orqasi esa yoritilmagan holatda bo‘ladi. Yoritilgan qismi kun, yoritilmagan qismi tun bo‘ladi.
17-rasm. Kun va tunning almashinishi. Quyosh nurlari
Globusni asta-sekin aylantiring. Globusning yoritilgan va yoritilmagan sirtlari almashinadi. Bajarilgan amaliy ishdan xulosa chiqaring.