II BOB A.TEMUR TUZUKLARIDAGI O`GITLARDAN MA`NAVIY
AXLOQIY
TARBIYA
JARAYONIDA
FOYDALANISH
.
2.l.
AMIR
TEMURNING
PANT-NASIXATLARIDAGI
MA`NAVIYAXLOQIY
TARBIYANING
MAZMUNI.
Amir Temurning otasi Tarag`ay o’ziga to’q, badavlat kishi edi.
Temurning onasi Tegina Begim Buxorolik taniqli olim Ubaydulloxning g`izi
bo’lgan. Temur shaxsi masalasi uzoq yillar davomida man qilinganligi
natijasida nafaqat Temur tarixi, balki butun O’rta Osiyoning XIV-XV
asrlaridagi tarixi, madaniyati, maorifi masalalari deyarli o’rganilmay qoldi.
«Amir Temur nomi tariximiz soxifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirilib,
unitishga maxkum etildi. Maqsad, xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy
g`urur tuyg`usini uyg`otish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin
O’zbek xalki o’z ajdodlarini, o’z baxodirlarini unutmadi, xamisha yuragida
qalb to’rida saqladi».
Mashxur muxarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’rag`on,
Soxibg`iron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlar g`o’shib, uni ezozlab,
ulug`lab rivoyat va xotiralar bitganlar. («Ko’ragon» so’zi-xon kuyovi manosini
bildiradi, «Soxibg`iron», «YUlduz burjlarining baxtli kelishi (g`iron)da tug`ilgan
farzand» demakdir. kutbiddin - zamona peshvosi, yo’l ko’rsatuvchi avliyo,
«Abulmansur» unvoni esa - zafarmand, g`alaba qozonuvchi degan lug`aviy
manolarni bildiradi).
Temur bilim olishni yetti yoshdan boshlaydi. U bolalik va o’smirlik
yillari xakqida shunday deydi, «Men 9 yoshga to’lganimda namoz o’qiy
boshladim va madrasadagi barcha o’quvchilardan ustun bo’lib oldim. l3
yoshimda bolalar bilan o’ynashga orlandim va vaktimni o’z tenglarim xamda
o’spirinlar bilan o’tkazardim», deydi. U yana «Yetti yoshimdan yetmish
yoshimgacha va umr bo’yi men kambag`allarga exson qilar edim. Bir marta
kiygan kiyimimni ikkinchi qayta kiymas edim va uni yo’qsillarga xadiya
qilardim. Men g`udratga erishganimda bolalikdagi yoru do’stlarimning
xammasini katta mansablarga ko’tardim. Xar kuni qo’y so’yib va xar bir quy
tanasini ettiga bo’lib kambag`allarga ulashdim. Payg`ambar avlodlariga,
olimlar va keksalarga nisbatan buyuk xurmat xamda extirom bilan
munosabatda bo’ldim, ularga nafag`a tayinladim, bu mamlakatning badavlat
kishilari og`a-inimdek, yetim-yesir va kambag`allar esa bolalarimdek bo’lib
qoldi. Xammaga yaxshilik qildim. Xar bir shaxarda masjidlar, madrasalar
qurishni daryolar ustiga ko’priklar qurishga buyurdim. Musulmonlarga diniy
masalalardan talim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: Tafsir xadis,
fikxdan dars bersinlar deb, xar bir shaxarga olimlar va mudarrislar tayin
- 24 -
qildim». Bundan ko’rinadiki, Amir Temur odob-axloq, iymon etiqod, talim tarbiya
saxasida
mukammal
bilimga
ega
bo’lgan
buyuk
siymolardandir.
Soxibqiron Amir Temurning ibratli, xayotiy pand nasixatlarining
kuchliligi, teranligi, tasiri, umuminsoniy qadriyatlari asosiga qurilganligi bilan
aloxida axamiyat kasb etadi, Bu o’gitlar xalqlarning bir maqsad sari
birlashtirgan, jipslashtirgan, sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan durdona
pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Soxibqironning davlatni boshg`arish va uni
idora qilish, g`olibona xarbiy yurishlar qilish, mamlakatda osoyishtalik
o’rnatish, fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o’rtasida do’stlik, mexrshavqat,
odamiylik
va
axloq
-odobni
tarbiyalash
kabi
muammolarni
xal
qilishga
bag`ishlangandir.
Amir Temur zamonasida o’gil bolalar uchun diniy bilim beradigan
maktablar ko’p bo’lib, masjidlarda va xususiy uylarda o’qimishli kishilar,
domlaimomlar
tomonidan
ochilgan.
Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilgan «Xaftiyak» kitobi
o’qitilgan. «Xaftiyak»da ko’proq diniy marasimlarda o’qiladigan so’zlar
berilgan. Uni o’rganishga 2-3 yil vaqt ketgan. «Xaftiyak»dan so’ng «CHor
kitob», So’fiy Ollayorning xikmatlari o’qitilgan. Maktab muayyan uquv
dasturiga ega bo’lmagan. O’quvchilar yakka tartibda o’qitilgan. Maktabga
qabul
qilishning
aniq
vaqti
xam
bo’lmagan.
Temur va temuriylar davrida Movaraunnaxrda ibtidoiy diniy maktablardan
tashqari, shaxzodalar, xonzodalar, bekzodalar va yirik amaldorlarning 26
bolalari uchun saroylar va xonadonlarda aloxida savod maktablari xam tashkil
etilgan. Bunday maktablar podsho xonadoni uchun maxsus qissaxon deyilar
edi.
SHaxzodalar va malikalar Temurning boy kutubxonasida mutalla
qilishgan.
U kutubxonalarda barcha fanlarga oid kitoblar bo’lgan.
Amir Temur davrida madrasalar oliy o’quv yurti vazifasini o’tagan.
Ular diniy va keyinchalik dunyoviy bilimlar o’chog`i bo’lgan. Ko’plab
madrasalar qurilgan.
Tarixchi SHarofiddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma» asarida yozilishicha
Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat
fukarosining g`amxo’ri bo’lganligidir. Uning qoidasi «Rosti-durusti» edi.
Amir Temur o’qit nasixatlarida axloqqa oid gaplar juda ko’pdir.
l. Adolat va adolatsizlik xaqida: «Xar mamlakatda adolat eshigini
ochdim, zulmu-sitam yo’lini to’sdim. qaysi mamlakatni zabt etgan yoki
qo’shib olgan bo’lsam, o’sha erni obro’-etiborini, kishilarini aziz tutdim,
sayidlari, ulomalari, fuqaro va mashoyixiga tazim bajo keltirdim va
- 25 -
xurmatladim, ularga vazifalar berib, maoshlarini belgiladim. O’sha
viloyatlarning ulug`lari og`a-inilarimdek, ayollari va bolalarini bo’lsa o’z
farzandlarimdek ko’rdim», -deydi.
SHuningdek
u
ish
va
so’z
birligini
xush
ko’rar
edi.
Amir Temur do’stga sodiq edi. U Imom Baroka vafot etganda yig`lab ko’z
yoshi to’kkan. «SHiddatli kishilarni do’st tut, chunki tangri taolo jasur kishilarni
ardog`laydi», deb yana do’st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudak
bo’lsa, do’stlarga shunday munosabatda bo’ldimki do’stligi yanada ortdi,
dushmanlarga shunday muomilada bo’ldimki ularning dushmanligi do’stlikka
aylandi.
Amir
Temurning o’zi To’xtamishxon uning panoxiga sig`inib
kelganda unga yaxshilik va muruvvat ko’rsatgan. Amir Temur «Xech kimga
qazab bilan qattiq muomala qilmadim», deb yozadi o’z «Tuzuklari»da. U 27
shirin aytib g`animni imonga kiritgan. «Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga
kiritgar», deb ta`kidlardi Soxibqiron.
SHunday qilib XIV asrning ikkinchi yarmida XVII asrgacha bo’lgan davr
Movorounnaxrda
iqtisodiy,
ijtimoiy,
madaniy
yuksalish
davri
bo’ldi.
Markazlashgan davlatning asoschisi Amir Temur o’z imperiyasini tuzib, uning
iqtisodiy va madaniy qudratini yuksaklikka ko’tardi. Uni Ovro’pa
«Amir Temur nomi tariximiz soxifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirilib,
unitishga maxkum etildi. Maqsad, xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy
g`urur tuyg`usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin
O’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z baxodirlarini unutmadi, xamisha yuragida
qalb to’rida saqladi».
Mashxur muxarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’rag`on,
Soxibqiron, qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlar qo’shib, uni ezozlab,
ulug`lab rivoyat va xotiralar bitganlar. («Ko’ragon» so’zi-xon kuyovi manosini
bildiradi, «Soxibqiron», «Yulduz burjlarining baxtli kelishi (g`iron)da tug`ilgan
farzand» demakdir. qutbiddin - zamona peshvosi, yo’l ko’rsatuvchi avliyo,
«Abulmansur» unvoni esa - zafarmand, g`alaba qozonuvchi degan lug`oviy
manolarni bildiradi).
Temur bilim olishni etti yoshdan boshlaydi. U bolalik va o’smirlik
yillari xaqida shunday deydi, «Men 9 yoshga to’lganimda namoz o’qiy
boshladim va madrasadagi barcha o’quvchilardan ustun bo’lib oldim. l3
yoshimda bolalar bilan o’ynashga orlandim va vaqtimni o’z tenglarim xamda
o’spirinlar bilan o’tkazardim», deydi. U yana Yetti yoshimdan etmish
yoshimgacha va umr bo’yi men kambag`allarga exson qilar edim. Bir marta
- 26 -
kiygan kiyimimni ikkinchi qayta kiymas edim va uni yo’qsillarga xadiya
qilardim. Men qudratga erishganimda bolalikdagi yoru do’stlarimning
xammasini katta mansablarga ko’tardim. Xar kuni qo’y so’yib va xar bir quy
tanasini ettiga bo’lib kambag`allarga ulashdim. Payg`ambar avlodlariga,
olimlar va keksalarga nisbatan buyuk xurmat xamda extirom bilan
munosabatda bo’ldim, ularga nafaqa tayinladim, bu mamlakatning badavlat
kishilari og`a-inimdek, yetim-yesir va kambag`allar esa bolalarimdek bo’lib
qoldi. Xammaga yaxshilik qildim. Xar bir shaharda masjidlar, madrasalar
qurishni daryolar ustiga ko’priklar qurishga buyurdim. Musulmonlarga diniy
masalalardan talim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: Tafsir xadis,
fikxdan dars bersinlar deb, xar bir shaxarga olimlar va mudarrislar tayin
qildim». Bundan ko’rinadiki, Amir Temur odo-axloq, iymon etiqod, talimtarbiya
saxasida
mukammal
bilimga
ega
bo’lgan
buyuk
siymolardandir.
U o’zi yozgan va Temur xaqida yozilgan «Tuzuki Temuriy» (Temur
tuzuklari), «Malfizoti Temuriy» («Temuriyning aytganlari») va «Voqioti
Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») kabi asarlarda talim-tarbiya
xaqida fikr yuritadi.
SHunday qilib, soxibqiron Amir Temurning ibratli, xayotiy pand
nasixatlarining kuchliligi, teranligi, tasiri, umuminsoniy qadriyatlari asosiga
qurilganligi bilan aloxida axamiyat kasb etadi, Bu o’ gitlar xalqlarning bir
maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan
durdona - pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Soxibqironning davlatni
boshqarish va uni idora qilish, g`olibona xarbiy yurishlar qilish, mamlakatda
osoyishtalik o’rnatish, fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o’rtasida
do’stlik, mexr-shavqat, odamiylik va axloq-odobni tarbiyalash kabi
muammolarni xal qilishga bag`ishlangandir.
Amir Temur zamonasida o’g`il bolalar uchun diniy bilim beradigan
maktablar ko’p bo’lib, masjidlarda va xususiy uylarda o’qimishli kishilar,
domlaimomlar tomonidan ochilgan.
Amir Temur va uning davri tarixiga oid asosiy manbalar sharhidan so‘ng
ilmiy adabiyotga murojaat etmoq kerak. Bu mavzudagi ilmiy adabiyot yil sayin
ko‘payib, jahon tarix adabiyotining muhim bir tarmog‘ini hosil qildi.
SHunday bo‘lishi tabiiy edi, chunki Amir Temur hayotlik davrida nechog‘liq
mashxur bo‘lgan bo‘lsa, vafotidan keyin SHarqda ham, G‘arbda ham yanada
shuxrat qozondi. Uning buyuk, betakror va yorqin shaxsi, qudratli irodasi va keng
qamrovli, tobora ilgarilab boruvchi harakatlari o‘z dovrug‘i ta’sirini tobora
- 27 -
kuchaytirib, bir qator mamlakatlar va davlatlardagi million-million xalq
ommasining ongi va shuuriga o‘rnashib qoldi.
Amir Temurning davlat arbobi, tashkilotchi va bunyodkor, siyosatchi va
diplomat sifatidagi ko‘p qirrali tarjimai holini uning ichki va tashqi siyosati
doirasiga kirgan xalqlar taqdiri bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganishga
dunyo olimlarining qiziqishi ortib borayotganligi boisi ham mana shunda.
Jumladan, mashhur ingliz tarixchisi, qudratli Rim saltanatining tanazzulga
uchrab, barbod bo‘lishiga bag‘ishlangan salmoqli asar muallifi Edvard Gibbon
(l737 — l794) G‘arbiy Evropa va SHarqning o‘rta asr tarixini tasvirlaganda Amir
Temur shaxsiga ham e’tibor berdi. «...Amir Temur dunyoni zabt etib, unga
hukmron bo‘lish maqsadini ko‘zlagan edi...
Avlodlar xotirasida hurmat qozonish uning olijanob qalbining ikkinchi istagi
edi... Uning vasiyatlari (chamasi, «Temur tuzuklari» nazarda tutilayotgan bo‘lsa
kerak) Evropaga notanishligicha qoldi». Gibbon «Temurning oddiy bekdan Osiyo
hukmdorigacha
ko‘tarilishi»ga
lol
qolgan
edi.
Heydelberg tarixchilar maktabining namoyandasi bo‘lmish, Fridrix
SHlosserning (l776—l86l) salmoqli «YAlpi tarix»ida ham Amir Temur nomi
uchraydi. SHlosserning xalqchillik va ma’naviy ma’rifatparvarlik ruhidagi asari
dunyodagi ko‘pgina ilg‘or jamoat arboblarining e’tiborini o‘ziga tortdi.
SHlosserning so‘zlariga qaraganda, Amir Temur — «omadli jangchi,
dunyoning yangi hukmdori, taktik va strategik bilimlarni uyg‘unlashtirgan zot».
Ayni vaqtda SHlosser Amir Temur qiyofasini tasvirlashdagi dabdabozlikni rad
etdi va saroy solnomachilari xushomadgo‘yligini kayd qildi. SHu bilan birga
SHlosser Amir Temurning safarlardan Buxoro va Samarqandga kaytib kelganida
«o‘zining yangi davlatiga tuzuk va qonunlar hadya etganini» ta’kidladil.
Mashhur «Umumiy tarix» muallifi Georg Veber ta’kidlashicha, «buyuk
sarkarda, hukmdor va qonunshunos iste’dodiga ega bo‘lgan Amir Temur turli
bilimlarga
qiziqqan,
olimlar
va
san’atkorlarga
homiylik
qilgan».
SHu nuqtai nazardan Veber: Amir Temur «inson sifatida ham, hukmdor
sifatida ham Boyazid (Usmoniylar saltanatining sultoni)dan yuqori turar edi»,
degan xulosaga keldi. Boyazid faqat tillolar haqida o‘ylab va davlatni idora qilish
ishini mensimay, uni och- ko‘z, maishatparast va shuhratparast qozilar qo‘liga
berib qo‘ygan edi, deya xulosa chiqardi.
Xoja Tojiddin as-Salmoniy Amir Temurning so‘nggi kunlari va SHohruh
tarixini yozishni mo‘ljallagan edi. Lekin muddaosiga etolmadi. Faqat 5-6 yillik
tarixini yozib ulgurdi, xolos. Xullas, «Tarixnoma»da l404 yilning kuzida
Konigilda bo‘lgan tantana va to‘yu tomoshalar, Amir Temurning Xitoyga
- 28 -
yurishining boshlanishi, uning vafoti, Xalil Sultonning markaziy hokimiyatni tortib
olishi (l405 yil mart oyining o‘rtalarida) va l409 yil mart oyi oxirlarida uning
Xudoydod boshliq bir guruh amirlar tarafidan asir olinishi tarixidan so‘z yuritiladi.
«Tarixnoma»ning uchta nusxasi bizning davrimizgacha etib kelgan. Ulardan
biri qusurli va Angliyaning Britaniya muzeyida, qolgan ikkitasi Turkiyada
Sulaymon Fotih va Lola Ismoil afandi kutubxonasida saqlanmoqda. So‘nggi nusxa
to‘laroq bo‘lib, foydalanishga qulay. Asarni nemis tiliga Gans Robert Remer va rus
tiliga 3.M. Buniyotov tarjima qilgan
l
.
Amir Temur tarixi eronlik tarixchi olim Mo‘‘iniddin Natanziyning
sharqshunoslar orasida «Muntaxab ut-tavorixi Mo‘‘iniy» («Mo‘‘iniyning saylanma
tarixi») nomi bilan mashhur bo‘lgan asarida ham qisqa tarzda bayon etilgan. Asar
l4l3
yili
SHerozda
Temuriy
Iskandar
Mirzo
saroyida
yozilgan.
«Muntaxab ut-tavorixi Mo‘‘iniy»ning ikkita tahriri mavjud: biri yuqorida
nomi zikr etilgan Iskandar Mirzoga bag‘ishlangan, ikkinchisi SHohruhga takdim
etilgan nusxa, Iskandar Mirzo SHohruh tomonidan tor-mor qilinganidan keyin
(l4l4 yil 20 iyul) tahrirdan chiqarilgan. Unda Iskandar Mirzo haqidagi hikoyatlar
birmuncha qisqartirilgan, uning sha’niga aytilgan hamdu sanolar olib tashlangan.
Asarda eng qadimgi davrlardan to Amir Temur vafotigacha (l405 yil l8
fevral) bir qator o‘lkalarda yuz bergan muhim tarixiy voqealar qisqacha bayon
qilingan. Ko‘p hollarda muallif har bir sulola tarixiga alohida bob bag‘ishlagan.
Asarning so‘nggi qismlari Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga
ega. Asarda Amir Temur yashagan va hukmronlik qilgan davrda yuz bergan tarixiy
voqealar birmuncha mufassal bayon qilingan. Ushbu davr tarixini muallif asosan
o‘zi
to‘plagan
materiallar
asosida
yozgan.
«Muntaxab ut-tavorix»ning manba sifatidagi qimmatli jihatlaridan yana biri
shuki, Amir Temurning harbiy dahosi va lashkarining jangovarligi haqida boshqa
manbalarda uchramaydigan ba’zi muhim ma’lumotlar bayon qilingan. Natanziy
keltirgan turkiy tildagi o‘sha davrga oid bir qancha harbiy atamalar hatto
Nizomiddin SHomiy va SHarafuddin Ali YAzdiy «Zafarnoma»larida ham
uchramaydi. Bu hol Natanziy asarining originalligi, muharrir o‘z davriga oid
harbiy
atamalarni
sinchiklab
o‘rganganini
tasdiqlaydi.
- 29 -
Dostları ilə paylaş: |