31−Bob. Maxsus maqsadli va zamonaviy o’zgarmas tok mashinalarining ayrim turlari Maxsus maqsadli O‘T mashinasining unipolyar (qutblari bir nomli) va magnitogidrodinamik turlari ham mavjud bo‘lib, ular tor sohalar uchun mo‘ljallanishini ta’kidlash bilan chegaralanib mazkur bobda maxsus maqsadli o‘zgarmas tok mashinalarining amalda keng qo‘llaniladigan hamda istiqbolli turlariga oid ma’lumotlar keltirilgan.
31.1§. O‘zgarmas tok taxogeneratorlari O‘T taxogeneratorlari konstruksiyasi va ishlash prinsipi bo‘yicha mustaqil elektromagnit qo‘zg‘atishli yoki qo‘zg‘atish maydoni doimiy magnit bilan hosil qilinadigan kam quvvatli kollektorli O‘T mashinalaridir (31.1-rasm). Ular chiqish klemmalaridagi kuchlanish kattaligiga qarab aylanish chastotasini o‘lchash uchun hamda avtomatik nazorat qilish va rostlash sxemalarida valning aylanish chastotasiga mutanosib bo‘lgan elektr signallari olish uchun xizmat qiladi. Qo‘zg‘atish toki o‘zgarmas, ya’ni magnit oqim Ф = const bo‘lganda taxogeneratorning chiqish klemmalaridagi EYuK Echiq aylanish chastotasi n ga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgaradi:
Echiq = СEФ∙n. (31.1)
Bu formula magnit oqimi Ф = const bo‘lgan doimiy magnitlar bilan qo‘zg‘atiladigan taxogeneratorlar uchun ham to‘g‘ri keladi. Uning chiqish kuchla-nishi:
U = Ea− Ia SRa = Ea – U (SRa/Ryu), (31.2)
bu yerda Ryu– yuklama (elektr o‘lchash asbobi)ning qarshiligi.
Birorta mexanizmning aylanish chastotasini o‘lchash uchun taxogeneratorning valini mexanizm vali bilan mexanik ravishda birlashtiriladi. Taxogeneratorning chiqish xarakteristikasi Ф= const va SRa= const bo‘lganda olinadi va ishining aniqlik darajasi mazkur xarakteristikaning to‘g‘ri chiziqli o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi, lekin amalda chiqish xarakteristikasi – Uchiq= ¦(n) yakor reksiyasi va cho‘tkalar kontaktida kuchlanish tushishi tufayli to‘g‘ri chiziqli bo‘lmaydi, undan tashqari cho‘tka kontaktidagi kuchlanish tushishi sababli u koordinata o‘qlari boshidan chiqmay, nmin aylanish chastotadan keyingina Uchiq> 0 bo‘ladi (31.1,b-rasm, 2).
Qarshiligi katta bo‘lgan o‘lchov asboblarini ishlatish bilan chiqish xarakteristikasining o‘zgarishini to‘g‘ri chiziqliga yaqinlashtirib taxogeneratorning aniqlik darajasi oshiriladi. Yakor reaksiyasining ta’sirini kamaytirish maqsadida mashinaning magnit zanjirini to‘yinmagan yoki nihoyatda to‘yingan qilib loyihalanadi.
Zamonaviy O‘T taxogeneratorlari chiqish xarakteristikalarining tikligi C = 3¸100 mV/(ayl/min) bo‘ladi (kam qiymatlar doimiy magnit bilan qo‘zg‘atiladigan taxogeneratorlarga xosdir). Aylanish chastota n = 0 dan nmin gacha oshganda Uchiq= 0 bo‘lgan oraliqni nosezgirlik oraliq deyiladi va chegarasi quyidagicha aniqlanadi (31.1,b-rasm):
nmin = DUchiq/ (CEФ). (31.3)
Asosiy magnit maydoni doimiy magnit bilan hosil qilinadigan o‘zgarmas tok taxogeneratorlari mustaqil O‘T manbasi talab qilinmaganligi, konstruksiyasining oddiyligi va gabaritlarining kichikligi tufayli ular amalda keng qo‘llanilmoqda.