Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi
2) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)ga hissa yoki pay badali sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherik (ishtirokchi) hissasi sifatida berish. Aktsiz to‘lanadigan tovarlarni boshqa tashkilotning ustav kapitaliga hissa sifatida
berishda soliq solinadigan baza tegishli tashkilot muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida
muvofiqlashtirilgan hissa qiymati bo‘yicha belgilanadi.
MISOL. Zargarlik zavodi 20 martda o‘z mahsulotlarining bir qismini vositachilik
shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilish uchun berdi. Vositachi (komissioner) komitent
mahsulotining bir qismini 15 mayga kelibgina realizatsiya qildi (aprelda realizatsiya
qilinmagan).
Aktsiz solig‘i solish maqsadida realizatsiya qilingan sana deb 15 may e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchida soliq solinadigan bazani tuzatish quyidagi holatlarda amalga
oshiriladi:
- tovar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
- shartnoma shartlari o‘zgartirilganda;
- qiymatlar o‘zgartirilganda, xaridor chegirmadan foydalanganda.
Soliq solinadigan bazani tuzatish bir yil muddat doirasida amalga oshiriladi.
Misol. Ishlab chiqaruvchi korxona 100% oldindan to‘lov shartlarida 18 576 ming
so‘mga avtomobilni realizatsiya qildi, shu jumladan aktsiz solig‘i - 3 480 ming so‘m,
QQS - 3 096 ming so‘mni tashkil qildi. Avtomobilning zavodda belgilangan qiymati - 12
000 ming so‘m.
Avtomobildan
foydalanish
vaqtida
uning
texnik
nosozliklari
aniqlandi.
Ixtisoslashtirilgan avtoservis tomonidan berilgan ekspertiza xulosalari bo‘yicha
avtomobilni ta’mirlab bo‘lmaydi. Xaridor, shartnomaning bunday holatlarda avtomobilni
qaytarish mumkinligi to‘g‘risidagi bandiga tayanib, uni xarid qilingandan so‘ng 20
kundan keyin qaytardi.
Avtomobil xaridor tomonidan qaytarilganda korxona foyda solig‘i (SK, 131-modda), QQS (205-modda) va aktsiz solig‘i (233-modda) bo‘yicha soliq solinadigan baza
tuzatilishi lozim.
Avtomobilning qaytarilishi va bilvosita soliqlarni tuzatish hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: