Biuret reaksiyasi. Bu reaktsiyani o`tkazishda probirkaga1 ml filtrat quyib, unga 10 % li ishqor va bir necha gomchi CuS04 ning 10% li eritmasidan qo`shiladi. Reaksiya prosessida hosil bo`lgan mis gidroksid cho`kmasi oqsil ta`sirida ko`kish-binafsha rangli eritmaga aylanadi. Shunday qilib oqsil tarkibidagi peptid gruppa (CO-NH) mavjudligi Biuret reaksiyasini vujudga keltiradi.
Ksantoprotein reaksiyasi. Bu reaksiyani o`tkazishda probirkaga 1 ml filtrat va 2-3 tomchi konsentrlangan nitrat kislota (HNO3) quyib, aralashma isitiladi. Natijada sariq rangli cho`kma va eritma hosil bo`ladi. Probirkadagi eritma sovigandam keyin unga asta-sekim 1-2 tomchi ammiak qo`shilsa, cho`kma va eritma zarg’aldoq tusga kiradi. Bunda fenilalanin, triptofan yoki tirozin aminokislotalari ishtirokida ksantoprotein reaksiyasi boradi.
Millon reaksiyasi. Probirkaga 1 ml filtrat quyiladi va ustig`a bir necha tomchi Millon reaktivi tomizib qaynatiladi. Hosil bo`lgan cho`kma qizgish tusga kiradi. Bu hodisa oqsil tarkibida tirozin aminokislotasi borligini ko`rsatadi.
Fol reaksiyasi. Bu reaksiya oqsil tarkibida oltingugurt atomlari tutgan tistin va tistein aminokislotalari borligini aniqlash uchun o`tkaziladi.
Tistin va tistein aminokislotalari tarkibida mustahkam bog`lanmagan holdagi oltingugurt molekulalari uchraydi. Shu sababli bu aminokislotalarga natriy ishqoriga qo`rg`oshin atsetat eritmasi qo'shilgan aralashma ta`sir ettirilganda, aminokislota tarkibidan oltingugurt molekulalari ajralib chiqib, qo`rg`oshin molekulalari bilan qo`shiladi. Natijada. bu aralashma qo`rg`oshin sulfid tuzi (PbS) ga, tistin va tistein aminokislotalari serin aminokislotasiga aylanadi. Ayni vaqtda probirkada qora rangli cho`kma hosil bo`ladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
Filtratdagi tistein yoki tistin aminokislotalarining miqdoriga ko`ra reaksiya vaqtida hosil bo`lgan cho`kmaning rangi har xil bo`ladi. Masalan, aminokislotalar miqdori kam bo`lsa. cho`kma qo`ng`ir, ko`p bo`lsa qora rangda bo`ladi. Bu mashg`ulot kuyidagicha o`tkaziladi.
Tekshiriladigan oqsil eritmasidan probirkaga 5-10 tomchi solib, unga 5-10 tomchi Fol reaktivi qo`shib qaynatilali. 1-2 minutdan so`ng aralashmada qo`ngir yoki qora cho`kma hosil bo`ladi. Eritma tayyorlash usuli kitob oxirida berilgan.
Dostları ilə paylaş: |