76
Byudjetga to‘lanadigan aktsiz solig‘i summasi
chegirma (hisob) summasiga
kamaytiriladi. Aktsiz to‘lanadigan tovarlarni xarid qilishda yoki ularni bojxona hududiga
import
qilishda, mazkur tovarlardan keyinchalik aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab
chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi
hududida to‘langan aktsiz solig‘i summasi chegirib qolinadi (soliq
hisoboti formalarida
«Aktsiz solig‘i bo‘yicha hisobga qabul qilish» atamasi qo‘llaniladi).
Aktsizli tovar (xom ashyo)ni etkazib beruvchilar hisobvaraq-fakturada mazkur tovar
(xom ashyo) bo‘yicha aktsiz solig‘i summasini ajratib ko‘rsatishlari lozim. Xarid
qilinadigan aktsizli tovar (xom ashyo) bo‘yicha aktsiz solig‘i summasi hisobvaraq-
fakturada ajratib ko‘rsatilmagan taqdirda, u chegirib qolinmaydi.
Chegirma hisobvaraq-fakturada yoki BYuDda ko‘rsatilgan,
soliq davrida
realizatsiya qilingan aktsiz to‘lanadigan tovarlarning hajmiga to‘g‘ri keladigan aktsizli
tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda belgilangan aktsiz solig‘i summasiga
nisbatan amalga oshiriladi.
MISOL. Korxona - aktsiz to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqaruvchi hisobot
davrida 3 120 ming so‘mga xom ashyo xarid qildi, shu jumladan aktsiz solig‘i - 600 ming
so‘m, QQS - 520 ming so‘mni tashkil qildi. Butun xom ashyodan aktsiz to‘lanadigan
mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanildi. Soliq davrida 2 880 ming so‘mga
tayyor
mahsulot turkumi realizatsiya qilindi, shu jumladan aktsiz solig‘i - 400 ming so‘m, QQS -
480 ming so‘mni tashkil qildi. Mazkur turkumni ishlab chiqarish uchun xarid qilingan
xom ashyoning 40%idan foydalanildi.
Soliq davrida korxona xarid qilingan xom ashyoning faqat 40%i bo‘yicha, ya’ni
faqat realizatsiya qilingan mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilgan xom ashyo
bo‘yicha aktsiz solig‘i summasini chegirib qolishi mumkin. Aktsiz solig‘i bo‘yicha
chegirma 240 ming so‘mni (600 x 40%) tashkil qiladi. Soliq davrida 160 ming so‘m (400
- 240) byudjetga to‘lanishi lozim.
Daval aktsizli xom ashyo va materiallar egasi tomonidan aktsiz solig‘i to‘langanligi
tasdiqlangan taqdirda, daval aktsizli xom ashyo va materiallardan
tayyorlangan aktsiz
to‘lanadigan tovarlarni berishda ham soliq chegirmasi qo‘llaniladi. Qayta ishlash
korxonalariga nisbatan chegirma buyurtmachining xom ashyo va materiallar etkazib
beruvchiga to‘langan aktsiz solig‘i ajratib ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturasi asosida
qo‘llaniladi (qayd etib o‘tilganidek, aktsizli materiallarning daval asosda qayta ishlashga
berilishi aktsiz solig‘i solinadigan oborotga kiritiladi).
Aktsiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy)
belgilangan aktsiz
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aktsiz to‘lanadigan tovarlarning
naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Aktsiz solig‘i byudjetga oyning aktsiz to‘lanadigan tovar realizatsiya qilingan o‘n
kunligi tugagandan keyin uch kundan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim. Soliq to‘lovchi
aktsiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni soliq organiga har oyda hisobot oyidan keyingi
oyning 20-kunigacha takdim etadi.
Aktsiz to‘lanadigan import tovarlar uchun bojxona haqidagi qonun hujatlariga
asosan belgilangan boj qiymati soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Aktsiz to‘lanadigan
import tovarlar uchun aktsiz solig‘i bojxonada rasmiylashtirilgunga
kadar yoki
rasmiylashtirish paytida to‘lanadi.
Aktsiz solig‘i buxgalteriya hisobida 6413 «Aktsiz solig‘ining byudjetga to‘lovlar
bo‘yicha qarzdorligi» schyotida aks ettiriladi.
Sotilgan mahsulotlarga to‘g‘ri keladigan aktsiz solig‘i summasiga buxgalteriyadv
quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi.
77
Debet 9010 «Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar»
200000 so‘m
Kredit 6413 «Aktsiz solig‘i» 200000 so‘m
Belgilangan
muddatda,
aktsiz
solig‘i
summasini
korxonalar
to‘lov
topshiriqnomasiga asosan byudjetga o‘tkazadilar va bu Buxgalteriya hisobida
ko‘yidagicha aks ettiriladi:
Debet 6413 «Aktsiz solig‘i» 200000 so‘m
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» 200000 so‘m
Korxonalar aktsiz solig‘ining o‘z vaktida o‘tkazmasalar, qonun asosida tegishli
Moliyviy jarima to‘laydilar va mansabdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi.
Sotilgan mahsulot qiymatiga:
Debit 5110-»Hisob-kitob schyoti»
Kredit 9010-»Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad»
Aktsiz solig‘i qiymatiga :
Debet 9010-»Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad»
Kredit 6410-»Byudjet to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik»
Aktsiz solig‘i byudjetga o‘tkazilganda:
Debet 6410-»Byudjet to‘lovlari bo‘yicha qarzdolik»
Kredit 5110-»Hisob-kitob»schyoti
D-t 5110 K-t D-t 6410 K-t D-t 9430 K-t
10000 (2)
10000 10000 (1) 10000
1. Aktsiz solig‘i qiymati.
2. Aktsiz solig‘i byudjetiga o‘tkazildi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: