3Xujayra shikastlanib tо‘qima hujayrasiga aylanishi
№ 17 Laboratoriya ishi
“О‘simliklar tо‘qimasidagi amilaza-diastaza fermentining kraxmalga ta’sirini о‘rganish.”
G‘о‘za yoki arpa maysasi, kolba, filtr qog‘oz, probirkali shtativ, 2%li kraxmal eritmasi, doka, voronka, termometr, soat, pipitka, 10% li NaON va SuSO4 eritmalari.
Kraxmal (S6N10O5)n ni parchalashda diastaza yoki amilazaa fermenti ishtirok etadi. Bu ferment arpa yoki g‘о‘za maysasidan olinadi.
Buning uchun:
1. Quritilgan va maydalangan g‘о‘za yoki arpa maysasidan 5-10 g olib, 25 ml suv qо‘shiladi va aralashma 30 minut chayqatiladi. Sо‘ngra aralashma doka va keyinchalik burmali filtr orqali filtrlanadi. Filtrat loyqalangan bо‘lsa, bu ish yana takrorlanadi.
2. shtativga 15-20 ta probirka qо‘yib,ysi probirkaga 10 ml dan distirlangan suv quyib, ustiga 5 tomchidan yod eritmasi qо‘shiladi va yaxshlab aralashtiriladi.
3. 3% li kraxmal eritmasi tayyorlanib, toza quruq kolbaga 25 ml chamasi solinadi. Shu kolbaga yuqorida tayyorlangan filtratdan 10-12 tomchi qо‘shib aralashtiriladi. Sо‘ngra kolbaga termometr tushirib, u 60-650 gacha isitilgan suv hammomiga qо‘yiladi. Bu temperatura amilaza fermentining aktivligini ta’minlaydi.
4. Shtativdagi birinchi probirkaga ferment о‘shilmagan kraxmal kleystridan 0,5 ml chamasi quyib, undagi suyuqlik bilan aralashtiriladi. Bu probirkadagi kraxmal yodli suv ta’sirida о‘ziga xos reaksiyaga kirishib,suyuqlikning rangi kо‘karadi.
5. Suv hammomiga kraxmal kleysteri bilan quyidagi ishlar olib boriladi:
Oradan 5-10 minut о‘tgach, kolbadagi ferment bilan aralashtirilgan kraxmal kleystridan 0,5 ml olib, shtativdagi 2-probirkaga solinadi va aralashtiriladi. Natijada probirkadagi aralashma kо‘kish-binafsha rangga kiradi. Bu hodisa ferment ta’sirida kraxmal molekulasi prachalana boshlaganligini kо‘rsatadi. Yana 5 minut о‘tgandan sо‘ng kolbadagi eritmadan 0,5 ml olib,3-probirkaga quyiladi va aralashtiriladi. Natijad 3-probirkadagi aralashma butunlay boshqa tusga kiradi. Bu о‘zgarishlar amilaza fermenti ishtirokida kraxmal molekulasi asta-sekin parchalanib borganligidan dalolat beradi.
Shtativda qolgan probirkalarga har 5 minutda kolbadagi eritmadan qо‘shib aralashtirib turiladi. Aralashmalarning rangi ham xilma-xil bо‘ladi, chunki ferment ta’sirida kraxmal parchalanishi natijasida molekulyar og‘irligi har xil bо‘lgan dekstrinlar hosil bо‘ladi. Bu dekstrinlarning har qaysisi yod bilan reaksiyaga kirishib, о‘ziga xos rang hosil qiladi.
Tajriba oxirida kraxmal maltozagacha tо‘la parchalansa, yod eritmasi tomizilgan suvning rangi о‘zgarmay, о‘z rangini saqlab qoladi. Bu hodisa aniqlangandan keyin Trommer reaksiyasi о‘tkaziladi. Bu reaksiya yordamida kraxmal tо‘la parchalanganligi aniqlanadi. Buning uchun kolbadagi eritmadan 2 ml olib, unga 2ml 10 %li NaON va 2 ml 10% li SuSO4 qо‘shilib qizdiriladi. Reaksiya vaqtida hosil bо‘lgan qizil chо‘kma kraxmalning tamoman parchalanganligini kо‘rsatadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi: