Fe’lning grammatik kategoriyalari
Predmetning harakatini bildirib “nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi?” so‘roqlarga javob beradigan so‘z turkumi fe’l deb ataladi. Lotin tilida fe’llar shaxs, son va zamonda o‘zgaradi. Fe’l 3ta shaxs, 2ta son (birlik va ko‘plik), 6ta zamon, 4ta mayl, 4ta tuslanishga ega:
I tuslanish
|
II tuslanish
|
III tuslanish
|
IV tuslanish
|
-a
|
-e
|
undosh yoki -u
|
-i
|
Retseptura formulirovkalari
Retseptning lotincha qismi buyruq maylidagi “Recipe” – “Ol” fe’li bilan boshlanadi. Uning lug‘at shakli recipio, ere, 3 - “olmoq” bo‘lib, retseptda shart maylida ishlatilmaydi.
Imperativus (buyruq mayli)
|
Conjunctivus ( shart mayli)
|
Da. Signa.
|
Ber. Belgila.
|
Detur. Signetur.
|
Berilsin. Belgilansin.
|
Misce. Da. Signa.
|
Aralashtir. Ber. Belgila.
|
Misceatur. Detur. Signetur.
|
Aralashtirilsin. Berilsin. Belgilansin.
|
Sterilisa!
|
Sterilizatsiya qil!
|
Sterilisetur!
|
Sterilizatsiya qilinsin!
|
Repete.
|
Takrorla.
|
Repetatur.
|
Takrorlansin.
|
Da tales doses.
|
Shunday dozalarda ber.
|
Dentur tales doses.
|
Shunday dozalarda berilsin.
| Retseptura formulirovkalarida fio, fieri fe’li
fio, eri noto‘g‘ri fe’li tuslanganda aniq nisbat tugallanmasini oladi, lekin majhul ma’noga ega. Ushbu fe’ldan shart mayli fi- negiziga -a suffiksini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi; III shaxs birlik – fiat, III shaxs ko‘plik – fiant. Bu shakllar misce fe’li bilan boshlanuvchi ergash gapda ut- “uchun” bog‘lovchisi bilan qo‘llaniladi. Odatda, retseptlarda ut bog‘lovchisi tushirib qoldiriladi:
Misce, (ut) fiat + Nom. sing. da dori shakli nomi
Retseptda bunday formulirovka ingredientlardan sanalganidan keyin ularga ma’lum dori shaklini berish uchun qo‘llaniladi. Fe’l va dori shakli nomi, odatda, kukun, malham, pasta, surtma, emulsiya, shamcha yozib berilganda birlikda hamda yig‘ma yozib berilganda ko‘plikda ko‘rsatiladi:
Singularis
Misce, fiat pulvis.
Aralashtir, kukun hosil bo‘lsin.
Misce, fiat unguentum.
Aralashtir, malham hosil bo‘lsin.
Misce, fiat linimentum.
Aralashtir, surtma hosil bo‘lsin.
Misce, fiat pasta.
Aralashtir, pasta hosil bo‘lsin.
Misce, fiat emulsum.
Aralashtir, emulsiya hosil bo‘lsin.
Misce, fiat suppositorium.
Aralashtir, shamcha hosil bo‘lsin.
Misce, fiat suppositorium vaginale.
Aralashtir, qin shamchasi hosil bo‘lsin.
Pluralis
Misce, fiant species.
Aralashtir, yig‘ma hosil bo‘lsin.
NB!
Ushbu formulirovkalarda misce fe’li buyruq mayli birlikda turadi va hech qachon shart mayli bilan almashtirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |