142
Sathni o‘zgartirib qalqovich (buyok), siljish o‘zatish tizimi 2 orqali
o‘zgartiruvchi element va o‘lchagich asbob bilan qabul qilinadi. Qalqovich
(buyok) kontryuk(aksilyuk) 3 bilan muvozanatlanadi. Qalqovich(buyok)ning
siljishini signal(xabar)ga o‘zgartirish “kuch-bosim” va “kuch-tok” unifitsirlangan
o‘zgartirgichi - axborot o‘lchagichi yordamida amalga oshiriladi. Buyokli
(qalqovichli) vositalar o‘lchashlarni sathning ishchi muhit harorati -40
dan to
+400
o
C gacha va ishchi muhit bosimi 16 MPa gacha, aniqlik sinflari1,0 va 1,5
bo‘ladi.
Sathning membranali signalizatori(xabar bergichi), rezina singdirilgan
matodan tayyorlangan, markazida
qattiq metalli disk mavjud, egiluvchan
membranadan iborat. Materialga ta’sir etuvchi bosim kuchi egiluvchan
membranani siljitadi. Bu siljish mikropereklyuchatelning elektrli kontaktlarini
qayta uzib-ulanishiga olib keladi.
Keng poyonda – bir necha o‘nlab metrgacha o‘zgaradigan kontaktli –
mexanik(lotovoy) sath o‘lchagich sathning to‘kiluvchan(donador)
materiallarning
sathini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Lotovoy jihozlarda sath uzluksiz yoki
davriy nazorat qilinadi, materialning sirtida joylashgan yuk(lota) yordamida. Sath
o‘lchagichning asosiy qismi bo‘lib 1 elektromexanik lebyodka (9.1-rasm,b), 2
elektrotormozli, aylanishi elektr yuritkich bilan yurgiziladigan.
Silindrsimon lebyodkaning barabaniga, o‘zida yuk (lot) 4 osilgan tros
o‘raladi. Val bilan baraban
orqali mexanik reduktor, 5 selsin-datchik, selsin-
iste’molchi bilan elektrli ulangan 6 ikkilamchi asbob ham ulanadi. O‘zida yuk
osilgan tros, yo‘naltiruvchi roliklar orqali o‘tadi, shuningdek, qurilmaning sezgir
elementi bo‘lgan trosning 3 rolik-relesi orqali ham o‘tadi. Boshqarish o‘zida
boshqarishning barcha to‘gmachalarini(releyli sxema,
vaqt relesi, shuningdek,
signalli(xabar beruvchi) armatura) joylashtirgan 7 boshqarish bloki orqali amalga
oshiriladi. Do nachala o‘lchash boshlanguniga qadar yuk bunkerda yuqorigi
belgilangan holatda bo‘ladi. Zarurat bo‘lganida o‘lchash “Pusk” (“Yoqish”)
tugmachasini bir karrali bosish orqali bajariladi. So‘ngra to‘liq davr davomida
o‘lchash avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
143
O‘lchashda
lebyodka ulanadi, yuk sathning materialigacha tushiriladi va
uning ustida yotqiziladi. Trosning salqilanishi tros relesining ishga tushishini
keltirib chiqaradi, u o‘z vaqtida elektr
yuritkich zanjirini uzadi, va lebyodka
to‘xtatiladi. Bir necha soniya vaqtni hayallatish orqali, kuzatuvchi tomonidan
asbobning shkalasidagi sathning raqamlarni ko‘rib olish uchun zarur bo‘lgan, yuk
ko‘tarish lebedkasi ulanadi. Dastlabki
holatiga etishi bilan, tugash joyida
o‘rnatiladigan 8 uzgich yordamida lebyodka to‘xtatiladi. So‘ngra yangi o‘lchash
davri boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: