Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
V.4.1-rasm. 
Inson va tabiiy muhit o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarning umumiy 
ko‗rinishi

Bundan tashqari, tuproq tarkibidagi qumursqalar va mikrooganizmlar texnika 
vositalarining o‗ta og‘irligidan va turli zararli kimyoviy moddalarining ta‘siridan 
katta zarar ko‗rmoqda va tuproq quvvatining kamayishiga sabab bo‗lmoqda. 
Ma‘lumotlarga qaraganda, tuproqning zichligi 1,20-1,35 g/sm
3
atrofida 
bo‗lishi kerak. Ammo og‘ir traktor yerni bo‗yi va eni tomoniga bir marotaba o‗tsa, 
20 sm chuqurlikdagi tuproqning zichligi 1,50 g/sm
3
ni tashkil etadi. Agar ushbu 
traktor 3 marotaba yerga ishlov bersa, tuproqning zichligi 1,60 g/sm
3
gacha ortishi 
mumkin. Demak, tuproq zarrachalari og‘irlik kuchi ta‘sirida zichlashib, qumursqa 
va mikraorganizmlar hayotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Hol buki tuproq 
unumdorligini aynan mana shu jonzotlar belgilaydi. Tuproq-tirik, katta bir jonli 
kombinatga o‗xshaydi, unda hamma vaqt hayot qaynab turadi. 
4

Yaylovlarda surunkasiga bir yerga chorva mollarini boqish cho‗l 
o‗simliklari hosildorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, tuproq qatlamini eroziyaga 
uchrashishiga sabab bo‗ladi. 
5

O‗rmonzorlarni haddan tashqari qisqartirilishi nisbiy namlikni 5-10% 
kamaytiradi, atmosfera havosiga chiqariladigan kislorod (O
2
) miqdorini 
kamayishiga sabab bo‗ladi, karbonat angadrid (SO
2
) gazini ortishiga va iqlimning 
o‗zgarishiga olib keladi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
103 
 
6. Daryo suvlari oqimini o‗zgartirish va xususan yangi suv omborlarini 
qurish – quyi mintaqalarda ekologik tanglikni keltirib chiqarmoqda
. Masalan, 
Arnasoy ko‗llari tizimida vujudga kelgan ekologik muammolar buning yorqin 
misolidir. 
7. 
Yangi kimyoviy moddalardan keng ko‗lamda qo‗llanilishi ekologik 
muvozanatni buzishiga olib kelmoqda
. Masalan, agar 1960 yilgacha 1mln. turdagi 
kimyoviy moddalar ishlatilgan bo‗lsa, 1970 yilga kelib ularning turlari 1mln. 200 
ming gacha etdi. Ularning ko‗pchiligi modda almashishiga ishtirok etmasada, 
ammo vaqt o‗tishi bilan salbiy oqibatlarga keltirishi mumkin. Masalan, bir qator 
sintetik moddalar (plastmassa turlari, rezina, plyonka va tolalar va boshqalar) 
tabiiy holda zararli emas, ammo ularmi yoqib yuborish atrof-muhitga salbiy ta‘sir 
etadi. Shuning uchun ularga qayta ishlov beriladi, yoki maxsus poligonlarda 
ko‗mib tashlanadi. 
8. 
Tabiiy resurslardan jadal va rejasiz foydalanish jon boshiga iste‘mol 
qilinadigan mahsulotlar miqdorini o‗sishiga sabab bo‗lmoqda
. Masalan, 1940 
yilda iste‘mol qilinadigan mahsulotlar 7,4 tonnani, 1960 yilda 14,7 tonnani, 2000 
yillarda 35-40 tonnani tashkil etgan bo‗lsa, XXI asrning boshlariga kelib, 42.8 
tonnani tashkil etmoqda. 
Yiliga 100 mlrd. t. boyliklarni qazib olish uchun 600 mlrd. t. tog‘ jinslari bir 
joydan ikkinchi joyga ko‗chiriladi. Natijada turli chuqurlik va xandaklar, 
tashlandiq tog‘ uyumlari va turli kimyoviy tarkibga ega bo‗lgan chiqindilar paydo 
bo‗lmoqda. Ular shamol va yog‘ingarchiliklar ta‘sirida atrof-muhit musaffoligiga 
katta ta‘sir ko‗rsatmoqda. 
9

Urbanizatsiya jarayoni, ya‘ni aholining ortib borishi, yangi shaharlar 
paydo bo‗lishi va yangi infratuzilmalar vujudga kelishi ham inson faoliyati bilan 
chambarchas bog‘liqdir. 
Bugungi kunda dunyo aholisi sonining o‗sishi va ilmiy 
texnikaning tez sur‘atlarda rivojlanishi bilan chiqindilar muammosi ham tobora 
dolzarb tus olmoqda va ekologik barqarorlikka salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
104 
Agar 1975 yilda dunyo aholisining 40% shaharlarda yashagan bo‗lsa, hozirgi 
paytda bu 45% d
a
n ortiqrog‘ini tashkil etmoqda.
AQSh va Yaponiyada umumiy 
aholining 70%i, Frantsiyada 75%i, Buyuk Britaniyada 80%i shaharlarda yashaydi.
Tashvishli jihati shundaki, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq 
maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1% ga oshmoqda
25
. Respublikamiz 
umumiy aholisining 40,3%i shaharlarda yashab kelmoqda. O‗zbekistonda aholisi 
100 ming kishidan ortiq bo‗lgan 110 ta shaharlar mavjud. Hozirgi paytda shahar 
aholisining o‗rtacha odam boshiga chiqaradigan chiqindilari 100-400 kg. ni tashkil 
etmoqda.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin