Asbob va reaktivlar; o’simliklar organlari, yod + kaliy yodid eritmasi, xovoncha.
Tarkibida azot saqlagan va asos hossalariga ega bo’lgan geterotsiklik birikmalar alkaloidlar deyiladi. Alkaloidlar achchiq ta’mli bolib, loladoshlar, ayiqtovondoshlar oilasiga kiradigan o’smliklarda va ikkipallali dukkakdoshlarning postlog’i, bargi, poyasi va boshqa qismlarida (1-2%), xin daraxtining postlog’ida (20%) uchraydi.
Alkaloidlarning o’smliklar axamiyati xali to’la aniqlanmagan, biroq ular oqsillar almashinuvida ishtirok etishi mumkin. Masalan: tamaki maysalari tarkibida nikatin miqdori ortib borishi xisobiga oqsil kamayadi, urug’ining yetilishida aksincha nikotin miqdori kamayib oqsil ko’payadi. Alkaloidlar moddalar almashinuvida ishtirok etishini bir qancha olimlar tajribada isbotlaganlar.
Alkaloidlarni aniqlashda o’simliklardan olingan shiraga ta’sir ettiriladigan tannin va pikrin kislotaning suvdagi to’yingan eritmalari, 1% li yo’d+kaliy yo’did yoki K4Fe CN 6 eritmasi va boshqa maxsus birikmalar bor.
Tajriba uchun tarkibida alkaloid bo’lgan bironta o’simlik (tamaki, termopsis yoki ayiqtovon)ning ildizi, bargi yoki mevasini xovonchaga solib shisha tayoqcha bilan eziladi. Shu ezilgan massaga bir tomchi yod eritmasi tomizilsa, qizg’ish-qo’ng’ir cho’kma xosil boladi. Bu cho’kma miqdoriga qarab alkaloidning k’op yoki ozligi aniqlanadi.
Tajriba natijalari quydagi jadval shaklida yozib boriladi: