U. T. Berdiev


b) O‘zgarmas tok mashinalarining texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan yangi seriyalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə161/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

b) O‘zgarmas tok mashinalarining texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan yangi seriyalari.
Hozirgi vaqtda umumiy maqsadli O‘T mashinalarining asosiy seriyalari 2P va 4P, hamda kran-metallurgiya motorlari va maxsus maqsadli seriyalari ishlab chiqarilmoqda. 2P seriyasiga quvvati 0,13 dan 200 kW gacha, aylanish o‘qi balandligi 90¸135 mm bo‘lgan motorlar kiradi. Ilgarigi P seriyaga kiradigan XII¸XVI gabaritlar yangi P2 seriya bilan almashtirilmoqda. O‘T mashinasining 4P yangi seriyasi ishlab chiqilgan. Bu seriyadagi mashinalarning texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan va uning ayrim qismlari va detallari 4A seriyadagi asinxron motorlarniki bilan moslashtirilgan, ya’ni unifikatsiya qilingan (31.4-rasm).
4P seriyadagi o‘rta va katta quvvatli O‘T mashinalari tarqalgan kompensatsion chulg‘am bilan ta’minlangan. Stator va yakor magnit o‘tkazgichlari yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalardan yig‘iladi. Mazkur seriyadagi bir qator mashinalarning statori asinxron motorlarnikiga o‘xshagan bo‘lib ayon bo’lmagan qutb-li bo‘ladi (31.4-rasm). Qo‘zg‘atish va kompensatsion chulg‘amlari pazlarga bir tekis tarqatilgan. Statorni bunday konstruksiyada bajarish asinxron motorlar statorlarini ishlab chiqarish texnologiyasidan keng foydalanish maqsadida amalga oshiriladi, ya’ni O‘TM lari statorlarini tayyorlash uchun alohida maxsus stanoklar talab etilmaydi.
O‘TM larining 2P va 4P seriyalarining motorlari 110, 220, 340 va 440 V kuchlanishlarga va 750, 1000, 1500, 2200 va 3000 ayl/min aylanish chastotalarga tayyorlanadi. 2P seriyali motorlar mustaqil qo‘zg‘atishli bo‘lib, qisqa muddatli katta o‘ta yuklanishni ta’minlaydigan kompensatsion chulg‘amga ega va ularning ayla-nish chastotasini keng ko‘lamda o‘zgartirish mumkin.


31.4-rasm. 4PO seriyali o‘zgarmas tok motorining bo‘ylama va ko‘ndalang qirqimlari: 1 − korpus; 2 − stator magnit o‘tkazgichi; 3 − old tomondagi podshipnik qalqoni; 4 − yakor po‘lat o‘zagi; 5 − ventilyator; 6 − himoya qoplamasi (kojuxi); 7 − chulg’am uchlari chiqarilgan quticha; 8 − kollektor; 9 − cho‘tka tutqich; h − rotorning aylanish o‘qi balandligi; dayakor diametri; la – yakor uzunligi
Metallurgiya, yuk ko‘tarish kranlar, ekskavatorlar va boshqa elektr yuritmalar uchun quvvati 2,5 dan 185 kW gacha, kuchlanishi 220 va 440 V, nN = =400¸1440 ayl/min bo‘lgan «D» seriyali (ular aylanish chastotani keng ko‘lam-da rostlashni ta’minlaydi) O‘TM lar; qadamlovchi ekskavatorlar elektr yuritmalari uchun quvvati 450 kW, 370 V, n = 29 ayl/min bo‘lgan MPVE–450–29 tipli; quvvati 1000 kW, 600 V, n = 630/1000 ayl/min bo‘lgan MPE–1000–630 UXLZ tipli O‘TM lari; quvvati 1250 kW, kuchlanishi 930 V, aylanish chastotasi 1000 ayl/min bo‘lgan GPE–1250 tipli O‘T generatorlari; burg‘ilovchi qurilmalar uchun quvvati 68 kW bo‘lgan DEV–808 tipli, 110 t yuk ko‘taradigan BelAZ–7519 o‘zi ag‘darar yuk mashinasi g‘ildiragini aylantiruvchi tortish O‘TM lari (360 kW, U = 750 V, n =1100 ayl/min) va ularni energiya bilan ta’minlovchi GPA-600 tipli (630 kW) tortish generatori; elektrovoz va teplovozlar uchun quvvati 800 kW gacha bo‘lgan tortish O‘TM lari; jo‘valash dastgohlari (prokat stanlari) uchun quvvati 3000 kW gacha bo‘lgan O‘TM lari (ikki, uch va to‘rt yakorli konstruksiyada); kam quvvatli O‘TM lar PL, DPM, DPR seriyalarda ishlab chiqarilmoqda.
Nazorat savollari
1. Taxogeneratorning tuzlishi va ishlash prinsipini gapirib bering. 2. Ijrochi O‘TM qanday ishlaydi, afzalligi va kamchiligi nimalardan iborat? 3. Ventilli O‘TM ning tuzilishi va ishlash prinsipini gapirib bering. 4. Texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan O‘TM larning yangi seriyalari to‘g‘risda ma’lumot bering.
* * *


Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin