Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

 
7.2-jadval 
F. Gersbergning ikki omil nazariyasi 
 
Mehnat sharoitlari omillari 
Mehnat motivatsiyasi omillari 
Korxona 
ishlab 
chiqarishi 
siyosati 
Muvaffaqiyat qozonish 
Mehnat sharoitlari 
Xizmat 
vazifasida 
yuqoriga 
ko‘tarilish 
Ish haqi
Mehnat faoliyati natijalari e’tirof 
etilishi va ma’qullanishi 
Jamoadagi o‘zaro munosabat 
Yuksak mas’uliyat hissi 
Mehnat 
faoliyati 
ustidan 
o‘rnatilgan bevosita nazorat 
darajasi 
Ijodiy va xizmat vazifasida o‘sish 
imkoniyatlari 
 
Manba:
Одегов Ю.Г. Управление персоналом в структурно-логических 
схемах. – М.: Академический проект, 2005. – С.934. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga intilgan ko‘pgina 
korxonalar ma’muriyati F.Gersberg nazariyasini amaliyotga joriy etish 
uchun “mehnatni boyitish” dasturlarini qo‘llay boshladilar. Bunda 
asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayoni personalda qoniqish hissini 
hosil qilishi ayni vaqtda moddiy manfaatdorligini oshirishi uchun 
texnologiyani o‘zgartirish, kengaytirish chora-tadbirlarini amalga 
oshirishga qaratildi. Ya’ni, bu bilan personalni har ish kuni 
takrorlanadigan va bir maromdagi zerikarli ish jarayonlari davomida 
texnologiyaga taalluqli qarorlarni mustaqil qabul qilish, ijrochiga 
topshirilgan ish murakkabligi va ahamiyatligi uchun shaxsiy 
mas’uliyatini his etish orqali “mehnatni boyitish” maqsadi ko‘zlanadi. 
Iqtisodiyot fanida personalni mehnat motivatsiyasiga turlicha 
qarashlar mavjud. Jumladan, rossiyalik iqtisodchi olim Yu.G.Odegov-
ning fikricha “Motivatsiya – shaxsiy, guruhiy va jamiyat maqsadlariga 


97 
erishish uchun insonning mehnat faoliyatiga tashqi ta’sir ko‘rsa-
tishdir”
10

Yana bir rossiyalik iqtisodchi olim A.P.Yegorshin “Motivatsiya – 
inson o‘z ehtiyojlarini qondirishi uchun nimani qanday qilishi 
kerakligini belgilaydi”
11
deb hisoblaydi. Bu personalda sidqidildan 
mehnat qilishga ehtiyoj tug‘dirishi zarur. Shunda personal o‘z 
ehtiyojlarini qondirishning yagona yo‘li samarali mehnat qilishdan 
iborat ekanligini anglab yetadi”
12
.
Xulosa qilib aytganda, personal bevosita shu korxonada ishlashi 
uchun u mehnati munosib qadrlanayotganligini aniq bilishi shart. 
Bunga mehnatga qiziqtirish 
tizimining eng asosiy vositasi
rag‘batlantirish tizimi orqali erishish mumkin. Agar motivatsiya 
insonni u yoki bu ishni bajarishga majburlaydigan ichki hissiyot 
bo‘lsa, rag‘bat personal faolligini oshirishga xizmat qiladigan tashqi 
hissiyotdir. Agar rag‘bat personalning ehtiyojlarini qondirish uchun 
g‘oyat muhim ahamiyat kasb eta olsa, u mehnat motivatsiyasi omiliga 
aylanishi mumkin. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin