18
Xato tasodifiy hamda muntazam xatoga bo‘linadi. Tasodiy xato tasodifiy
sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Bu qayd qiluvchining
yoki javob beruvchining
tasodifiy adashuvi natijasida yoki hisoblash jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan arifmetik xato asosida yuzaga keladi.
Bunday xatolar ko‘rsatkichlarning ko‘payishiga yoki kamayishiga sabab
bo‘lishi mumkin. Katta miqdordagi kuzatishlarda natijaga ta’sir
qilmasligi
mumkin.
Muntazam xato faqat bir tomonga, ya’ni kursatkichni ko‘paytirish yoki uni
kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatolar o‘lchov
asboblarining
noto‘g‘riligi hisobiga yoki yaxlitlashdagi xatolar hasobiga yuzaga keladi.
Xato ataylab ham qilinishi mumkin, bu noto‘g‘ri ma’lumot bergan shaxslar
aybi bilan sodir bo‘lishi mumkin.
Ataylab qilingan xatoga davlat hisobotlarida uchrashi mumkin bo‘lgan
qo‘shib yozishlarni misol qilish mumkin.
Statistik kuzatishning xatolarini aniqlash va uni bartaraf qilishda tashqi
nazorat, mantiqiy nazorat turlaridan foydalaniladi.
Tashqi nazoratda formulyar blankalardagi savollarga to‘liq javob
berilganligi aniqlaniladi.
Mantiqiy nazoratda kuzatish dasturining alohida
savollariga berilgan
javoblarni mantiqan to‘g‘riligi tekshirib ko‘riladi.
Arifmetik nazorat statistik kuzatish formulyarlarida keltirilgan bir - biriga
bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tekshirishga qaratilgan.
Statistik kuzatish ma’lumotlarini nazorat qilishda, nafaqat yo‘l qo‘yilgan
xatolarni
aniqlash, balki ularning yuzaga kelish sabablarini ham aniqlash
muhimdir.