Toshkent – 2019 №1 Laboratoriya ishi Oqsilning sho`rlanishi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə23/26
tarix06.03.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#86850
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Eslatma: qumni tozalash uchun xlorid kislota eritmasi bo’lmasa, yuvilgandan so`hg 400° issiqda qizdiriladi. Shu tartibda tayyorlangan qumni oddiyroq tajribalarda ishlatish mumkin.
O`simliklarni tuproqda o`stirish. O`simliklarni tuproqda va qumda o`stirishda vegetatsion idishlar ishlatiladi. Buning uchun katta hajmli shisha idishlar yoki tunikadan yasalgan maxsus chelaklardan foydalaniladi. Ularning ichi surik deb atalgan bo’yoq bilan bo`yaladi. Bo`yoq qurigandan keyin idishning ichki devoriga benzinda eritilgan parafin surkaladi. Idishning tashqi tomoni oxak atalasi bilan bo`yaladi yoki dokadan tikilgash paxtali ko`rpacha bilan o`raladi.
Tuvak-idishdagi tuproq va o`simliklarni suv bilan ta`minlab turish uchun idish tubiga ma`lum miqdorda shag’al solib, uning rasiga tunuka yoki shisha nay o’rnatiladi. Vegetatsion idishga o`sha nay orqali suv quyib turiladi. Shagalning usti 1-2 qavat filtr qog’oz va bir qavat doka bilan yopiladi. Doka ustiga idishning hajmiga qarab, 0,5-1 kg miqdorda elangan qum bosiladi. So`ngra vegetatsion idish barvaqt tayyorlab quyilgan tuproq bilan to`ldiriladi. Tuproq zich qilib bosiladi va qatqaloq paydo bo`lmasligi uchun ustiga 0,5-1 kg qum sepiladi.
Vegetatsion idishlarga solinadigan tuproq zarrachalarining diametri 1 sm dan katta bo`lmasligi kerak. Bu tuproq strukturasini yo’qotmaydigan, ya`ni donavor bo`lishi shart. Buning uchun tuproqni vegetatsion idishlarga to`ldirishdan oldin 3:1 nisbatda elangan qum aralashtiriladi qum aralashgan tuproqqa zarur miqdorda mineral tuzlar solib, qayta aralashtiriladi. Jumladan,
bir kilogramm tuproqqa 0,5 g natriy selitrasi (NaNO3); 0,5 g kaliy tuzi (KCl); 0,75 g superfosfat [Ca3(RO4)2] qo`shiladi.
Vegetatsion idishga solinadigan suv miqdori quyidagicha aniqlanadi.
Tuproqning namligini aniqlash. Analitik tarozida uchta byuksning vaznn aniklanadi. So`ngra ularga oldindan tayyorlab qo`yilgan tuproq to`ldirilib, ularning tuproq bilan birgalikda vazni aniqlanadi. Tuproqni yaxshi quritish uchun byukslar quritkich shkafga qo’yilib, 1050 issiqda 6 soat saqlanadi. Sovigan byukslar qayta tortilib, yana 2 soat davomida quritkich qo’yiladi. Ularning vazni doimiyga kelguncha buni davom ettiriladi. Tajriba natijalari quyidagicha jadvalga yozib boriladi:
Bu ma’lumotlardan tuproqning sof vazni quritishdan oldin 7,915g, quritilganda yo’qolgan vazni 1,840g ekanligini ko’ramiz. So’ngra tuproq namligi prosent hisobida quyidagicha aniqlanadi;

Tuproqning turi

Byuksning raqami

Bo’sh byuksning vazni

Tuproq solingan byuksning vazni

Tuproqning vazni

Byuks va tuproqning qurigandan keyingi vazni (g)

Tuproqning yo’qotgan vazni (g)

1-o’lchashda

2- o’lchashda

Bo’z tuproq va h.k

1

15.310

23.225

7.915

21.390

21.385

1.840

7,914 – 100 yoki X= 100x1,84̷ 7,915= 23,44%
1,840 – X



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin