Transport logistikasi



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Transport logistikasi

2.3. Logistik tizim turlari 
Logistik tizim – u yoki bu logistika vazifasi va operatsiyalarni 
bajaruvchi teskari aloqaga moslashtirilgan tizimdir. U qoidaga koʻra, bir 
necha tizimlardan iborat va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqaga ega. 


25 
Nazariyadan ma‘lumki, har qanday tizim ikki yoki undan ortiq 
elementlardan tashkil topadi.
Logistik tizimning tuzilishida quyidagi omillar hisobga olinadi: 
- korxonalarning soni;
- omborlar soni;
- transport modellari;
- aloqa;
- axborot tizimi.
Logistik tizimlar quyidagi belgilariga ko`ra farqlanadi:
Koʻlami boʻyicha:
- mikroiqtisodiyot tizimlari (sanoat korxonasi doirasida);
- makroiqtisodiy tizimlar (mamlakat, hudud yoki mamlakatlar 
guruhi koʻlamida);
- mezologistik tizimlar – alohida turdagi mahsulotlar yoki 
mahsulotlar guruhlarining ta‘minoti, ishlab chiqarish va sotish alohida 
tizimlarning majmuasi.
Tayyorlash va qoʻllash doirasi boʻyicha:
- logistik tizimlar va jarayonlarni tahlil qilish, rejalashtirish, 
loyihalashtirish va konstruktiv rasmiylashtirish bo`yicha vazifalarni 
tayyorlash;
- logistik jarayonlarni boshqarish, nazorat qilish va o`tkazish bo`yicha 
vazifalarni amalga oshirish;
- logistik quvvatlar va tizimlar unumdorligining hisob-kitoblari 
boʻyicha vazifalar.
 
Xizmatning belgilanishi boʻyicha:
- transport logistikasi (tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, 
omborga joylashtirish, taqsimlash);
- ishlab chiqarish logistikasi;
- savdo sohasidagi logistika;
- xizmat koʻrsatish sohasidagi logistika.
Jarayonga bogʻliq moddiy oqimlarning izchilligi boʻyicha;
- ta‘minotda logistika;
- ishlab chiqarishda logistika;


26 
- ombor logistikasi;
- transport logistikasi;
- idishlarga joylashtitrish jarayonidagi logistika;
- mahsulotlarni sotish sohasidagi logistika;
- ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash logistikasi;
- ishlab chiqarish chiqindilarini yigʻish va qayta ishlash sohasidagi 
logistika.
Logistikadan foydalanadigan sohalar boʻyicha:
- tadbirkorlik faoliyati;
- tibbiyot;
- harbiy ish;
- qurilish. 
Ta‘minot (xarid qilish) logistikasi tadbirkorlik logistikasining 
boʻlimi boʻlib, u quyidagi masalalarni qamrab oladi:
- bozorda kerakli xomashyo, materiallar, qismlar va hokazolarni xarid 
qilish;
- qabul qilingan yuklarni rasmiylashtirish, ularni nazorat qilish va 
hisobga olish;
- korxonaga kelgan yuklarni tashish va omborga joylashtirish.
Taqsimlash va sotish logistikasi tadbirkorlik logistikasining yakuniy 
qismi hisoblanadi va buyurtmachi bilan ishlab chiqaruvchilarning 
aloqasini ta‘minlaydi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- buyurtmalarning bajarilishini tashkil etish;
- omborga joylashtirish va tashish.
Logistik tizim quyidagi xususiyatlarga ega:
- bir butunlik va alohidalik;
- aloqalar;
- tashkil qilish;
- integrativ sifatlar;
Barcha transport majmuasi masshtabida yuk oqimlarini yagona 
markazlashgan logistik tizim asosida boshqarishni tashkil etish inter va 
multimodal tashish turlarini yanada samarali amalga oshirishga hamda 
yagona optimallashgan transport konveyerini yaratishga imkon beradi.


27 
Logistik tizim asosida ekspeditorlik, saqlash va boshqa yordamchi 
operatsiyalar markazlashadi, yuqori malakali transport, operatorlik va 
boshqa kompaniyalar vujudga keladi va mamlakat transport majmuasi 
infrastrukturasining ratsional rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi.
Transportni hududiy boshqarish – logistik tizimi konsepsiyasi va 
texnologiyasi ishlab chiqilsa, ushbularni amalga oshirish mumkin:
- yuk oqimlarini boshqarish;
- temir yoʻlda yuk tashuvchilar va boshqa transport turlarining texnik 
imkoniyatlarini bogʻlash;
- yuklarni bir transport turidan ikkinchi transport turiga qayta ortish va 
vagonlarni turib qolish vaqtini tejash va yuklarni ortish-tushirish 
vaqtini tejash va samarali ta‘minlash;
- multimodal tashishlarda barcha transport turlari qatnashchilarining 
manfaatlari koʻzlanadi;
- hududiy muammolar e‘tiborga olinadi. 
Yuqoridagi masalalarning hal qilinishida logistik markaz yuklangan 
vagonlarning kelishini boshqa transport turlari kelishi vaqtiga 
muvofiqlashtiradi.
Taklif etilgan logistik markaz konsepsiyalari yaqin vaqtda ortilgan 
vagonlar oqimini o`tkazish bilan bog`liq muammolarni bartaraf etishga 
imkon beradi. Boshqa transport turlarida qayta ishlov berish imkonini va 
xalqaro transport yo`lkalarining raqobatbardoshligini oshiradi.
Transport logistik tizimi (TLT) samarali xizmat koʻrsatishi uchun 
logistik-axborot tizimi quyidagi 
mezonlarga
javob berishi lozim:

oddiylik – logistik axborotlarga yengil va oddiy yondoshish;

aniqlik – transport terminallarida joriy operatsiyalarni, 
buyurtmalarni 
bajarishdagi 
jarayonning 
oʻzgarishi 
yuk 
konsolidatsiyasi haqidagi axborotlarni aniq aks ettirish;

egiluvchanlik – transport-logistik zanjirdan foydalanuvchilar va 
mijozlarning ma‘lumotlarga talabini boshqara olish qobiliyati; 

hisobot ma‘lumotlarini samarali rasmiylashtirish – ma‘lumotlar 
kompyuter monitorlari va hisobotda qulay shaklda boʻlishi 
lozim.


28 
Logistik tizimlar 
makro, mikro, mezologistik
tizimlarga boʻlinadi.
Makrologistik tizim
– mamlakatdagi savdo, transport, sanoat, 
vositaviy korxonalarni qamrab oluvchi materiallar oqimini boshqaruvchi 
yirik tizimdir. 
Makrologistik tizim biror bir mamlakatning aniq iqtisodiy 
infrastrukturasini oʻzida aks ettiradi.
Makrologistik tizim quyidagi koʻrsatkichlarga qarab tavsiflanadi:
- mamlakatning ma‘muriy-hududiy boʻlinish belgisiga koʻra;
- tuman, tumanlararo, shahar, viloyat va viloyatlararo;
- mintaqaviy, mintaqalararo, respublika va respublikalararo;
- funksional – obyekt belgisiga koʻra;
- korxona, soha, korxonalararo, sohalararo, harbiy, institutsional va 
h.k.
Mikrologistik tizim makrologistik tizimning tarkibiy qismlari, 
tizimchalari hisoblanadi. Unga har xil ishlab chiqarish, savdo 
korxonalari, hududiy ishlab chiqarish majmualari kiradi.
Mikrologistik tizim ichki (ishlab chiqarish ichidagi), tashqi va 
integratsiyalashgan turlarga boʻlinadi.
Ishlab chiqarish ichidagi logistik tizimlar mahsulot ishlab 
chiqarishning texnologik sikli doirasida materiallar oqimini boshqarishni 
optimallashtiradi. Ishlab chiqarish ichidagi 
logistik tizimning asosiy 
vazifasi
– yakunlanmagan ishlab chiqarish va material resurslar 
zahiralarini kamaytirish, firmaning kapital aylanishini tezlashtirish, uzoq 
muddatli ishlab chiqarish davrini kamaytirish, material resurslar zahira 
darajasini nazorat qilish va boshqarish, texnologik (sanoat) transport 
ishini optimallashtirish. Ishlab chiqarish ichidagi logistik tizim ishini 
optimallash mezoni mahsulot tannarxini va tayyor mahsulot sifatini 
berilgan darajada ta‘minlash, uzoq muddatli davrni minimallash 
hisoblanadi.
Mezologistik tizimlar
. Odatda davlatning xoʻjalik faoliyati 
makroekonomika deb yuritiladi. Bu tushuncha mustahkam iqtisodiy 
aloqalar bilan bogʻlangan mamlakatlarning xoʻjalik faoliyatini tavsiflash 
uchun ishlatiladi. Oxirgi yillarda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda va 
butun jahon amaliyotida yagona logistik tizimga bogʻlangan 


29 
korxonalarning katta guruhlaridan konglomeratlar tuzish jarayoni 
kuzatilmoqda. Konglomeratlar moliya–sanoat guruhlar korporatsiyasi 
hisoblanadi, bunda kapitallar birlashishi nazarda tutiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan korporatsiyalar (bir mamlakatda) va transmilliy, 
ya‘ni bir nechta mamlakatlar xoʻjalik faoliyatini birlashtiruvchi boʻlishi 
mumkin. Har xil darajadagi shunday konglomeratlar tashkil boʻlish 
jarayoni korporativlash nomini oldi. Moliyaviy kapital sohasida ham 
yirik xalqaro banklar birlashuvini yaratish, korporativlash jarayoni 
kuzatilmoqda.
Bunday xoʻjalik faoliyati iqtisodiyotning oʻrta boʻgʻini – 
mezoiqtisodiyot sohasining yaratilishiga olib keladi. 

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin