O`simliklarning issiqqa chidamliligini aniqlash
Asbob va reaktivlar: bir necha xil o`simmlik, suv hammomi, 0.2 n HC1, idishlar.
Bu mashg`ulotni o`tkazish uchun 3-4 xil o`simlikning har qaysisidan oltita barg kesib olinadi. Bu barglar (35° li) issiq suv quyilgan idishga solinadi. So`ngra bargli idish suv hammomiga joylanib, idishdagi suvnnng temperaturasi 35° pasaymasligi va shu darajadan yuqori ko`tarilmasligini ta`minlash uchun suv hammomi 30 minut isitib turiladi. Vaqt o`tgandan so`ng idishdagi har xil o`simlik bargidan bittadan olib sovuq suvga solinadi. So`ngra barglar solingan idishdagi suvning temperaturasi 40° gacha isitiladi, oradan 10 minut o`tgach, idishdan yana bittadan barg olib ikkinchi idishdagi sovuq suvga solinadi.
Endi barglar solingan idish ichidagi suvning temperaturasi har 10 minut o`tishi bilan 45, 50, 55 va 60° gacha oshirib turiladi. Idishdagi suvning temperaturasi har 5° gacha ko`tarilgan sari yuqorida o`tkazilgan ishlar takrorlanadi. Bu ishlar tugagach, sovuq suvli idishda qoldirilgan barglarni suvdan olib, yassi idishga quyilgan 0,2 n HC1 eritmasiga solinadi. Oradan 20 minut o`tgach, tajriba natijasi quyidagi jadvalga yoziladi:
O`simliklar turi
|
Temperatura (t°)
|
35
|
40
|
45
|
50
|
55
|
60
|
1
2
3
4
5
6
|
|
|
|
|
|
|
Eslatma: barglar qanday temperaturada yashil tusini yo`qotib, qo`ng`ir ranga kirganligi aniqlangandan so`ng jadvalning shu temperaturaga mos keladigan grafasiga «rangi o`zgarmaydi», «och qo`ng`ir yoki to`q qo`ngir tusga kirdi» deb yozib boriladi.
Barg to’qimasi issiqlik ta`sirida shikastlangan bo`lsa, HC1 eritmasiga solingan barg o`zining yashil tusini yo`qotib, qo`ngir tusga kiradi. Issiqlik ta`sirida shikastlanmagan barglarda hech qanday o`zgarish yuz bermaydi. Bu hodisa barg to`qimasining issiqqa chidamliligini ko’rsatadi.
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
[A.Zikiryayev], M.A.Isabekova
«О‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI »
fanidan ma’ruzalar matni
Toshkent – 2019
Dostları ilə paylaş: |