qilingan raqamlardagi vaqtincha bo‘sh
mablag‘lar, mablag‘lar bankning kreditorlik
qarzlari, debitorlar bilan hisoblashishlar bo‘yicha
zaxiralar.
o‘z mablag‘lariga tenglashtirilgan mablag‘lar
Muddatiga
ko‘ra
Uzoq muddatli
O‘z mablag‘lari, o‘z mablag‘lariga tenglash-
tirilgan-mablag‘lar (talab qilib olinguncha hisob
raqamlaridagi minimal qoldiqlar), uzoq muddatli
depozitlar, moliyaviy yordam.
Qisqa muddatli
Qisqa muddatli depozitlar, korxona va
tashkilotlarning talab
qilib olinguncha hisob raqamlaridagi minimal
qoldiqdan ortgan mablag‘lar
Qiymati
To‘lovli
O‘z mablaglari, depozitlar, boshqa yuridik
shaxslarining kreditlari
Nisbatan
to‘lovsiz
Talab qilib olinguncha hisob raqamlari,
korxonalarning hisob
va joriy hisob raqamlari
Ishonch-
lilik
darajasiga
ko‘ra
Ishonchli
O‘z mablaglari, uzoq muddatli depozitlar,
moliyaviy yordam
Ishonchsiz
Qisqa muddatli depozitlar, talab qilib olinguncha
depozitlar, korxona va tashkilotlarning hisob va
joriy hisob raqamlari
Tijorat banklari resurslarining tasniflanishi.
78
Buni shunday izohlash mumkin, ya’ni iqtisodiyotning bozor
modeliga o‘tishi bilan bank ishida davlat monopoliyasi tugatildi, ikki
bosqichli bank tizimini shakllanishida bank resurslari xarakteri ijobiy
tomonga o‘zgaradi.
Bundan tashqari, uning aktiv operatsiyalari ko‘lami, resurslar
hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday holat resurslarni jalb qilish bo‘yicha
banklar o‘rtasida raqobatni keltirib chiqaradi.
Shundan kelib chiqib, bank resurslari tijorat banki faoliyatini keng
olib borishga asos bo‘lib, bankka ma’lum miqdorda daromad keltira
olish qudratiga ega bo‘lgan zaxira va imkoniyatdir. Tijorat banklari
o‘zining kredit siyosatini ishlab chiqqanda yoki uzoq davrga o‘z fao-
liyatining startegik yo‘nalishlarini belgilaganda shu zaxira va imko-
niyatlarning ko‘lamini keng ko‘rib chiqishi va resurslarni o‘z faoliyat
yo‘nalishlarining daromad manbalari sifatida nazarda tutishi lozim.
Chet el adabiyotlarida
20
mablag‘larni jalb qilish operatsiyalarini
nafaqat tijorat banklari, balki moliyaviy kompaniyalar, jamg‘arma
kassalari, turli xil fondlar ham bajaradi degan fikrni uchratish
mumkin. Lekin, fondlarning faoliyati va maqsadi bilan tijorat bankla-
rining faoliyati va maqsadi bir xil emas.
Yuqorida tavsiya qilingan tasnif, bizning fikrimizcha, banklar
faoliyati uchun zarur bo‘lib tijorat banklari o‘zida mavjud bo‘lgan
resurslarni qaysi manbadan, qanday qiymatda, qancha muddatga jalb
qilinganligi to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘ladi. Undan tashqari
bu tasnif asosida tijorat banklari mablag‘lar qaysi subyektga tegishli
ekanligi va bu subyektning moliyaviy ahvoli, unga shu mablag‘lar
qaysi muddatga zarurligi yoki boshqacha qilib aytganda ularning
likvidlilik, ishonchlilik darajasi, shu mablag‘lar bo‘yicha mavjud
risklar va ularning darajasining aniqlashga va shu omillar asosida
chora-tadbirlarni amalga oshirib banklarning resurs bazasini barqaror
ushlab turishga yordam beradi.
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subyektlari kabi o‘zining xo‘jalik
va moliyaviy faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul
mablag‘lariga, ya’ni resurslariga ega bo‘lishlari lozim. Iqtisodiyot
rivojlanishining zamonaviy talablarida bank resurslarini tashkil etish
muammosi bank faoliyatini bir maromda olib borish uchun birinchi
darajali hisoblanadi. Buni shunday izohlash mumkin, ya’ni
iqtisodiyotning bozor modeliga o‘tishi bilan bank ishida davlat
79
monopoliyasi tugatiladi, ikki bosqichli bank tizimini shakllanishida
bank resurslari xarakteri ijobiy tomonga o‘zgaradi.
Bankning asosiy vazifalaridan biri bo‘sh pul mablag‘larini
mumkin qadar ko‘proq jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi
optimal aktivlarga joylashtirishdan iborat.
Bank kredit resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan
passiv operatsiyalari yordamida shakllanib, bank balansining passiv
qismida ikki katta guruhga bo‘lib hisobga olinadi. Bular: banklarning
o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘laridir. Jalb qilingan
resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo‘lib qaraladi. Birinchisi, bu jalb
qilingan depozitlar, ikkinchisi, boshqa majburiyatlar va sotib olingan
resurslardir. Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga
oshirishda ishlatiladi, ya’ni bank resurslari daromad olish maqsadida
turli xil sohalarga joylashtiriladi. Bankning passiv va
aktiv
operatsiyalari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sababli,
passivlarning tarkibi va xarakteri ko‘p jihatdan banklarning aktiv
operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi. Shu bilan
birga, resurslar xarakteriga banklarning kreditlash siyosatining
o‘zgarishi ham ta’sir qiladi.
Bank kredit resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining
mablag‘lari tashkil qiladi. Bank boshqa mablag‘larini jalb qilish
uchun, avvalambor me’yoriy hujjatlar talablari bo‘yicha, o‘z
kapitalining yetarlilik darajasi miqdorini shakllantirishi lozim.
Tijorat banklari bajarayotgan barcha operatsiyalar bevosita yoki
bilvosita bank kapitalining yetarliligi va uning sifatiga bog‘liq bo‘lib,
har qanday tijorat bankining to‘lovga qobilligini va xatardan holiligini
baholashda asosiy omil hisoblanadi. Tijorat banklarining yetarli
miqdorda bank kapitaliga ega bo‘lishi, ularning likvidliligini
ta’minlashda va faoliyati davomida duch keladigan xatarlardan zarar
ko‘rmay chiqib ketish imkoniyatini beradi.
Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga
olish bilan bir vaqtning o‘zida, bu mablag‘larni o‘z vaqtida
qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank
barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik
tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular
aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larining bank sari oqimini
ta’minlaydi. Undan tashqari bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam
80
samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z
mablag‘larini qaytarib
olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi. Resurslar
yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi, kreditlar
berish
salohiyati,
to‘lovlarning
amalga oshirilishi natijasida,
banklarning daromadlari vujudga keltiriladi.
Bank kredit resurslarining shakllanishi va aylanishi uzluksiz
jarayonni tashkil qiladi va bu esa, o‘z navbatida banklar faoliyatini
doimiyligiga asos hisoblanadi.
Shu sabab o‘tish iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan deyarli
barcha mamlakatlarda tijorat banklari kredit resurslarini shakllantirish
tizimida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunday o‘zgarishlarga
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi. Bular:
– banklararo kredit bozorida Markaziy bankning faol ishtirok eti-
shining ta’minlanishi va bu o‘z navbatida kredit riskini kamay-
tirganligi;
iqtisodiyotda
noto‘lovlar
muammosining
mavjudligi
va
kreditning qaytarilmasligi oqibatida, tijorat banklarining zarar ko‘rish
darajasining oshishi;
aholi qo‘lidagi omonatlarning o‘sishi;
korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorining y etarli darajada
rivojlanmaganligi va boshqalardir.
Banklarda mavjud bo‘lgan mablag‘lardan foydalanish imkoniya-
tiga va ularning manbalariga qarab bank resurslari o‘z resurslariga va
qarz (sotib olingan) resurslarga bo‘linadi. Bank resurslariga bank
kapitalidan tashqari ma’lum vaqt davomida bank ixtiyorida bo‘lgan
jalb qilingan depozitlarni, boshqa banklardagi depozit va vakillik hisob
raqamidagi qoldiqlarni, forvard valyuta kursi va kliring bo‘yicha
qoldiqlarni ham kiritish mumkin.
Undan tashqari, bankning ixtiyorida mavjud bo‘lgan resurslar uning
amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan aktiv operatsiyalar uchun yetarli
bo‘lmasa, zarur miqdordagi mablag‘larni markaziy bankdan, nobyudjet
fondlardan, resurslar bozoridan sotib olishi yoki qarzga olishi mumkin.
Shunday qilib, o‘z mablag‘lari va jalb qilingan yoki sotib olingan
mablag‘lari yig‘indisi tarkibiy shakllanish jihatdan tijorat banklarining
resurs bazasini tashkil qiladi. Xalqaro bank amaliyotida banklarning
resurs bazasini shakllantiruvchi asosiy manbalarga o‘z kapitalidan
tashqari quyidagilar kiradi: yuridik va jismoniy shaxslarning depozit
81
hisob varaqlaridan qoldiqlari; bank tomonidan yuridik shaxslar uchun
muomalaga chiqarilgan veksellar va depozit sertifikatlar; olingan
banklararo kreditlar; vakil bank tomonidan ochilgan “Vostro”
depozit hamda valyuta hisob varaqasidagi mablag‘lar va boshqa
manbalar.
Dostları ilə paylaş: |