Muammoni o‘rganilganlik darajasi. Refleksivlik muammosini dastlab xorij psixologlaridan I.M.Sechenov, B.G.Ananev, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn va boshqalar, 20 asrning 60-90 yillarida maxsus-ilmiy bilimlar va psixologik, falsafiy doirada refleksiya borasida faol tadqiqotlar o‘tkazilgan (N.G.Alekseev, V.V.Davidov, I.S.Ladenko, A.P.Ogursov, M.A.Rozov, V.M.Rozin, I.N.Semenov, SY.Stepanov, G.P.Shedroviskiy va boshqalar). Hozirgi vaqtda refleksiya tushunchasini turli xil fenomen va faktlarning psixologik mazmunini yashirish uchun tushuntirish tamoyili, eksperimental tadqiqotlardan olingan aniq predmetlarni psixologik o‘rganish: tafakkur (V.V.Davidov, A.Z.Zak, A.V.Zaxarov, Y.N.Kulyutkin, I.N.Semenov, S.Y.Stepanov va boshqalar), ong (L.S.Vigotskiy, N.I.Gutkin, V.N.Pushkin, Ye.V.Smirnova, A.P.Sopikov va boshqalar), shaxs (L.S.Vigotskiy, N.I.Gutkin, B.V.Zeygarnik, V.I.Slobodchikov, G.A.Sukerman va boshqalar), muloqot (G.M. Andreeva, A.A.Bodalev, B.F.Lomov va boshqalar). Refleksiv tafakkurning rivojlanish muammolari va turli jihatlarini akmeologik doirada o‘rganish (I.M.Voytik), refleksiv kompetentlik (O.A.Polishuk), refleksiv-innovatsion imkoniyat (I.V. Bayer), refleksiv madaniyatni tadqiq qilganlar (O.S.Anisimov, A.L.Emelyanov, O.G.Paviskaya, S.Y.Stepanov).
Keltirilgan tadqiqotlarda refleksivlikni turli jihatlari keng doirada tadqiq qilingan bo‘lsa-da lekin aynan талабалик даврида мослашука жараёнида refleksiv хусусиятлар masalasi mahalliy muhitda tadqiq etilmagan ва бу мавзунинг muammoning dolzarbligini belgilab beradi.
Tadqiqot maqsadi: талабалик даврида мослашувчанликка рефлексив хусусиятларини таъсирини ўрганиш.
Tadqiqot predmeti: талабалик даврида мослашиш жараёни ва рефлексивлик хуусиятлари
Tadqiqot ob’ekti: Ўзбекистон Миллий университети ижтимоий фанлар факультети 1-3 kurs talabalaridan jami 70 nafari tanlab olindi.
Tadqiqot bazasi: Ўзбекистон Миллий университети
Tadqiqotning vazifalari:
1. Талаба шахсини мослашувчанлик жараёнига рефлексивлик хусусиятининг таъсирини nazariy jihatdan tahlil qilish.
2.Tadqiqot metodikasini tanlash va eksperimental modelni yaratish.
3.Мослашувчанлик жараёни shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qilish.
4.Psixologlarda мослашувчанлик va рефлексивлик хусусиятлари o‘rtasidagi aloqadorlikni tekshirish.
5.Psixologlarda мослашувчанлик жараёнига рефлексивлик хусусиятининг rivojlantirishga qaratilgan psixologik –pedagogik xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish.