faaliyat sohasi, ya'ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo'lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, soxasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko'nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo'lidagi aktivligi unda o'ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o'smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo'ladi, jamiyatda o‘z o'rnini tasavvur qilishga erishadi.
o'z-o'zini anglash sohasi, ya'ni "Men" obrazining yil sayin o'zgarib borishi jarayoni bo'lib, avval o'zini boshqalardan farqliligini, o'zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so'ngra esa o'z-o'zini baholash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir.
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud. Masalan, birinchi bosqich—mehnat faoliyatigacha bo'lgan bosqich bo'lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o'qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o'ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta'sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o'tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog'liq bo'lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta'sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo'lib, aniq hayot yo'lini tanlagan, turmush qurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo'ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir. Nihoyat, uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo'lib, bunga asosan aktiv mehnat faoliyatidan so'ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko'ra shaxs strukturasida ham xususiy o'zgarishlar ro‘y beradi. Bu jarayon ro‘y beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan bo'lsa, turli davrlarda oila, bolalar muassasalari, maktab, boshqa dargohlari, mehnat jamoalarining roli nazarda tutiladi. Shaxs toifalari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi Psixologlarning fikricha, (G. Asmolov, P. Shixerev, V.A.Yadov, P. Nadirashvili va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o'zgartirish uchun shu ustanovkaning sababi bo'lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o'zgartirish shartdir. Shu narsa shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo'ladi. Shunday qilib, shaxs sotsializatsiya jarayonida turli ustanovkalarini ro'yobga chiqarish sharoitida faollik ko'rsatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy-psixologik sifatlarida ko'ramiz. Ya'ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o'zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy-psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo'ladigan hamda muloqotda ko'rinadigan sifatlar guruhiga bo'linadi. Masalan, tashqi muhit bilan faol munosabat perseptiv himoya sifatlari, ya'ni o'ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo'lgan ijtimoiy ta'sirlardan himoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba'zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A. Labunskaya) deb atasalar, boshqalari ''ijtimoiy ta'sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A. Bodalev), "kuzatuvchanlik","ziyraklik" (Yu. Jukov) va hokazo deb atashgan. Boshqa sifatlar ''muloqotda namoyon bo'luvchi sifatlar"dir. Ular turli ijtimoiy kutishlar sistemasi bilan bog'liq bo'lib, shaxsning turli sharoitlarda to'g'ri muloqotga kirishish imkoniyatinp beradi. Bundan tashqari, har bir shaxsda o'ziga xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati borki, ular muloqot jarayonida kamrok xatolarga yo‘l qo'yishini ta'minlaydi. Masalan, bosiqlik, mulohazalilik o'zgalarning ichki dunyosini gaplari, hatti-harakatlariga qarab bilish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandnr. Shu fazilatlarni qanchalik namoyon eta olishiga qarab shaxs tiplari farqlanadi. Ekstrovert va introvert toifali shaxslar Bu tiplar muloqotga kirisha olish qobiliyatiga ko'ra farqlanadi. Masalan, ekstrovert — o‘ta muloqotga kirishuvchan, o'zini odamlar guruhisiz tasavvur qila olmaydigan shaxsdir. Uning uchun muloqot haqiqiy ehtiyojidir, boshqalarning uni tushunish-tushunmasliklaridan qati nazar, u doimo o‘z fikr-istaklarini o'rtoqlashgisi keladi. Ekstrovert uchun konkret kim bilandir muloqotda bo'lish emas, umuman kim bilan bo'lsa ham muloqotda bo'lish xohishi muhim. Shuning uchun ham u umuman begona odam bilan gaplashib, kirishib keta oladi. Gaplashgisi kelmagan begonaning psixologiyasini tushunishi qiyin ("Qanday qilib gaplashishni xohlamaslik mumkin?", — deb uylaydi u). Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o'zgarib turadi, do'stlari, o'rtoqlarini ham almashtirib turishga intiladi. Bundan tashqari, u o‘ta kirishuvchan bo'lganligi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatdan chiqish usullari to'g'risida tez xulosaga keladi, o‘ta qiziquvchan, dunyoda bo'layotgan hodisalar, "mish-mishlar"ni bilish uning uchun zarur. Ekstrovert kek saqlamaydi, bugun urushgan odami bilan ertaga hech narsa bo'lmaganday apoq- chapoq bo'lib ketishi mumkin.