Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

amortizatsiya fondi
hisobida to‘planib boradi.
Egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi va shu 
sababli mahsulot narxiga qo‘shiladi. Bunday soliqlar aksiz to‘lovlari, sotishdan 
olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlarini o‘z ichiga olib, 
davlat budjetida daromad sifatida namoyon bo‘ladi. 
Daromadlarning eng muhim turi bo‘lgan ish haqi tadbirkorlar va davlat 
tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. U ish haqiga ko‘plab 
qo‘shimchalar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va nafaqa ta’minotining har xil xususiy 
fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa turli mukofot hamda imtiyozlarni o‘z ichiga 
oladi. Ish haqi va unga qo‘shimchalar ham ishchi kuchini taklif qiluvchilar uchun 
daromadning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi va shu sababli aholi 
daromadlarining muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. 
Renta to‘lovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, yer) bilan ta’minlovchi uy 
xo‘jaliklarining oladigan daromadi hisoblanib, korxona xapajatlari tapkibiga kipadi 
(er davlat mulki bo‘lsa renta davlat ixtiyoriga, budjetga borib tushadi va budjet 
daromadi hisoblanadi). 
Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to‘lovlaridan iborat. Bunda davlat 
tomonidan amalga oshiriladigan foizli to‘lovlar foizli daromadlar tarkibidan 
chiqariladi. 
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo‘linadi: bir qismi mulkiy 
daromad va boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi deyiladi. 


432 
Shunday qilib biz YaIM ni hisoblashning uch xil usulini ko‘rib chiqdik. Lekin 
ta’kidlash joizki, ularning hech biri YaIM va uning o‘sishini aniq qilib hisoblab 
bera olmaydi, ular takomillashtirishga muxtoj. 
 
Xulosalar 
1.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat 
bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Milliy iqtisodiyot, barcha 
tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional 
iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. 
2.
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va 
nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi 
darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va 
nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi. 
3.
Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga 
baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi 
tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. 
4.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy 
daromad(MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar 
hisoblanadi. 
5.
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy mahsulot tarkibiga faqat tovar 
shaklida bo‘lib, bozor narxi mavjud bo‘lgan yoki, hech bo‘lmaganda, ularni 
yaratish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar miqdori bo‘yicha baholash mumkin 
bo‘lgan mahsulot va xizmatlar kiritilishi mumkin. 
6.
YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta 
hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida 
yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Qo‘shilgan qiymat – bu korxona 
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol yetkazib beruvchilardan 


433 
sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib 
tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. 
7.
Milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki 
mahsulot 
(YaIM) 
ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot 
umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab 
chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va 
xizmatlar jami hajmini namoyon etadi. 
8.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga 
daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik 
birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa 
turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Hozirgi vaqtda YaIMni hisoblashda 
ko‘proq harajatlarning to‘rtta guruhi hisobga olinadi: iste’mol, investitsiyalar, 
davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – 
muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. 
9.
YaIM hozirgi vaqtda ko‘proq uch xil usul bilan hisoblanadi: 1) qo‘shilgan 
qiymatlar bo‘yicha yondashuv; 2) sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv; 3) 
daromadlar bo‘yicha yondashuv. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin