17
Statistik kuzatishning maqsadi statistik kuzatish oldida turgan vazifalar
asosida shakllanadi.
Statistik kuzatishning to‘g‘ri tashkil qilinishida kuzatish ob’ekti va
birligining ilmiy asosda aniqlanishi muxim rol o‘ynaydi.
Ular kuzatishning
maqsadi va vazifalari asosida aniqlanadi.
Statistik tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati ma’lum miqdorda kuzatish
dasturiga bog‘liqdir.
Statistik
kuzatishning dasturi deb, kuzatish jarayonida javob olinishi lozim
bo‘lgan savollar majmuiga aytiladi.
Kuzatish dasturining mazmuni statistik tadqiqotlar ob’ekti va vazifalari bilan
belgilanadi. Undan tashqari qayd qilinishi lozim bo‘lgan
belgilar ruyxati bilan
tasvirlanadi. Kuzatish dasturiga kiritiladigan belgilar muxim bo‘lishi lozim.
Statistik kuzatish dasturining savollari va unga javoblar statistik
kuzatishning asosiy instrumenti - statistik formulyar (ro‘yxatga
olish varaqasi,
anketa, shakl, va xokazo shu singari) larda aks etiriladi.
Amaliyotda formulyarlarning ro‘yxatli va yakka xoldagi (individual) turlari
qo‘llaniladi.
Ro‘yxatli formulyarlarga bir qancha kuzatish birliklarining natijasi yoziladi,
yakka xoldagi formulyarlarga esa, har qaysi kuzatish birligi alohida to‘ldiriladi.
Statistik formulyarlarga yiriqnoma yozilib,
unda formulyarlarning
to‘ldirilish tartibi atroflicha bayon qilib beriladi.
Statistik kuzatishning rejasida bir qator tashkiliy masalalar ham o‘rin oladi.
Ular jumlasiga kuzatish organi, joyi, usullari kiradi. Statistik kuzatishning tashkiliy
rejasiga ruyxatga oluvchi kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l - yo‘riqlar berish, to‘g‘ri
bajarilishi ustidan nazorat qilish masalalari ham kiradi.Undan tashqari kuzatishning
vaqti, mablag‘lar manbai singari masalalar ham rejalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: