U. V. Mamadjanov 20 yil 20 yil farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internati xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə7/25
tarix20.09.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#146259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
малака талаблари мактаб yangi

Bosh xisobchining javobgarligi
Bosh buxgalter buxgalteriyaning umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va buxgalteriyaga yuklatilgan vazifalarni uz vaktida bajarilishi bo‘yicha javobgar xisoblanadi.
Bosh buxgalter va buxgalteriyaning boshka xodimlari buxgalteriya xisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz xolatga kelgani va moliyaviy xisobot buzilganda (noto‘g‘ri tuzilganda);
pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshka kimmatliklarii kirim kilish, saklash va sarflash yuzasidan konunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha xujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga kabul kilingan xollarda;
pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan xisob-kitoblar kechikib xamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
kamomadlar, debitorlik karzlari va boshka yo‘qotishlarni buxgalteriya xisobidan chikarilish tartibi buzilganda;
buxgalteriya xisobini tashkil etishga doir boshka normativ-xukukiy xujjatlar talablari buzilganda va O‘zbekiston Respublikasi konunchiligiga muvofik javobgarlikka tortiladi.
6-§. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi lavozimining malaka
tavsiflari




Tartib raqami

2714

2715

Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi

3310

2330

Xodimlar toifasi

Mutaxassis

11. Lavozim vazifalari:


a) davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq tegishli fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlikni va ularni o‘tkazishni ta’minlash;
b) o‘quvchilarni o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo‘llay olishga tayyorlash, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishlarini xolisona, muntazam baholanishini ta’minlash;
v) davlat ta’lim standartlariga muvofiq dastur materiallarini yuqori darajada o‘zlashtirishni ta’minlash, bilimlarni o‘zlashtirishda nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan guruhlar bo‘yicha va individual ishlash;
g) fakultativ mashg‘ulotlar o‘tkazish, fan to‘garaklarida ishlash, fanlar olimpiadalariga, turli tanlovlarga va festivallarga o‘quvchilarni tayyorlash, o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni amalga oshirish;
d) o‘quvchilarning darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanishini va ularning saqlanishini nazorat qilish;
e) o‘quvchilarning davomat va o‘zlashtirish hisobini olib borish, ularning maktab ustavi talablariga rioya qilishlarini ta’minlash;
j) o‘quvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;
z) joriy, oraliq va yakuniy testlar (nazorat so‘rovi), imtihonlar o‘tkazish, o‘quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;
i) har bir dars rejalarini, dars o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan didaktik tarqatma va ko‘rgazmali materiallarni ishlab chiqish;
k) o‘ziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, mulk va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini hamda ulardan o‘quv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni ta’minlash;
l) pedagogik kengash, metodik kengash, seminar, trening, majlislarda, ochiq darslarda, hisobotlar tuzishda va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;
m) o‘quv qurilmalaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish;
n) pedagogik axloq normalariga rioya qilish, ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash, ularning farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha individual uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazish;
o) maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘quvchilar shaxsini rivojlantirish, ularni kasbga yo‘naltirish va kasbgacha tayyorlash masalalari bo‘yicha tegishli ishlar olib borish;
p) mahalla faollari bilan hamkorlikda bolalarni o‘qishga to‘liq qamrab olish, to‘qqizinchi sinf o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichlariga jalb qilish masalalari bilan shug‘ullanish;
r) kasb mahoratini muttasil oshirib borish, o‘z faoliyatida ilg‘or ta’lim metodlarini o‘rganish va amalga oshirish, mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga rioya qilish;
s) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
t) kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalariga amal qilish.
12. Bilishi lozim:
a) amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
b) davlat ta’lim standartlarini;
v) o‘zi o‘qitadigan o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qo‘llanilishi, o‘qitayotgan fan bo‘yicha dars o‘tish metodikasi va tashkil qilish tartibini;
g) o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari va intensiv usullarini;
d) o‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy, samarali shakllari, nazorat usullarini;
e) o‘quvchilarni faolligini rag‘barlantirib borish va o‘zlashtirishini baholashning reyting tizimini;
j) pedagogika, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, o‘quv jarayoni texnik vositalarini amaliyotda qo‘llashni;
z) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
13 Malaka talablari:
a) fan o‘qituvchisi uchun fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot, yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi qayta tayyorlov kursini tugatganligi va dars berish huquqiga ega ekanligi (kasbiy qayta tayyorlov);
b) CHaqiruvga qadar yoshlarni boshlang‘ich tayyorlash fani o‘qituvchisiga - o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zahiraga bo‘shatilgan harbiy ofitser;
v) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.
g) amaliy ish staji talab qilinmaydi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin