Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə140/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155
adativ-dastur-engohiri

1-sinf uchun

Nutq paytida to‘g‘ri nafas olish va chiqarish mashqlarni davom ettirish.


(butun yil davomida). Ovozni me’yorga keltirib nazorat qilib borish (har darsda)

Unlilarning talaffuzi, tayyorlov sinfda egallangan birinchi konsentr tovushlarining aniq talaffuziga erishilib, mustahkamlab borish.

Hali o‘tilmagan tovushlar jarangsiz juftlari yoki o‘xshash tovushlar bilan almashtirilgan holda so‘zlarni aniq talaffuz qilinishi nazorat qilish.

Portlovchi tovushlar ishtirokida 6-8 tagacha bo‘g‘inlarni rararararara, so‘zlar va jumlalarni talaffuz qilish.

Sirg‘aluvchi tovushlarni ochiq bo‘g‘indagi sasasasasasa talaffuzini mustahkamlash, ular ishtirokida 4-6 ta bo‘g‘in, so‘z va jumlalarni o‘qish, aytish.

Barcha nutq materialni me’yordagi ovoz balanligi va cho‘ziqligiga rioya qilib o‘qish va aytishga o‘rgatish.

Ovozning baland-past, juda balandligini eshitib farqlash va uni o‘zi his qilib qo‘llashga o‘rgatish.

Birikmali ye, yo, yu, ya tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish.

Ovoz bilan aytiladigan (m, n, l, r, v) tovushlarni me’yordagidek talaffuzi ustida ishlash.

Bo‘g‘in, so‘z va gaplarda b, d, g, z, j, ch tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish.

Quyidagi tovushlarni farqli talaffuzini mustahkamlash: a-o, o-u, a-e, e-i, b-p, d-t, g-k, ch-sh.

So‘zlar va gaplarni yaxlit, aniq, ravon o‘qish. Gaplarni o‘qishda kim, yoki nima haqida ekanini mantiqiy urg‘u orqali ajratib aytishga o‘rgatish, katta jumlalarda qo‘shib aytiladigan so‘zlarni belgi bilan ko‘rsatib o‘qitish (Bolalar bugun sayrga ketadi).



2-sinf uchun

Ikkinchi sinfda tayyorlov va birinchi sinfda o‘tilganlarni mustahkamlab borish bilan parallel ravishda asosiy diqqatni 8-10 ta so‘zdan iborat jumlalarni bir nafasda aytish, so‘zlar va gaplarni mantiqiy urg‘uga rioya qilgan holda, nafasni to‘g‘ri taqsimlagan holda yaxlit, ravon o‘qish va gaprishiga katta e’tibor beriladi. So‘zlarni harflab yoki bo‘g‘inlab o‘qish holati tugatiladi.

Ovozdan to‘g‘ri foydalanish tegishli joyda ovozni balandlatish, ovozni balanlatish yoki pasaytirish orqali, tonni o‘zgartirish orqali so‘rash, e’tiroz bildirish, hayrat bilan gapirish kabi ma’nolarni tushunish va qo‘llash.

So‘zlarda til orqa “k”, “g” va “x “tovushlar talaffuzini o‘rgatish, bo‘g‘inlar va so‘zlarda mustahkamlash.

“x”, “h” tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish.

“x-h”. “k-x”, “h-g‘” tovushlarni talaffuzini taqqoslash, qiyosiy talaffuz qilish va o‘qishga o‘rgatish.

“i, u” tovushlarining so‘zlarda to‘g‘ri talaffuz qilish ustida ishlash. Bu tovushlarni so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, so‘z oxirida o‘qilishi, aytilishini nazorat qilish. Shim, til, bilim, qil, qiladi, ........

“i” tovushining ayrim hollardagi talaffuz xususiyatlari tushuntirish


va mustahkamlash.

“s-z”, “s-sh”, “ch-sh” tovushlarni bir-biridan farqlab talaffuz qilishga o‘rgatish.

Nutqida turli emotsioanal holatini ifodalash (hayrat, so‘roq, qo‘rquv, e’tiroz, quvonch, ...).


Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin