V psixologiya metodlari



Yüklə 86 Kb.
səhifə2/8
tarix11.12.2022
ölçüsü86 Kb.
#73921
1   2   3   4   5   6   7   8
psixologiya metodlari

Kuzatish metodi
Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turli-tuman faoliyatida qanday ko‘rinishda voqe bo‘lsa, o‘sha ko‘rinishda kuzatish metodining yordami bilan o‘rganiladi.
Tashqi kuzatish
Psixik hayot hodisalarini o‘rganishda awalo tashqi kuzatish metodi
tatbiq etiladi.
Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik
hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlandi va tasvirlandi. Kishining psixik hayotida:
mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining butun
xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin.
Psixik jarayonlar bilan bevosita bog‘langan ba’zi bir fiziologik hodisalar yuzning o'zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilaming o‘zgarishi
ham tashqaridan kuzatilsa bo‘ladi. Kuzatish ma’lumotlarini so‘zlar bilan
tasvir etish orqali kifoyalanib qolmay, balki ko‘rsatma vositalari, suratga
olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo‘llar bilan ham qayd
qilish mumkin.
Masalan, bolalar nutqining o‘sib borishini kuzatish yo‘li bilan tekshira
olamiz. Bunda bolaning so‘z boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishini, nutqning fonetik tomonini, grammatik tuzilishini shu bola qanday
bilib olayotganini qayd qilsa bo‘ladi.
Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni o'zgartirish va yangidan
ko‘rishida duch kelgan to‘sqinlikni va qiyinchilikni yengish uchun uning
qanday zo‘r iroda bilan sabr-matonat ko‘rsatishini ham kuzatish yo‘li
bilan ko‘zdan kechirsak va tekshirsak bo‘ladi.
Psixik hayot hodisalarini o‘rganayotganda psixologning o‘z-o‘zini kuzatish metodiga ham murojaat qilib turishiga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin