Darsningshiori: Ona tabiatni asraymiz.
Baholash. O‘quvchilarni quyidagicha baholaymiz: 5 ball – (yulduzcha shaklida); 4 ball – (to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida); 3 ball – (uchburchak shaklida)
Dars davomida ―Do‘stona kelishuv a’lo o‘zlashtirgan o‘quvchilarga dars so‘ngida rag‘batlantirish maqsadida “Bugungi darsning eng faol o‘quvchisi”, “Bugungi darsning eng tirishqoqo‘quvchisi”,“Bugungidarsningengintiluvchano‘quvchisi” nominatsiyalari tashkil qilinadi.
Bolalar o‘tgan darsimizni eslab olsak, keling buning uchun musiqa sadolari ostida men bilan birgalikda ushbu harakatlarni bajaramiz (o‘qituvchi uchayotgan qushning qanotlari kabi qo‘llarini harakatlantiradi).
O‘tilgan mavzu ―Bahorda o‘lkamizga qushlarning qaytib kelishi bo‘yicha o‘quvchilar egallagan bilimlari test usuli orqali tekshiriladi.
Qushlar nima bilan oziqlanadi? a) o‘t b) hasharot d) ovqat
Bahorda birinchi bo‘lib qaysi qush uchib keladi?
a) chumchuq b) burgut d) qaldirg‘och
Qaysi qushning ovozi yoqimli? a) qarg‘a b) kaptar d) bulbul
Qaysi qush tinchlik ramzini bildiradi? a) kaptar b) laylak d)
turna
Ushbu test o‘zaro almashtirish orqali tekshiriladi. O‘quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash uchun