V psixologiya metodlari



Yüklə 86 Kb.
səhifə5/8
tarix11.12.2022
ölçüsü86 Kb.
#73921
1   2   3   4   5   6   7   8
psixologiya metodlari

Eksperiment metodi
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayot faktlari ulaming tabiiy sur’atda ro‘y berishida, borishida
va o'zgarishida olib o'rganiladi, ya’ni Haqiqatda, kishilarning kundalik
turmushida qanday ro‘y bersa, o‘shanday holida tekshiriladi.
Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga to‘g‘ri keladi, masalan, bu yerda tadqiqotchi psixologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalaming yuzaga chiqishi
kerak bo‘lsa, o‘sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga yoki
biron kishida, ba’zan psixologning o‘zida shu hodisalaming yuzaga chiqishini kutib turishga to‘g‘ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda
bu o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy
eksperiment tafovut qilinadi.
Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati
shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa o‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan psixik
hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo‘ladigan boshqa psixik hodisalar
kompleksidan ajratib olinishi mumkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar
eksperiment davomida o'zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir sur’atda bog‘lanishi, kuch, tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari
o'lchab ko‘rilishi mumkin.
Bu yerda muayyan bir psixik hodisani vujudga keltirgan sharoit sun’iy
yo‘l bilan o‘zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan sharoit o'zgartirilishi
mumkin. Shuning uchun ham psixik hodisalaming qonuniyatlari metodi
bilan tekshirishda yaxshiroq ochiladi.
Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda maxsus metodik materiallar —
narsa, rasm va so‘zlar, shuningdek, maxsus asboblar (masalan, 1-rasmdagi xronoskop) qo‘llaniladi. Tekshiriladigan hodisalar shu material va
asboblar yordami bilan vujudga keltiriladi, shuningdek, psixik hodisalarning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi. Texnika juda
taraqqiy etgan hozirgi zamonda psixologik tadqiqotlar uchun (ayniqsa,
mehnat psixologiyasi sohasida) elektron asboblar va kibernetik metodlar,
masalan, modellashtirish usuli qo‘llanilmoqda. Eksperimental tadqiqotlar
asosan maxsus laboratoriya va institutlarda o‘tkaziladi. Ayrim psixik hodisalaxmjnukammal va aniq o'rganish maqsadida psixologiyaga doir ilmiy
tekshinsh muassasalarida maxsus binolar, masalan, tovushni va yorug'likni
o‘tkazmaydigan kabinetlar, yorug‘lik ta’sirini o‘zgartirishga moslangan kabinetlar va shunga o‘xshash xonalar quriladi.
Yosh psixologiyasi bilan pedagogik psixologiyaga doir masalalar yuzasidan ko‘pgina eksperimental tadqiqotlar, odatda, bolalar bog‘chalari va maktablarda o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlarda bolalar o‘rganiladi.
Xotira jarayonlarini tekshirishda qollaniladigan quyidagi usul laboratoriya eksperimentiga misol bo‘la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan kishining oldida
o‘n ikki so‘z autib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu
eshitgan so'zlarini belgilangan
vaqtdan keyin aytadi. Ana shu
so‘zlaming qanchalik to‘liq, aniq
va tez aytib berilishi tekshirish
natijalaridan bilinadi. Xuddi
shunday eksperimentlar qilib,
so‘zlarni, raqamlarni yoki qanday bo‘lmasin boshqa materialni yodlash tezligi, esda nechog'li
mahkam saqlash, unutish tezligi
va shu kabilarni aniqlash mumkin. Experimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795—1878) va
fizik Fexner (1801—1887), sezgilami tekshirishda qo‘llanilgan eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832—1920) mukammal ishlab
chiqqan. 1879-yilda V. Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperimental
psixologiya bo'yicha birinchi laboratoriyani ochgan. XIX asming oxirida
Rossiyada eksperimental psixologiya bo‘yicha bir qancha laboratoriyalar
vujudga keltirildi. Tokarskiy — Moskvada, Bexterev — Qozonda, N.N. Lange
— Odessada shunday laboratoriyalar ochishgan. 1911-yilda Moskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi. Maxsus qurilgan binoga joylashtirilgan va yaxshi
jihozlangan bu institut hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Pedagogika
fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Toshkentda birinchi laboratoriya
P.I. Ivanov rahbarligida TDPU da tashkil etildi.
Endilikda texnika taraqqiy etishi munosabati bilan laboratoriya eksperimenti tekshirilayotgan psixik hodisalarga aloqador bo‘lgan fiziologik
jarayonlami, masalan, yurak va qon tomirlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o'zgarishlarni, amaliy ish vaqtida miyadagi elektr toklarining
o‘zgarishini ham nazarda tutish imkonini beradi. Ayniqsa, I.P. Pavlovning
shartli reflekslar metodi psixologiya uchun g‘oyat samarali metoddir.
Laboratoriya eksperimenti psixologiyani taraqqiy ettirishda katta ahamiyatga ega. Yuqorida aytilganidek, bu metod tekshirilishi lozim bo‘lgan psixik
hodisalami qachon kerak bo'lsa, shu vaqtda vujudga keltirish va o‘zgartirishga,
tajribani ko‘p marta takrorlash yo'li bilan shu hodisalami sinchiklab tahlil
qilishga imkon beradi. Eksperiment bir xil psixik hodisalaming ikkinchi
xil psixik hodisalar bilan bog‘lanishini aniqroq bilishga imkon beradi.
Jumladan, psixik jarayonlarning fiziologik mexanizmlari ko‘proq eksperiment
yo‘li bilan aniqlanadi. Laboratoriyada qilinadigan eksperiment metodlari
bilan olib borilgan, tekshirib chiqilgan natija va xulosalami qayta tekshirib
ko‘rishga ham imkon beradi.
Hozirgi zamon psixologiyasining ko‘pgina muvaffaqiyatlari laboratoriya eksperimenti tufayli qo‘lga kiritilgan. Eksperiment metodining psixologiya sohasida qo‘llanishi psixologiya ma’lumotlarini pedagogikaga keng
tatbiq etishga imkon beradi.
Ammo psixologiyadagi laboratoriya eksperimentining kamchiliklari
bor. Shu kamchiliklardan eng muhimi shuki, bu metodda sun’iylik bor.
Eksperiment o‘tkaziladigan sharoitning o‘zi tekshirilayotgan kishilarning
psixik holatiga, demak, tekshirilayotgan hodisalarga va tekshirish
natijalariga salbiy ta’sir etishi mumkin. Masalan, o‘quvchining o‘ziga
berilgan o‘quv materialini nima uchun xotirada qoldirish kerakligini
bilib, maktabda yoki uyda dars tayyorlashi uning uchun odatdagi bir
ishdir, ammo xuddi shu o‘quvchining laboratoriya sharoitida, maxsus
asboblar qo‘llaniladigan odatdan tashqari eksperiment sharoitida, ataylab
tayyorlangan eksperiment materialini esda olib qolish jarayoni boshqacha tusda o‘tishi mumkin. Shuning uchun ham laboratoriya eksperimenti
psixik hodisalami o‘rganishda psixologiyaning boshqa metodlari bilan
birga qo'llaniladi.
Laboratoriya eksperimenti metodidan foydalanganda tekshiriluvchi kishilarning psixikasiga va eksperimentning natijalariga ta’sir eta oladigan sharoitni nazarda tutmoq kerak. Laboratoriya eksperimentining natijalarini
boshqa metodlar yordami bilan tekshirib ko'rish kerak.

Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin