Urganch davlat pedagogika instituti


Dars - bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli. Darslik –



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə67/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
bt majmua boshqatdan

Dars - bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik – muayyan fan bo’yicha ta’lim maksadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofik belgilangan ilmiy bilimlar to’grisidagi ma’lumotlarni beruvchi manba.
Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» “o’rgatuvchi”, «didasko» – “o’rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maksadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolari)ni o’rganuvchi fan.
Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har kanday nazariyaning asosiy, boshlangich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga ko’yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maksadi va qonuniyatlariga muvofik uning dastlabki holatini belgilovchi karashlari.
Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit, kismlarda tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko’rsatish.
Didaktik o’yin – o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchining bilishga bo’lgan kizikishi va faollik darajasini ragbatlantiruvchi o’quv faoliyati turi.
Jazolash - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yigilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maksad asosida tashkil topgan guruh.
Jismoniy tarbiya - o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy kismi.
Joriy nazorat – ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o’zlashtirilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniklash, baholash shakli.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin