Toshkent – 2019 №1 Laboratoriya ishi Oqsilning sho`rlanishi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə19/26
tarix06.03.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#86850
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Molish reaktsiyasini o’tkazish uchun 0,5 ml filtratga α-naftolning 10 % li spirtli eirtmasidan bir tomchi tomiziladi. Aralashma ustiga probirka devori bo’ylab juda extiyotlik bilan 1 ml konsentrlangan H2SO4 quyiladi. Bu kislota og’ir bo’lganligidan probirka tubida to’planadi, oldingi aralashma esa yuqorida qoladi. Probirkadagi eritma qavatlari chegarasida qizil-binafsha rang paydo bo’ladi. Bu reaktsiya hamma geksozani aniqlashda qo’llanadi.
2. Disaxaridlar - saxaroza yoki lavlagi shakarini aniqlash uchun qand lavlagidan foydalanish ma`qul. Buning uchun 10 g maydalangan lavlagiga 50 ml suv qo’shib eziladi. Oradan 20 minut o’tgach, bu aralashmaning shirasi siqib olinadi. Ikkita quruq tozaprobirkaga 10 ml dan shira quyib, shu vaqtning o’zida probirkalarning birida Trommer reaksiyasi o’tkaziladi. Ikkinchisiga 2-3 tomchi konsentrlangan H2SO4 tomizib, suv xammomida 30 minut qaynatiladi. Kislota qo’shib qaynatilganda saxaroza, ya`ni lavlagi shakari monosaxaridlarga - glyukoza va fruktozaga parchalanganligi Molish va Trommer reaksiyalari asosida aniqlanadi. Bu vaqt o’tgandan so’ng shira 10% li soda eritmasi
yaxshisi kristalik soda bilan neytrallanadi. Birinchi probirkadagi qizil cho’kma miqdori bilan ikkinchi probirkadagi cho’kma miqdori o’rtasidagi farq aniqlanadi.
3. Polisaxaridlar - kraxmalga oid mashg’ulot olib borish maqsadida kartoshka ishlatiladi. Buning uchun kartoshkaning po’sti artilib, eti maydalanadi va eziladi. Ezilgan massaga ozgina suv qo’shib, shirasi doka orqali stakanga siqib olinadi. Bu aralashma tingandan keyin uning cho’kmasi ustidagi suv to’kiladi. Bu ish bir necha mart takrorlanadi. Yuvilib tozalangandan keyin hosil bo’lgan cho’kma quritilib kraxmal uni xosil qilinadi. Kraxmal unidan 1g olib. 10 ml suvda aralashtiriladi. Loyqalangan eritma bir necha minutdan so’ng tinadi, kraxmal uni esa probirka tagiga cho’kadi. Bu tajriba kraxmal sovuq suvda erimaganligini ko’rsatadi. 10 ml suvda aralashgan 1 g kraxmalga 50 ml qaynoq suv qo’shib qaynatiladi. Qaynatish vaqtida eritma shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi. Hosil bo’lgan eritma aralashmasi quyuqlashadi, ya`ni kraxmal kleysteri hosil bo’ladi. Bu prosess kraxmal molekulalari issiq suv ta`sirida bo’kkanligini ko’rsatadi. Bu kraxmal kleysteriga I+KI eritmasi ta`sir ettirilganda ko’k rangga kirishi tarkibida kraxmal molekulalari borligini ko’rsatadi.
Kraxmal mineral kislota (H2SO4 yoki HCI) bilan aralashtirib qaynatilganda glyukozagacha parchalanadi. Buni aniqlash uchun Trommer reaksiyasi o’tkaziladi. Reaksiyada qizil cho’kma hosil bo’lishi kraxmal parchalanganligini bildiradi.

21 Laboratoriya ishi



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin