93
VII BOB. PERSONAL MOTIVATSIYASI
7.1. Personal motivatsiyasini tashkil etishning
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Insonning aqliy, jismoniy, kasb va malaka salohiyatidan to‘liq
foydalanish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish kerak? Nima uchun
xodimlarning mehnat unumdorligi turlicha bo‘ladi? Nima uchun bir
korxonada, bir xil sharoitda ba’zi xodimlar g‘ayrat-shijoat bilan
ishlaydi, boshqalar esa o‘z mehnat faoliyatlariga loqaydlardir?
Personalni mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, uning sifatini
oshirish uchun izlanishga, shaxsiy tashabbus ko‘rsatishga qaysi omillar
rag‘batlantiradi? Nima uchun mehnat jamoasi a’zolari bir xil toifasini
korxona maqsadi yuksak samaradorlikka erishishga munosib hissa
qo‘shishga qiziqtirish uchun ish
haqi omillaridan foydalanish, boshqa
xodimlarni esa ma’naviy rag‘batlantirish hamkasblari oldida erishgan
mehnat natijalari uchun maqtash,
minnatdorchilik bildirish, faxriy
yorliq bilan taqdirlash kifoya qiladi? Donishmandlar, buyuk
ajdodlarimiz qadim-qadimdan bu masalalarga katta e’tibor bilan qarab
kelganlar.
Kaykovusning “Qobusnoma”sida “Har kishi molini ziyoda qilmoq
ta’masida bo‘lsa, bir tanga uchun mag‘ribdan-mashriqqa borur, o‘zini
toqqa, daryoga urur, jonin, tanin va molin muxoratara (xatar)ga solur,
yo‘lning noimligi (xavfligi)din, hayvonotdin (darranda, hayvondin)
qo‘rqmas, shuning uchun mag‘ribdin-mashriqqa, mashriqdin-mag‘-
ribga borib xalqqa ne’mat keltirur”
7
degan hikmatli so‘zlarni o‘qiymiz.
Buyuk sohibqiron Amir Temur o‘z
saltanatidagi tadbirkor, fidoyi
fuqarolarni yuksak qadrlar edi. Shu bois o‘z tuzuklarida “Tajribotda
ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, jang ko‘rgan, mard,
shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir.
Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi”
8
.
Iqtisodiyot fanida ijtimoiy ishlab chiqarishda
insonlar ishtirok
etishini ifodalaydigan turli atamalar: mehnat resurslari, inson
resurslari, inson omili,
mehnatni tashkil etish, personalni boshqarish,
kadrlar siyosati, jamoa, ijtimoiy rivojlanish,
inson munosabatlari va
7 Кайковус
.
Қобуснома. – Тошкент: Истиқлол, 1994. – 107-108-б.
8 Темур тузуклари. – Тошкент: Шарқ,. 2005. – 13-б.
94
boshqa atamalar qo‘llaniladi. Ularning hammasi markaziga inson
qo‘yilganligi tabiiydir. Chunki har qanday ishlab chiqarishni inson
ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Iqtisodchi olimlar xodimlarning mehnat motivatsiyasi omillarini
tahlil
etar ekanlar, insonlarni mehnat qilishga u yoki bu ehtiyojini
qondirish zarurati undaydi degan xulosaga kelganlar. Personal toifalari
va ularning mehnat motivatsiyasi darajasi 7.1-jadvalda o‘z aksini
topgan.
Dostları ilə paylaş: