373
- Statistika organlari korxonalarning asosiy faoliyat turini belgilashda ular
tomonidan topshiriladigan statistik hisobot manbalariga tayanadilar. Bunda ham
asosiy faoliyat turi statistika organi tomonidan korxona ishtirokisiz,
mustaqil,
sotishdan olingan sof tushum hajmiga qarab belgilanadi.
Ba‘zi hollarda bir yilda bir marta, boshqalarida esa uni har chorakda belgilash
talab etiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida asosiy va birgalikdagi faoliyat
turlariga quyidagicha ta‘rif beriladi:
Asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‗yicha
umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan
faoliyatdir.
Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot — birgalikdagi faoliyat natijasi
bo‗lgan tovar (ish va xizmat)lardir.
41
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tahlilida joriy davrda mahsulot (ish va
xizmat)larni sotishdan sof tushumning hajmi, sotilgan mahsulot (ish va
xizmat)larni
ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, operatsion daromadlar va
xarajatlarning tahlili amaldagi ―Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va
sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to‗g‗risida‖gi nizom talablari bo‗yicha amalga oshiriladi.
Shu sababli yuqoridagi
tarkibdan bir muncha farq qiladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini aniqlashda asosiy va asosiy
bo‗lmagan faoliyat turlarini tarkiblash bir mazmunda qaralmaydi. Asosiy faoliyat
sifatida mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan eng yuqori tushumga ega qator
tarkiblansa, qolgan barcha sotishlar asosiy bo‗lmagan faoliyat sifatida tarkiblanadi.
Lekin ularning barchasi moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda asosiy faoliyat
natijasi (hisobotning 100-satri) sifatida qayd etiladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni
sotishning yalpi foydasi (zarari) (moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotning 030-
41
Солиқ Кодекси, 22-модда
374
satr), davr xarajatlari (040-satr), asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (090-
satr)dan iborat bo‗ladi.
Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, asosiy faoliyat korxona faoliyatining
(ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, ijara va h.k.) xususiyatlaridan kelib
chiqqan
holda faoliyatlar, soliqqa tortish, imtiyoz va periferensiyalardan kelib
chiqib belgilanishi mumkin.
Tushumni tan olishda realizatsiya qilishning mazmunini ham aniq tushunib
olish lozim.
Realizatsiya qilish deganda — sotish, ayirboshlash, beg‗araz
berish
maqsadida tovarlarni jo‗natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar
ko‗rsatish, shuningdek, garovga qo‗yilgan tovarlarga bo‗lgan mulk huquqini
garovga qo‗yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish nazarda tutiladi.
Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‗rsatilganligi
to‗g‗risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‗natilganligini (topshirilganligini),
ishlar
bajarilganligini, xizmatlar ko‗rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va
boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi
42
.
11.8-jadval
Dostları ilə paylaş: