Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

8.
 
Xodimlarni rivojlantirish va o‘qitish jarayoni
(ishning 
o‘ylamasdan yoki anglab yetgan holda bajarilishi; aql-zakovat yoki 
kuchga ishonch; xodimlarni xabardor qilish tartiblari; mantiq va mulo-
haza yuritishda mantiqning ustunligini tan olish yoki uni rad etish; 
fikrlash yoki yodlashda abstraktlash va konseptlash; sabablarini 
tushuntirishga yondashuvlar).
9.
 
Mehnat etikasi va motivatsiya
(ishga munosabat; ishni taqsim-
lash va almashtirish; ish joyi tozaligi; ish sifati; ishdagi odatlar; ishni 
baholash va mukofotlash; «inson – mashina» munosabatlari; yakka 
tartibdagi yoki jamoaviy ish; xizmat bo‘yicha harakatlanish).
Korporativ madaniyatning zamonaviy modellari. 
Zamonaviy korporativ madaniyatning optimal modelini izlab 
topish muammolari tadqiq etiladi. Zamonaviy ishbilarmonlik 
madaniyatining bir tomondan, mamlakatdagi ijtimoiy-madaniy 
voqelikka maksimal darajada mos keladigan, boshqa tomondan esa 
globallashuv “da’vat” lariga tegishlicha javob beradigan jihatlari 
borasida muallifning ilmiy izlanishlari muhim natijasi ko‘rsatilgan. 
Korporativ madaniyat modellari soni juda ko‘p bo‘lib, ularning har 
biri o‘ziga xos va betakror hisoblanadi. Bitta milliy madaniyatga 
mansub va u yoki bu xalqning mentaliteti xususiyatlari bilan asoslana-
digan korxonalarda korporativ madaniyatning umumiy jihatlari 
mavjudligi ishbilarmonlik madaniyati milliy modellari mavjudligi 
haqida gapirishga imkon beradi.


21 
Korporativ madaniyatning G‘arb va Sharq modellari markazida 
AQSH va Yaponiya asosiy yetakchilik o‘rinini egallagan. Ushbu 
mamlakatlarning yetakchilik holati eng avvalo, yuqori iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar, nisbatan barqaror xo‘jalik mexanizmi, postindustrial 
davrda ularning iqtisodiyotining rivojlanish darajasi yuqori ekanligini 
namoyish etishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, bu mamlakatlarda 
korporativ madaniyat muvaffaqiyati va samaradorligining sabablari 
reja asosida va ongli ravishda uning loyihasini ishlab chiqish
moslashuvchanlik, o‘zgarishlar uchun ochiqlik, doimiy yangilanish va 
boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish hisoblanadi.
Amerika korporativ madaniyatining quyidagi xislatlarini aytib 
o‘tamiz: boshqaruvga kapitalistik yondashuv G‘arb korporativ 
madaniyat variantida inson faqat tashkilotning maqsadlariga erishish 
vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi, bu maqsadlarning asosiysi foyda 
olishi hisoblanadi; individualizmga asosiy e’tibor; raqobat va 
musobaqa ruxini qo‘llab-quvvatlash; qisqa muddatli yollash va xizmat 
pillapoyasi bo‘ylab tez harakatlanishni amalga oshirish; faoliyatning 
yuqori ixtisoslashuvi, munosabatlarda dangallik, shuningdek, rasmiy, 
asosan miqdori nazorat usullari, ommaviy tanqiddan qochish.
Yaponiya klassik korporativ madaniyatiga boshqa xususiyatlar 
xosdir: boshqaruvga markazda inson joylashgan yondashuv, 
jamoaviylik, tez-tez kadrlar o‘rnini almashtirish, lekin xizmat 
pillapoyasi bo‘ylab sekinroq harakatlanish, faoliyat ixtisoslashuvining 
pastligi, munosabatlarda hurmat-ehtirom, norasmiy nazorat usullari-
ning ustunlik qilishi, ommaviy tanqidning rag‘batlantirilishi. 
Korporativ 
madaniyatning 
Rossiya 
modeli 
xususiyatlarini 
aniqlashda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Uning o‘ziga xosligi, qara-
ma-qarshi voqealar bilan to‘yingan rus xalqining tarixi, Rossiyaning 
hududi kattaligi, uning ko‘p millatliligi bilan belgilanadi. Bundan 
tashqari, Rossiya ishbilarmonlik madaniyatining shakllanishiga sovet 
o‘tmishi katta ta’sir ko‘rsatdi, bu Rossiyada korporativizm o‘ziga xos 
xususiyatlarini: hukmron elitaning hokimiyatdagi monopoliyasi, 
byurokratiyaning ustunligi, iqtisodiyotning xomashyo yo‘nalishi, osh-
koralik, mafkuraviy safsatabozlikni oldindan belgilab qo‘ydi. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin