Tanlanma hajmini aniqlash
Shu vaqtgacha biz hajmi berilgan statistik ma’lumotlarning tahlili bilan shug‘ullandik. Yetarlicha aniq natijalar olish uchun tanlanmaning minimal hajmini aniqlash masalasi muhimdir.
Normal taqsimotning dispersiyasi ma’lum bo‘lganda noma’lum o‘rta qiymat uchun ishonchlilik oralig‘ini aniqlashda (2.20) formuladan foydalanish mumkin, u holda quyidagi
(2.41)
tenglikka ega bo‘lamiz.
Agar normal taqsimotning dispersiyasi noma‘lum bo‘lsa, u holda ishonchlilik oralig‘ini aniqlash uchun zarur bo‘lgan tanlanma hajmi (2.32) dan aniqlanadigan quyidagi
(2.42)
formula bo‘yicha aniqlanadi.
Shuni ta‘kidlab o‘tamizki, dispersiya ma‘lum bo‘lganda berilgan ishonchlilik ehtimoli bilan matematik kutilmani qoplaydigan ishonchlilik oralig‘ini tuzishga zarur bo‘lgan tanlanma hajmini tanlanmani hosil qilishdan avval (2.41) formuladan aniqlash mumkin. Biroq (2.42) formulaga ko‘ra yechilayotgan masalada zarur bo‘lgan tanlanma hajmini, noma’lum dispersiya uchun siljimagan baho hisoblangan tanlanmani qayta tahlil qilingandan so‘ng korrektlashtirish mumkin.
2–topshiriq.
Quyidagi masalalarni yechishda Tanlanmalarni universitetimiz www.urdu.uz saytining oliy matematika kafedrasiga tegishli ma‘lumotlar qismidan yoki [7] adabiyotdan oling va 1-laboratoriya ishida olingan ma‘lumotlardan foydalaning.
2.1. masala. D tanlanmaning F3 va F4 ustunlari bo‘yicha bosh to‘plamning o‘rta qiymati , dispersiyasi va o‘rtacha kvadratik chetlanishi lar uchun siljimagan , va S baholarni hisoblang.
2.2. masala. C tanlanmaning ikkinchi X, Y, Z uchligi ustunlari bo‘yicha bosh to‘plamning o‘rta qiymati , dispersiyasi va standart chetlanishi lar uchun siljimagan baholarni hisoblang.
2.3. masala. A, B, C tanlanmaning X, Y, Z ustunlari va D tanlanmaning F3 va F4 ustunlari bo‘yicha bosh to‘plamning o‘rta qiymati , dispersiyasi va standart chetlanishi lar uchun berilgan ishonchlilik ehtimoli bilan ishonchlilik oraliqlarini tuzing.
V-variant nomeri (talabaning jurnal bo‘yicha nomeri)
2.4. masala. 2.1, 2.2-masalalardagi tanlanmalar qo‘llanilingan deb hisoblab, o‘rta qiymat uchun ishonchlilik oralig‘i uzunligi va ishonchlilik
ehtimoli bo‘lgan ishonchlilik oralig‘ini tuzish uchun tanlanmaning minimal hajmi n ni aniqlang, bu yerda
Dostları ilə paylaş: |