Uo’K 11. 124 Kbk 5ya2+81. Lat-4 Tuzuvchilar



Yüklə 25,53 Mb.
səhifə26/65
tarix21.10.2023
ölçüsü25,53 Mb.
#158573
növüУчебник
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
kitob tayyor15.04.2018 (Восстановлен)



Leksik minimum


abdomen, inis n
qorin

caput, itis n
bosh

chiasma, atis n
kesishma

corpus, oris n
tana, gavda

crus, cruris n
boldir; oyoqcha

diaphragma, atis n
diafragma

femur, oris n
son, son suyagi

foramen, inis n
teshik

glomus, eris n
koptok

hepar, atis n
jigar

occiput, itis n
ensa

pectus, oris n
ko‘krak

stroma, atis n
sinch

systema, atis n
tizim

tempus, oris n
chakka

tegmen, inis n
qoplama

viscus, eris n
ich, botin

zygoma, atis n
yonoq

Istisno so‘zlar


lien, lienis m
taloq

ren, renis m
buyrak




1.11-rasm YURAK-QON TOMIR VA LIMFA SISTEMASI

Nazorat savollari:


1.III turlanish Neutrum rodiga tegishli otlar Nom. Sing. da qandayqo’shimchalarga ega ?
2.III turlanish Neutrum rodiga oid otlarning Gen. Sing. da yasalishida qanday qo'shimcha oladi?
3. I-II guruh sifatlari III turlanish Neutrum rodidagi otlar bilan qanday moslashadi?.
5.III turlanishdagi otlarning negiziniqanday aniqlash mumkin?
6.III turlanish otlarning lug'at shakli qanday yoziladi?
Ne noceas, si juvare non potes. – Zarar yetkazma, gar yordam bermasang.
Mens sana in corpore sano. – Sog‘ tanda sog‘lom aql.

§10. I-V turlanishdagi ot va sifatlarning bosh kelishik ko‘plik formasi (Nominativus pluralis).


Maqsad: Ot va sifatlarning bosh kelishik ko‘plik formasidagi qo’shimchalarini bilib olish. Sifatlarni otlar bilan bosh kelishik ko’plikda moslashtira olish.

Bosh kelishik ko‘plik formasi


1. Jadval yordamida otlarning bosh kelishik ko‘plik, turlanish va rodlarda o‘zgarishlarni kuzating:

Turlanish
Rod

m

f

n

I




-ae




II

-i




-a

III

-es

-a, -ia (-e, -al, -ar qo‘shimchali otlar)

IV

-us




-ua

V




-es




Berilgan misollarni tahlil qiling:

Lug‘at shakli

Turlanish

Negiz

Nom. pl.

vertebra, aef

I

vertebr-

vertebrae

sulcus, im

II

sulc-

sulci

ligamentum, in

II

ligament-

ligamenta

dens, dentism

III

dent-

dentes

cartilago, inisf

III

carilagin-

cartilagines

foramen, inisn

III

foramin-

foramina

processus, usm

IV

process-

processus

genu, usn

IV

gen-

genua

facies, eif

V

faci-

facies

2. Jadval yordamida otlarning bosh kelishik ko‘plik shaklining yasalishiga diqqat qiling.
Otlarning bosh kelishik ko‘plik shaklini yasash uchun quyidagi amallar bajariladi:
1) otning lug‘at shakli olinadi;
2) turlanishi aniqlanadi;
3) negizi ajratiladi;
4) negizga bosh kelishik ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi.
3. Jadval yordamida sifatlarning bosh kelishik ko‘plik qo‘shimchalarining rodlarda, guruhlarda va qiyosiy darajada o‘zgarishini kuzating:

Rod

Birinchi guruh (I-II turlanish) va orttirma daraja

Ikkinchi guruh (III turlanish)

Qiyosiy daraja (III turlanish)

m

-i

-es

(ior)-es

f

-ae

n

-a

-ia

(ior)-a

4. Jadval yordamida sifatlarning bosh kelishik ko‘plik shaklining yasalishiga e’tibor bering:



Nom. Sing.

Guruh

Turl.

Rod

Negiz

Nom. Plur.

pilosus

I

II

M

pilos-

pilosi

pilosa

I

I

F

pilos-

pilosae

pilosum

I

II

n

pilos-

pilosa

vertebralis

II

III

m, f

vertebral-

vertebrales

vertebrale

II

III

n

vertebral-

vertebralia

simplex

II

III

m, f

simplic-

simplices

simplex

II

III

n

simplic-

simplicia

posterior

qiyosiy daraja

III

m, f

posterior

posteriores

posterius

qiyosiy daraja

III

n

posterior

posteriora

Sifatlarning bosh kelishik ko‘plik shaklini yasash uchun quyidagi amallar bajariladi:
1) sifatlarning lug‘at shakli olinadi;
2) uning guruhi yoki darajasi aniqlanadi;
3) uning turlanishi aniqlanadi;
4) uning rodi aniqlanadi;
5) uning negizi ajratiladi;
6) bosh kelishik ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi.

Nomenklaturada uchraydigan qisqartmalar


Singularis

Pluralis

Qisqartma

So‘zning to‘liq shakli

Qisqartma

So‘zning to‘liq shakli

A.

Arteria

Aa.

arteriae

B.

Bursa

Bb.

bursae

Fasc.

Fasciculus

Fascc.

fasciculi

For.

Foramen

Forr.

foramina

Gangl.

Ganglion

Gangll.

ganglia

Gl.

Glandula

Gll.

glandulae

Lam.

Lamina

Lamm.

laminae

Lig.

Ligamentum

Ligg.

ligamenta

M.

Musculus

Mm.

musculi

N.

Nervus

Nn.

nervi

Nucl.

Nucleus

Nucll.

nuclei

R.

Ramus

Rr.

rami

Reg.

Regio

Regg.

regiones

Seg.

Segmentum

Segg.

segmenta

Sul.

Sulcus

Sull.

sulci

Sut.

Sutura

Sutt.

suturae

Tr.

Tractus

Trr.

tractus

Tun.

Tunica

Tunn.

tunicae

V.

Vena

Vv.

venae

Vag.

Vagina

Vagg.

vaginae

Mashqlar


I. Otlarni qaysi turlanishga mansubligini aniqlang, Nom. pl. hosil qiling:
pyramis, idis f; cellula, ae f; dens, dentis m; facies, ei f; os, ossis n; gyrus, i m; cornu, us n; septum, i n; ductus, us m; gingiva, ae f; sectio, onis f; bursa, ae f; crus, cruris n; t(a)enia, ae f; folliculus, i m; plexus, us m; appendix, icis f; ampulla, ae f; recessus, us m.
II. Lotin tiliga tarjima qiling, lug‘at shaklini ko‘rsating:
nomlar, segmentlar, kesiklar, gardishlar, sinxondrozlar, venalar, tizimchalar, qinlar, asablar, tishlar, yo‘llar, kirish teshiklari, so‘rg‘ichlar, qirg‘oqlar, kesishmalar, liqildoqlar, choklar, o‘tkir qirralar, pushtalar, qovurg‘alar, falangalar, o‘ymalar, sinuslar, bezlar, to‘siqlar, bo‘g‘imlar, egatlar, sohalar, tolalar, barmoqlar, chuqurlar, poyalar, o‘zaklar, yaproqlar, botiqlar.
III.Lotin tiliga tarjima qiling:
A. mushaklar: bosh, ko‘z, til, tanglay, bo‘yin, hiqildoq orqa, ko‘krak, qorin, chanoq diafragmasining, yuqori a’zoning, ko‘z olmasining; aylantiruvchi mushaklar: bo‘yinning, ko‘krakning, belning; suyaklar: yuz, kalla suyagining, yuqori a’zo, qo‘l kaftining , oyoq kaftining , belbog‘ning, ko‘krak qafasi; venalar: miyaning , ko‘prikning, miyacha;kesiklar:gipotalamusning.
B. katta bosh miya pushtalari, miyachayaproqlari, kalla liqildoqlari, qoplama kesishmasi, gavhar nurlari, bosh sohalari, teri egatlari, ko‘prik o‘zaklari, chambar ichak tasmalari, jigar boylamlari, kalla suyagining choklari, teri tutqichlari, tizza venalari, hiqildoq tog‘aylari, ayrisimon bez bo‘lakchalari, buyrak venalari, kalla sinxondrozlari, kamalak parda burmalari, burun tog‘aylari, o‘pka alveolalari, kekirdak tog‘aylari, og‘iz bezlari, ko‘krak qafasi bo‘g‘imlari, nog‘ora parda shoxlari, o‘rta dumba mushagi haltalari, o‘t pufagi shilliq pardasining burmalari, yuqori a’zo mushaklari.
IV.Nom. pl. dagi otlar bilan moslashgan sifatlarni belgilang, tarjima qiling:
nodi (lumbales, lymphatici, pectoralia, epigastrici, pulmonales, dextri, internae, iliaci, occipitales, profunda, mastoidei, regionales); papillae (linguales, conicae, fungiformes, vallatae, filiformes, foliatae, flava, palmaria, cruciata, intercarpei, alaria, radiata, dorsalia, supraspinalia, costoxiphoidea); dentes (acustici, incisivi, molares, longae, canini, premolares, decidui, permanentes, majores, brevia, minores); plexus (iliaci, rectales, inferiores, gastricae, medii, vesicales, medianae, viscerales, vasculares); foramina (ethmoidalia, minora, nervosae).
V. O‘zbek tiliga tarjima qiling:
A. musculi subcostales, glandulae labiales, tubercula dentis, dens caninus, pyramides renales, venter posterior, venulae rectae, sinus intermedii, cellula anterior, ganglia cardiaca, plicae gastricae, nervi craniales, nervi spinales.
B. spatia interglobularia, nomina anatomica, venae intercoslaes anteriores, canaliculi dentales, ductus sublinguales minores, crura ossea, arteriae ciliares posteriores longae, vasa sinusoidea lienis, facies articulares, labia oris, juga alveolaria, valvulae venosae, alveoli denales.

Yüklə 25,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin