Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Xulosalar 
 
1.
Ishlab chiqarish xarajatlari – iqtisodiyot nazariyasining eng muhim ilmiy 
kategoriyalaridan biridir. Uning vazifasi korxonaning barqaror rivojlanishini 
ta’minlaydigan mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning miqdori va 
tarkibini aniqlashdan iborat. 
2.
Xarajatlarni tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarilgan va sotilgan 
mahsulotdan olingan pul tushumi nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashi, 
balki foyda olishni ham ta’minlashi kerak. Foyda – tadbirkorlik faoliyatining 
mazmunini anglatadigan, uni harakatga keltiruvchi omildir. Ammo bu maqsadga 
1
“2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
stratеgiyasi”. http://strategy.gov.uz/uz/pages/action_strategy


348 
erishish ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ishlab 
chiqarish xarajatlarini tadqiq etish iqtisodiy tahlilning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. 
3.
Tadbirkor korxona xarajatlari va foydasiga turlicha yondashadi. Muayyan 
xarajatlar doirasida foyda olishning eng yaxshi imkoniyatlarini ta’minlashi kerak. 
Muayyan foyda doirasida esa xarajatlarni shunday optimal darajaga keltirish 
kerakki, bunda ishlab chiqarishni moliyalashtirish ko‘p sarf talab etmasin. 
4.
Korxona umumiy xarajatlari ikkiga bo‘linadi: ishlab chiqarish xarajatlari va 
muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni yaratish uchun 
sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xom-ashyo, yoqilg‘i, energiya, ishchi 
kuchi, amortizatsiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari tovarlarni 
realizatsiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan sarflardir. Ular sof muomala va 
qo‘shimcha muomala xarajatlariga bo‘linadi. Sof muomala xarajatlari foyda 
hisobidan qoplansa, qo‘shimcha muomala xarajatlari esa tovar narxiga kiritiladi. 
5.
Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o‘z resurslari 
yoki jalb qilingan resurslar bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki 
tashqi xarajatlarga bo‘linadi. Tashqi xarajatlar korxona ishlab chiqarish jarayonida 
zarur bo‘lib, tashqaridan jalb qilingan resurs va xizmatlarga to‘lovlarni amalga 
oshirishi uchun sarflanadigan xarajatlardir. Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan 
resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday 
xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini 
baholash o‘z resurslari qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozor narxlariga 
taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

6.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etish darajasiga qarab doimiy va 


o‘zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga 
(qisqarishi yoki ortishi) ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. 
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, uning o‘sishiga ham 
bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida 
ham mavjud bo‘ladi. O‘zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqariladigan tovar 
miqdorining oshishiga yoki kamayishiga bevosita ta’sir qiladigan xarajatlarga 


349 
aytiladi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar 
yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi. 
7.
Korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa muddatli davrda faqat 
o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Boshqacha 
aytganda, qisqa muddatli davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari 
o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa 
resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali o‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab 
chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.
8.
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari 
miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir.
 
Uzoq muddatli davr – bu 
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari 
miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir. Bu yerda shuni ta’kidlash 
lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr 
davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin.
9.
Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib 
tashlangandan keyin qolgan qismi yalpi foyda deb yuritiladi. Tovar va xizmatlar 
sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha 
mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai 
qo‘shimcha mahsulotdir.
 
10.
Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari), 
banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib 
tashlansa korxona sof foydasi qoladi.
11.
Foydaning 
o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi 
o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish 
hisobiga, yoki narxning oshishi hisobiga erishish mumkin. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin