Узбекистон давлат жисмоний тарбия институти



Yüklə 482,5 Kb.
səhifə38/41
tarix04.01.2022
ölçüsü482,5 Kb.
#50991
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Yosh futbolchi bolalarda tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash

Nazorat guruxi n=15

Eksperiment gurux n=15

Boshida

O’rtasida

Oxirida

O’sish

Boshida

O’rtasida

Oxirida

O’sish

Startdan 15 m.ga yugurish tezligi (m\s)

5,31+ 0,243

5,29 + 0,161

5,38 + 0,148

0,07 +1,3%

5,36 +0264

5,49 +0,264

5,60 + 0,221

0,24

Startdan 30 m.ga yugurish tezligi (m\s)

5,79 +0,257

5,82 +0,242

5,88 +0,236

0,09 +1,55%

5,99 +0,279

5,98 +0,332

6,13 +0,264

0,14 +2,34%

Uzunlikka sakrash (sm)

220 + 9,7

227 +9,0

229 +10,6

9 +1,05%

221+ 12,2

227 +11,5

233 + 11,0

12 +5,26%

Balandlikka sakrash (sm)

48,2 + 2,46

54,7 +3,05

56,9 +4,06

8,7 +3,2%

48,5 +5,6

51,3 +0,5

59,1 +5,9

11,4 +21,75%

Uch xatlab sakrash

6,35 +13,4

6,44 +21,2

7,05+18,6

1,70 +0,35%

6,35 +33,3

6,40 +35,4

7,93 +32,3

1,58 + 2,77%


Xulosa

Futbolni zamonaviy talab darajaci asosida rivojlantirish futbolchilarning yuqori jismoniy tayyorgarligini talab etadi, shulardan eng asosiylaridan biri bu tezkorlik sifatini tarbiyalashdir. Yoshlarda bu sifatlarni tarbiyalashda eng muxim davr deb hisoblanadi. Adabiyot manbalarning tahliliga ko’ra, yosh futbolchilar boshqa sport turlariga nisbatan tezkorlik sifatining tayyorgarligi ma’lum bir darajada pastroq bo’ladi. Ushbu sifatlarni tarbiyalashda 11-12 yoshli bolalar davri eng muxim bosqichlardan biri deb hisoblanadi. Tarbiyalash davrida tezkorlik sifati, hajmi, vosita va metodlarni o’zgartirish o’quv-mashg’ulot jarayonlarini ma’lum bir darajadagi ijobiy natijalarini ko’rsatadi.

Adabiyotlarni o’rganib va o’quv-mashg’ulot jarayonini tahlil qilib quyidagi xulosaga kelish mumkin, yoshlarga va o’smirlarga tezkorlik tayyorgarligiga etarli darajada e’tibor berilmaydi. Shuning uchun tezkorlik yoshlarda va o’smirlarda tayyorlaganda asosan hozirgi talablarga javob beradigan metodlar bilan tarbiyalash kerak. Hozirgi davrgacha har xil guruhdagi yosh futbolchilarni «zarba» metodini tezkorlik sifatini oshirishga qaratilgan xech kanday tadqiqotlar olib borilmagan.

Yil davomidagi o’quv-mashg’ulot ishlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, o’quv-mashg’ulotiga sarflangan umumiy vaqt 430 kalendar soatni tashkil etdi. Bu vaqt bolalar sport maktabining dasturiga to’g’ri keladi. Shundan ko’p vaqtni aniq mashg’ulotlarga, ya’ni 87% dan 93% gacha o’quv-mashg’ulotining butun hajmini tashkil etadi. Dasturda ko’p soatlar aniq bo’lmagan mashg’ulotlarga ajratilgan.

Bir yillik aylanma o’quv-mashg’ulot darslarining tahlili shuni ko’rsatadiki, o’quv-mashg’ulot darslarining va musobaqalar hajmi 11-12 yoshdagi futbolchilarda 522 soatni tashkil etadi. Bu BO’SM dasturidan ancha kam ekanini ko’rsatadi. Bu holat bir qancha dalillar bilan tushuntiriladi. O’quv-mashg’ulot darslarining ko’p hajmi maxsus to’p bilan olib boriladigan mashg’ulotlarga ajratilgan (har oy mobaynida 75% dan 93% gacha). Bunday mashg’ulotlar har doim tezkorlik sifatini tarbiyalash nuqtai nazaridan ijobiy natijalar bermagan. Dasturga tezkorlik tayyorgarligi, ayniqsa to’p bilan foydalanish mashg’ulotlari kiritilganda, bu mashg’ulotlar qo’llaniladigan metodni, ya’ni «zarba» metodining samaradorligini kamaytiradi. 11-12 yoshli futbolchilarning o’quv-mashg’ulotining asosiy yunalishi umumiy va maxsus chiniqishga yunaltirilgan tarbiyalashdir (butun vaqtning 52,2%). Tezkorlikka bo’lgan chiniqish vaqtning 6,5%, mashg’ulot darslarining umumiy vaqti chaqqonlikka va egiluvchanlikka bo’lgan kuchlar – 16,2% vaqtlar ajratiladi. Eng kam vaqtlar tezlikni (12,3%) va tezkorlik sifatini (12,8%) tarbiyalashga ajratiladi. Ushbu hollarda nazariy-metodika bo’yicha sportga bo’lgan tayyorgarlikning va murabbiylarning amaliy faoliyatilari o’rtasidagi asosiy tafovuti hisoblanadi.

Shu narsa aniqlandiki, 11-12 yoshli futbolchilarni tayyorlaganda o’quv-mashg’ulotlarining ko’proq qismi chiniqishni tarbiyalashga – 45,8%; bir yil davomida tarbiyalashning tezkorlikka chiniqishning 6,1% sarflanadi. Umumiy vaqtning-6,8% kuch imkoniyatlariga, 21,3% vaqt chaqqonlik va egiluvchanliklarni tarbiyalashga ajratilgan. 11,8% vaqt yugurish tezligini va tezkorlik sifatini tarbiyalashda – 8,2% vaqtlar sarflanadi. 11 - 12 yoshda bo’lgan yosh futbolchilarda har xil turdagi jismoniy sifatlarni tarbiyalaganda va bu metodlar ko’pchilik yosh futbolchilarni tayyorlash maktablarida ma’lum bir darajada futbol nazariyasi va metodikasi talablariga javob bermaydi. Bu yoshda vaqtning ko’p qismini chaqqonlik, egiluvchanlik, tezkorlik va tezkorlik-kuchi sifatlariga bo’lgan tarbiyani oshirish kerak. Tezkorlikka va umumiy chiniqishga yunaltirilgan tarbiyani bir oz yosh futbolchilarning yoshi o’tganda tarbiyalash kerak.

11 yoshdagi yosh futbolchilarning 15 metrga bo’lgan yugurish tezligi 82,0%, yoshi katta malakali futbolchilarning 30 metrga bo’lgan yugurish tezligiga nisbatan 76% tashkil etadi. Bir yildan keyin yugurish tezligi 15 metrga 5,3 %ga oshadi, 30 metrga esa 4%ga oshadi. Tezkorlik sifati bo’yicha o’sish taxminan quyidagicha: uzunlikka sakrash -5,0%; uch xatlab sakrash -3,2%; balandga sakrash -20,1%. 9-yoshli futbolchilarning darajasi 69,1; 69,6 va 64,2% tashkil etadi. Aniqlangan natijalarga ko’ra, 9 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan davrda tezkorlik va tezkorlik sifatining o’sishi baland bo’lmagan ko’rsatkichni ko’rsatadi.

12 yoshli futbolchilar musobaqa mobaynida bajaradigan tezkorlik ishlarining umumiy hajmi o’rtacha 110 metrni tashkil etadi. Bunda to’p bilan bajariladigan tezkorlik ishi hajmi 38 metrga, to’psiz esa – 60 metrga teng. O’yin davomida tezkor yugurishning umumiy miqdori 13,1ga teng, to’p bilan -5,1 marta, to’psiz -8,0 marta teng. Ko’p hollarda yosh futbolchilar o’yin davomida 5 metrdan 15 metrgacha bo’lgan masofalarda tezkor yugurish va tezkorlikni oshirishni bajaradilar. Bir soatli o’quv-mashg’uloti vaqtida o’rtacha tezkorlik ishlari hajmi 135,2 metrni tashkil etadi. Yuqorida ko’rsatilgan o’quv-mashg’ulotlarining tezkorlik ishi hajmi yuqori emas deb hisoblash mumkin.

Yuqoridan chuqurlikka va yuqoriga sakrash ijobiy natijalarni berganligini ko’rsatdi. 11-12 yoshli futbolchilar uchun 35 sm eng kulay balandlik deb hisoblanadi. Joydan turib yuqoriga sakrash va chuqurlikka sakrash 20 sm, 40 sm va 60 sm; 54,3 sm, 56,4 sm va 54,4 sm balandliklarni tashkil qiladi. Yuqoriga sakrash vaqti o’zgarmaydi va 226,9 m/s va 224,9 m/s.larni tashkil etadi. Yosh sportchilar sakraganda, ularning muskul kuchi ishlash vaqti bir oz kamayadi.

11-12 yoshli futbolchilar o’quv-mashg’ulotlarning va adabiyot manbalarning tahliliga, hamda balandlikka va chuqurlikka sakrash natijalariga ko’ra, quyidagi xulosalarni ko’rsatadi:

- yosh futbolchilarning tezkorlik sifatini tarbiyalashdagi eng kulay metod, bu «zarba» metodidir;

- «zarba» metodini qo’llashda yuqoridan sakrashdan keyin, yuqoriga sakrash va uzunlikka sakrash qo’llaniladi;

- har kuni ikkita «zarba» mashg’ulotini olib borish kerak;

- bir soatlik mashg’ulot darslarida «zarba» metodini qo’llaganda, bu metod 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak;





Yüklə 482,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin