3-amaliy mashg`ulot.Savod o‘rgatishning asosiy davri o‘qish darsi uchun metodik tavsiyalar ishlabchiqish.
Amaliymashg‘ulotrejasi 1.Ma’ruzada oʻrganilgan nazariy bilimlarni takrorlash 2.Dars ishlanmasi muhokamasi
3. O’qish va yozuv darslarini taskil qilish va oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar Eshitilgan dars ishlanmalarini tahlil qilish
Asosiy davr «Alifbe» va yozuv darslarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berish O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
Talabalarning savod o‘rgatish asosiy davri yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning savod o‘rgatish asosiy davri yuzasidan ma’ruza da o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Savod o‘rgatish asosiy davri «Alifbe» va yozuv darslari reja konspektini tayyorlashni o‘rgatish.
Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirishga o‘rgatish.
V) «Alifbe» darsligi va «Yozuv daftarlari»da berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilishga o‘rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish. O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
Savod o‘rgatish asosiy davri «Alifbe» va yozuv darsi ishlanmasini tuza olish.
Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini bildirish.
«Alifbe» darsligi va «Yozuv daftarlari»da berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
Mashg‘ulotda faol qatnashish
Metod. Aqliy hujum, suhbat.
«Savod o‘rgatish tayyorgarlik davri» yuzasidan o‘rganilganlar quyidagi savollar asosida eslatiladi.
Savod o‘rgatish jarayoni qancha davom etadi va qanday davrlashtiriladi?
«Alifbe tayyorgarlik davri»ning maqsad va vazifalarini ayting.
Alifbe davrida beriladigan amaliy bilimlarini ayting.