Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini


Loyiha risklarini pasaytirish chora-tadbirlari. Loyiha risklarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
9.4. Loyiha risklarini pasaytirish chora-tadbirlari. Loyiha risklarini 
qoplash chora-tadbirlari 
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo’qotish 
yoki yumshatish uchun bir qancha 
usullar
qo’llaniladi. 
1. Riskdan qochish. Qochish deganda risk bilan bog’liq tadbirlardan shunchaki 
og’ish tushuniladi. Riskni pasaytirishning bu usuli mukammal ko’rib chiqilmaydi.
2. Riskni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash (riskning bir qismini 


181 
hamkorlarga berish). Riskni taqsimlash loyihaning moliyaviy rejasini va aniq 
hujjatlarini ishlab chiqishda amalga oshiriladi. 
3. Riskni sug’urtalash. Riskni sug’urtalash, mantiqan olganda, muayyan 
risklarni sug’urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning 
riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks 
ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol” ga tushirish uchun to’lovni amalga 
oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko’p hollarda, sug’urta 
kompaniyalari moliyaviy risklarni sug’urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga 
to’liq erishishiga xizmat qiladilar. 
4. Riskni pasaytirish (ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira 
mablag’larini tashkil etish yo’li bilan yo’qotishlar hajmini qisqartirish). Ko’zda 
tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etishdagi asosiy 
muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha 
qiymatini boshlang’ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini 
aniqlashga katta yordam beradi.
Riskni 
pasaytirishning 
aniq 
vositasini 
tanlashda 
investor 
quyidagi 
tamoyillar
ga asoslansa, maqsadga muvofiq bo’ladi: 
- ortiqcha tavakkal qilish kerak emas; 
- risk oqibatlari to’g’risida o’ylash lozim; 
- kam narsa uchun risk qilish kerak emas.
Birinchi tamoyilga asosan, investor o’z kapitalidan ko’ra ko’proq risk qilishi 
mumkin emas, ya’ni investor investitsiya loyihasini amalga oshirish to’g’risida qaror 
qabul qilishidan avval quyidagilarga amal qilishi lozim: 
- loyihaga ta’sir etuvchi risk bo’yicha mumkin bo’lgan zararning maksimal 
hajmini aniqlab olishi; 
- uni qo’yilayotgan kapital va o’zining barcha moliyaviy mablag’lari bilan 
taqqoslashi lozim. 
- ushbu kapitalning yo’qotilishi investorning bankrot bo’lishiga olib kelish-
kelmasligini risk koeffitsientini hisoblash asosida aniqlashi lozim.
Investitsiya risklarini pasaytirish 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin