O‘z-o‘zini kuzatish Nomidan ko‘rinib turibdiki, tadqiqotchi o‘z-o‘zini kuzatish bilan o‘zidagi psixik hodisalarni tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va holatlaming ichki tomoni — odamning subyektiv kechinmalari qanday ro‘y bersa, ulami shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intiladi. Psixolog o‘z tadqiqotlarida tekshirilgan kishilaming o‘z-o‘zini kuzatib olgan ma’lumotlariga ham asoslanadi. Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramizgacha va XIX asming deyarli oxirigacha o‘z-o‘zini kuzatish metodi yoki introspektiv metod mhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi bo‘lib keldi, desa bo'ladi. XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab o‘z-o‘zini kuzatish metodiga tanqidiy ko‘z bilan qaraladigan bo‘lib qoldi. Bu metodning bir qancha kamchiliklari borligi ma’lum boldi. 0 ‘z-o‘zini kuzatishda tadqiqotchi ham, tekshiriladigan ham tekshimvchi obyektga bo'linib qohshi bu metodning eng muhim kamchiligi ekanligi ko'rsatildi. Holbuki, normal kishilar shaxsining amalda bunday «bo‘linib ketishi» mumkin emas. 0 ‘z-o‘zini kuzatishda psixik hodisalarni (masalan, shodlik yoki qayg‘u hissini, tafakkur jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalarni o‘rganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa butunlay mumkin bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 0 ‘z-o‘zini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi 1 6 deb bilish kerak. Psixolog o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan faqat o‘z psixikasini o‘rganadi-da, axir. Shunday bo'lgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlarning o‘z psixologiyasiga aylanib ketadi. Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, o‘z ixtisosiga ko‘ra o‘zini-o‘zi kuzata oladigan va o‘zini-o‘zi muhokama qila oladigan kishilar psixikasi haqidagina bilim beradi. Ammo madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta’limot ham, bolalar psixikasi haqidagi ta’limot ham psixologiyaga qo'shilishi kerak. Madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtayi nazaridan o‘z-o‘zini kuzata olmasligi tabiiy. Demak, o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib bo‘lmaydi. Nihoyat, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shuki, bu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yo‘sinda bir tomonlama, subyektiv talqin qilinishiga olib kelishi mumkin. Masalan, odamning xarakterini tekshirayotgan psixologning o‘zi egoist bo‘lsa, o‘zo‘zini kuzatish natijalaridan, egoizm har qanday xarakteming muhim belgisidir, deb xulosa chiqarishi mumkin. Dunyoda saxiy, oliyjanob xarakterli kishilar borligini bunday psixolog faqat o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan bila olmaydi. Zohiran ko‘rinadigan narsa bu yerda Haqiqat bo‘lib tuyulishi, yakka hodisa umumiy hodisa bo‘lib tuyulishi mumkin. Holbuki, har qanday ilmiy bilim obyektiv va chin bilim bo‘lishi kerak. 0 ‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan subyektiv ravishda ko‘ngildan kechadigan faktlarni aniqlash, tasvirlash mumkin, ammo ulami har tomonlama tushuntirish mumkin emas. Psixik hodisani tushuntirish - uning sababini, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit bilan bog‘langanligini aniqlash .demakdir, bulaming hammasi esa 0‘zo‘zini kuzatish doirasidan tashqaridadir. Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. Obyektiv metoddan foydalangandagina bunga erishish mumkin. Ammo, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yuqorida aytilgan kamchiliklari bu metodni psixologiyada keraksiz, g‘ayriilmiy metod deb butunlay rad etishga asos bo‘lmasligi kerak, albatta. Bu kamchilik va qiyinchiliklaming hammasi ham o‘z-o‘zini kuzatishda uchrashi mumkin, lekin ular hamisha, o‘z-o‘zini kuzatishning har qandayida bo'lavermaydi. Awalo, odam o‘z-o‘zini kuzatish obyekti boiolmaydi, degan da’voni asossiz deb bilish kerak. Odam ongi taraqqiy etgan bo‘lsa, ma’lum psixik jarayonlami baravariga boshdan kechirishi ham, kuzatishi ham mumkin, odamning xususiyati ham shundan iborat. Odam kuzatish bilangina cheklanib qolmay, psixik jarayonlarga ta’sir o‘tkazishi, turli psixik jarayonlami yuzaga chiqarishi, o‘zgartirishi, kuchaytirishi va to‘xtatishi mumkin. Bu har kimga yaxshi ma’lum bo‘lgan faktdir. Har qanday ishda uchraydigan qiyinchiliklar kabi o‘z-o‘zini kuzatishda uchraydigan qiyinchiliklar ham hamisha bartaraf qilib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar emas, albatta. Kuchli emotsional holatlardagina o‘z-o‘zini kuzatish mumkin boim ay qolishi mumkin. Bundan tashqari, psixik hayot hodisalarini dastlab boshdan kechirish paytidagina o'rganish shart emas, ularni esga tushirib, ko‘ngildan kechirish ham mumkin. Ko‘pincha hozir boshdan kechayotgan hodisalar emas, balki ilgarigi hodisalar 0‘zo‘zini kuzatish obyekti bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan hodisalar dastlabki paytdagiday to‘la va ravshan gavdalanmaydi, albatta. Uzil-kesil xulosa chiqarganda buni hisobga olish shart. 0 ‘z-o‘zini kuzatish metodini ilmiy asosda tatbiq etmoq uchun maxsus tayyorgarlik kerak, albatta. Ilmiy tadqiqotlardan birontasini ham maxsus tayyorgarliksiz olib borish umuman mumkin emas. Psixologiya o‘z-o‘zini kuzatish metodidan yagona metod sifatida foydalansa va psixik hayotning subyektiv hodisalari ularning tashqi ifodalaridan, ularga asos bo‘ladigan nerv-fiziologik jarayonlardan alohida, odamning faoliyatidan alohida ko‘zdan kechiriladigan bo‘lsa, faqat shundagina 0‘zo‘zini kuzatish metodida bir tomonlama xulosa chiqarish va subyektivizm ro‘y berishi mumkin.